N. Bozorboev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov


 QURILISH ISHLARINI BAJARISHNING ALOHIDA


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/65
Sana14.09.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1678084
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   65
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 2-qism

20.1.2. QURILISH ISHLARINI BAJARISHNING ALOHIDA 
JIHATLARI 
Ekstremal sharoitlardagi xududlarda va ob’yektlarda qurilish ishlarini olib 
borish o‘ta murakkabligi va barcha turdagi resurslar sarfining ortishi bilan ajralib 
turadi. Bu nafaqat barpo etiladigan ob’yektning xajmiy-rejaviy va konstruktiv 
elementlarining alohidaligida, balki tabiiy-iqtisodiy, geofizik va tashkiliy 
omillarning qurilish ishlari texnologiyasiga va uni tashkil etishga noqulay 
ta’siridir. 
Ushbu omillar va ularning ahamiyatini hamda qurilish ishlarini bajarishda 
hisobga olishni ko‘rib chiqamiz. 
Havo xarorati. Havo haroratining nomaqbul ta’siridan foydalanidigan 
qurilish materiallarining fizik-mexanik va texnologik xususiyatlari o‘zgaradi:


119 
gruntlarda 
(muzlash, 
qurib 
qolish); 
beton 
va 
qorishmalarda 
(bog‘lovchilarning gidratatsiya reaktsiyasi); yog‘och (qurib qolishi, tob tashlashi); 
ayrim polimerlarda, bo‘yoqlarda, bitum materiallarda, germetiklar, asbestosement 
buyumlarda (darz ketish va uvalanish xolatlarining ortishi) va boshqalar. Havoning 
yuqori (past) haroratlari va uning sutkadagi o‘zgarishi konstruksiyalarda 
deformatsiyalar paydo bo‘lishiga, birikish choklarining germetikligining 
buzilishiga, qurilish mashinalarining ish unumdorligi va ishonchli ishlashining 
pasayishiga olib keladi. Odamlarning ish qobiliyati 6...30% gacha kamayib, ochiq 
havoda bo‘lishi cheklanadi. 
Quyosh radiatsiyasi va insolyatsiya. Quruq-issiq iqlimli xududlarda 
qurilish konstruksiyalarining yuzasi 80
0
gacha qizishi mumkin, bu ularda kimyoviy 
va struktura o‘zgarishlariga sabab bo‘lib, ularning eskirishini tezlashtiradi. Qurilish 
mashinalaridan foydalanishda qiyinchiliklar to‘g‘iladi. Qish kunlari quyosh 
gorizontdan past ko‘tarilishi sababli konstruksiyalarning vertikal va gorizontal 
yuzalari bir tekis yoritilmaydi va isimaydi. Quyosh radiatsiyasi va 
insolyatsiyasining haddan tashqari ortishi va kamayishi odamga noxush biologik 
ta’sir ko‘rsatib, uning ochiq havoda bo‘lish vaqtini chegaralaydi. 

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling