N. Bozorboev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov


 Murakkab grunt sharoitidagi ob’yektlarda qurilish ishlarini


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/65
Sana14.09.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1678084
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   65
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 2-qism

20.2. Murakkab grunt sharoitidagi ob’yektlarda qurilish ishlarini 
bajarish. 
Murakkab grunt sharoiti – bu qurilish maydonida strukturasi o‘zgaruvchan 
gruntlarning mavjudligi, ayrim sharoitlarda ularning tabiiy strukturasi jiddiy 
buziladi. Bunday gruntlarga cho‘kuvchan, ko‘pchuvchi, sho‘r, to‘kilgan, o‘ta 
siqiluvchi gruntlar, hamda yumshatilgan qumlar, cho‘kindi va o‘zgaruvchan 
gruntlar kiradi. 
Strukturasi o‘zgaruvchan gruntlardan asos sifatida foydalanilganda
dastavval ularning fizik-mexanik tavsiflarini yaxshilashga, chuqur joylashgan 
poydevorlarni qurishga, hamda yer osti va chuqurlashtirilgan bino va inshootlarni 
qurishda alohida usullarni talab etadi. 
Strukturasi o‘zgaruvchan gruntlarning xususiyatlarini dastavval yaxshilash, 
bu ularning deformatsiyasini kamaytirish yoki yo‘q qilish, zichligini, 
mustaxkamligini, suvga chidamligini kuchaytirish (oshirish)ni ko‘zda tutadi. 
Buning uchun gruntlar zichlanadi yoki mustaxkamlanadi, yangi gruntdan to‘shama 
barpo etiladi. bundan tashqari bino va inshootlarni qurish jarayonida cho‘kuvchan, 
ko‘pchuvchi, sho‘r gruntlarning namlanib qolishini oldini olish chora tadbirlari 
amalga oshiriladi. Bunday ishlarga qurilish maydonini tekislash, suv 
o‘tkazmaydigan gorizontal va vertikal ekranlarni hosil qilish, o‘z vaqtida kotlovan 
bo‘shliqlarini sifatli to‘ldirish va otmostka qurish, truboprovodlar yotqizilishi va 
suv iste’moli nazoratini kuchaytirish. 


123 
CHuqurlashtirilgan yoki yer osti bino va inshootlarini strukturasi 
o‘zgaruvchan gruntlarda barpo etishda tavsiyaga muvofiq qurilish montaj ishlarini 
ancha yengillashtiruvchi “grunt ichidagi devor” yoki “tushiriladigan quduq” 
usullari qo‘llash zarur. 
Gruntlarning fizik-mexanik tavsiflarini yaxshilovchi, hamda bino va 
inshootlarni “gruntdagi ichidagi devor” va “tushiriladigan quduq” usulida barpo 
etish ishlari ishlab chiqilgan loyiha va texnologik kartalarga muvofiq grunt 
muzlamagan holatda amalga oshirilishi lozom. 

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling