N. Bozorboev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov


Yog‘ingarchilik va havoning namligi


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/65
Sana14.09.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1678084
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   65
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 2-qism

Yog‘ingarchilik va havoning namligi. Quruq-issiq iqlim sharoitda uzoq 
muddat yog‘ingarchilik bo‘lmasligi natijasida gruntning ustki qatlamini qotib 
qolishi, yorilishi, changlarning paydo bo‘lishiga va ko‘payishiga olib kelib, 
yog‘ingarchilikning haddan tashqari ko‘p bo‘lishi natijasida gruntning namligi,
deformatsiyasi (cho‘kishi, ko‘pchishi) ortadi. 
Yog‘ingarchilikning ziyod bo‘lishi qurilish ishlarini ochiq havoda olib 
borishga to‘sqinlik qilib, nol sikldagi ishlarni bajarishni qiyinlashtiradi. 
Qor qoplami qurilish maydonini,ish o‘rnini hamda materiallar va 
konstruksiyalarni qordan tozalash kabi qo‘shimcha ishlarni yuzaga keltiradi. 
Havo namligining past (quruq) bo‘lishi qurilish materiallari
konstruksiyalaridagi namlikni tez va notekis yo‘qolishiga olib kelib, bu ularda 
darzlar va tob tashlashlar paydo qiladi. SHu sababdan beton, suvoq, g‘isht terish va 
bo‘yoq kabi xo‘l ishlarni bajarish murakkablashadi. 


120 
Havo namligining ortishi natijasida g‘ovak material va konstruksiyalarning 
teplotexnik xususiyatlari o‘zgaradi, ularda shishish va qayishish holatlari yuz 
beradi; metallarda zanglash tezlashadi. CHangsimon materiallarni saqlash 
qiyinlashadi. Havoning yuqori namligida sutkadagi haroratning keskin o‘zgarishi 
konstruksiya yuzasida va uning ichki qismida kondensat (terlash) hosil bo‘lishiga 
olib kelib, ularda namlikning ortishi natijasida, ularni quritish sarflari ortadi. Havo 
namligining sovuq xaroratda ortishi kondensatning muzlashga olib kelib, bu 
konstruksiyalarda ichki zo‘riqishlar hosil qiladi, bu esa konstruksiyalarning 
buzilishini tezlashtiradi. 
Quruq va o‘ta nam havo odamga noxush ta’sir etib – ortiqcha terlash
chanqash va charchash kabi holatlar ro‘y berib, bu odamning ish qobiliyatini 7-
40% ga pasaytirishi mumkin. 

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling