N. Bozorboev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov


Mikroorganizmlar va termitlar ta’siri


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/65
Sana14.09.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1678084
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   65
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 2-qism

Mikroorganizmlar va termitlar ta’siri. Issiq iqlim xududlarida ko‘p 
xollarda qurilish materiallari va konstruksiyalari mikroorganizmlar, mayda 
o‘simlik (zamburug‘) termit (qirchumoli)lar va boshqa zararkunanda 
xashoratlarning jadal ta’siriga duchor bo‘ladi. Bakteriya va mayda o‘simliklarning 
yashash faoliyatining maxsuloti ayrim materiallarning ustki qatlamlarini yemiradi, 
mustaxkamligini pasaytiradi va xar xil infektsiyalarning ko‘payish muhitiga 
aylanadi. Nam muhitda mikroorganizmlar faollashadi va mayda o‘simliklar 
ko‘payadi. Termitlar asosan tsellyulozali materiallar (yog‘och, qog‘oz, somon va 
sh. o‘.) tashqi qismiga tegmay ichki qismini kemiradi va poydevor hamda devor 
taglarida ko‘p sonli kanallar va yo‘llar hosil qiladi. Bu holat poydevor va 
konstruksiyalarning mustaxkamligini jiddiy pasaytiradi. Termit va boshqa 
kemiruvchilar hatto elektr kabellarining qo‘rg‘oshin, alyumin va polimer 
qobiqlarini kemirib ishdan chiqaradi. 
Tashkiliy omillar. Ish faoliyati to‘xtatilmagan, hamda bino va inshootlarni 
rekonstruksiyalashda o‘lchamlari cheklangan tor qurilish maydonlarida ish olib 
borilganda 
qurilish 
mashinalarini 
ishlatishda, 
qurilish 
materiallari 
va 
konstruksiyalarni joylashtirish, taxlashda va xavfsizlik texnikasi talablarini 
bajarishda hamda transport va qurilish maydonini tayyorlash jarayonlarida 
murakkabliklar va qiyinchiliklar tug‘iladi. 
Xo‘jalik faoliyati yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan xududlarda qurilish ishlarini 
bajarganda ish tizimini o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi. Qurilish maydonidagi 
injenerlik tayyorgarlik va boshqa ishlarda qiyinchiliklar tug‘iladi va transport 
ishlariga sarflar ortadi. 


122 
Ekstremal sharoitlardagi ob’yektlarda qurilish ishlari tuzilgan tashkiliy
texnik va texnologik xujjatlarga jiddiy yondoshish asosida olib borilishi lozim. 
Ekstremal sharoitlardagi xududlarda va ob’yektlarda qurilish ishlab chiqarish 
texnologiyasinining tashkiliy, texnik va texnologik masalalarini hal etishda ularni 
to‘liq tavsiflovchi barcha omillar tabiiy iqlimiy, geofizik, tashkiliy chuqur taxlil 
etilishi kerak. Bu esa qurilish ishlari tizimini, odamlar va mashinalarning ishlash 
sharoitini belgilash, tashqi muhit omillarining noxush ta’sirini kamaytirish 
tadbirlarini ishlab chiqish imkoniyatini yaratadi. 

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling