N. Bozorboev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov


 Qish sharoitida bino va inshootlarni qurish


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/65
Sana14.09.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1678084
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   65
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 2-qism

20.3. Qish sharoitida bino va inshootlarni qurish. 
Qish vaqtining alohida jihatlari. 
Me’yoriy talablarga binoan qish sharoiti deganda, tashqi havoning o‘rtacha 
sutkalik xarorati 5
0
S dan past va sutkalik minimal xarorat 0

S dan past bo‘lgan 
holatlar tushuniladi. SHunday iqlimiy sharoit O‘zbekistonda yilda 2-3 oy davom 
etishi mumkin. 
Qish davri konstruksiyalarni monolit betondan tiklashda ko‘p jihatdan 
ta’sir etadi. Qish davrida beton ishlarini to‘xtatib qo‘yish qurilish muddatining 
uzayishiga, ustama xarajatlarning va mablag‘larning aylanish muddatining 
ortishiga olib keladi. Natijada qurilish maxsulotining tannarxi ko‘tariladi, uning 
realizatsiyasi xajmi qisqaradi va xar xil ijtimoiy muammolar tug‘iladi. 
Beton ishlarini qishda bajarishda bir qator talablar quyiladi, ulardan 
asosiylari: 

qishda betonlashning texnik-iqtisodiy jihatdan asoslangan usulini 
tanlash, ishlarni bajarish texnologik xaritalarni ishlab chiqish; 

beton qorishmasini tayyorlash davrida uning xaroratini 35
0
S dan 
oshmagan holatda isitish; 

beton qorishmasini ob’yektga tashib keltirish, konstruksiyaga joylash 
davrida uning boshlang‘ich issiqlik energiyasini maksimal saqlab qolish; 

qolip ichini va yuzasini qordan, armatura karkaslarini muzdan 
tozalash; 


124 

betonni konstruksiyaga joylashda uning zichlash davomiyligini 25% 
oshirish; 

qotish davrida betonga kerakli harorat-namlik sharoitini ta’minlash;

muzlaguniga qadar betonning talab etiladigan sovuqqa chidamlilik 
mustaxkamligini ta’minlash. 
Qish 
sharoitida 
betonning 
mustaxkamlik 
tavsiflarini 
ro‘yobga 
chiqarishning o‘ziga xos jihatlari mavjud. Asosiy muammo shundan iboratki, 
beton strukturasi shakllanishining boshlang‘ich davrida undagi kimyoviy 
bog‘lanmagan suvlarning muzlab, xajmini 9% oshirishi va betondagi bog‘lanishni 
buzishidir. SHu sababdan uning keyingi mustaxkamligi normal holda qotgan 
betonga nisbatan 15-20% kam bo‘ladi. 
Betondagi suvning muzlashi uning mustaxkamligini pasaytiruvchi boshqa 
jarayonlarga ta’sir etib, ya’ni muz plenkasi armaturani va to‘ldiruvchilarni qurshab 
olib ularning sement bilan jipslashishiga qarshilik ko‘rsatadi, beton erigandan 
so‘ng zich struktura hosil bo‘lmaydi. 
Qishda betonlash texnologiyasining shakllangan asosi shundan iboratki, 
bunda monolit temir beton konstruksiyalarda qisqa vaqtda, kam sarflar bilan 
sovuqqa chidamligi bo‘yicha yoki talab etiladigan loyihadagi yuklamalarni qabul 
qila oladigan darajadagi mustaxkamligini ta’minlashga erishish. 
Betonning kritik mustaxkamligi R
28
ga nisbatan foizda ifodalangan bo‘lib, 
bu kritik mustaxkamlikka erishgandan so‘ng, beton muzlab issiq xaroratda muzi 
erisa, bu uning mustaxkamlik ko‘rsatkichlariga ta’sir etmaydi. 
Beton ishlarini olib borish uchun tayyorgarlik, betonlashning ayrim 
jihatlarini va monolit konstruksiyalarning taxminiy ekspluatatsiya qilish sharoitini 
taxlil etishdan boshlanadi. Betonlash texnologiyasiga ta’sir etuvchi asosiy omillar: 
• betonlanadigan yuzaning moduli M
yu
konstruksiya xajmining katta-
kichikligini tavsiflovchi ko‘rsatkich bo‘lib, ya’ni sovuq ta’sir etuvchi konstruksiya 
yuzalari yig‘indisining, shu konstruksiya xajmiga nisbati tushuniladi; 
• beton joylanadigan asosning grunt qatlamini tayyorlash; 


125 
• beton joylanadigan asosni (muzlagan grunt, tayyorgarlik qatlami) 40-50
0
S va konstruksiyani 30 sm qalinlikgacha isitish; 
• beton sinfi, uning boshlang‘ich xarorati, konstruksiyani armaturalash 
darajasi, qolipning turi va alohida jihatlari, betonning qotish vaqtida unga ta’sir 
etuvchi texnik va kimyoviy manbaalar va boshqalar. 

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling