N. Bozorboev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov
Download 3.05 Mb. Pdf ko'rish
|
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 2-qism
19.4. Blokli qolip
Blok qolipning konstruktiv yechimi, to‘liq yaxlit (monolit) temir-betonli qurilishdagidek, yig‘ma-yaxlitli jamoat va uy-joy qurilishlarida ham foydalanish imkonini beradi. Qurilish rayonining iqlim sharoiti, transport yo‘llarining mavjudligi, yig‘ma temir-beton ishlab chiqarish sanoatining rivojlanganligi va texnik-iqtisodiy taqqoslash natijalariga ko‘ra, u yoki bu variant tanlanadi. Ko‘p hollarda monolit temirbeton va yig‘ma temirbetonning kombinatsiyalashgan- birgalikdagi varianti qo‘llaniladi: • monolit tashqi va ichki devorlar va yig‘ma orayopmalar; • monolit ichki devorlar va yig‘ma tashqi devorlar hamda orayopmalar; • monolit ichki devorlar, yig‘ma orayopmalar va yig‘ma-monolit tashqi devorlar. Zavodlarda ishlab chiqarilgan tayyor holdagi hajmli-blokli elementlar nomenklaturasi kengayib bormoqda, ya’ni sanuzellar, lodjiya elementlari, lift shaxtalari, oshxonalar, axlat quvurlar, zina elementlari va hokazo. Uy-joy binolarini oqim (potok) usulida barpo etishda, ish hajmi deyarli bir- biriga teng alohida ish jarayonlari bo‘yicha qamrovlarga bo‘linadi. Bu jarayonlar − 111 qolipni montaji, armaturalarni o‘rnatish, betonlash, yig‘ma elementlarni montaj qilish. Metall palubali yirik blokli qoliplar ko‘p hollarda oraliq-proletlari uncha katta bo‘lmagan tutashgan devorlar yacheykalarni betonlashda qo‘llaniladi. U to‘rtta devordan tashkil topgan, yagona blokka birlashgan yacheyka qolipdan iborat bo‘lib, uni to‘liq o‘rnatish va keyinchalik, ya’ni betonlash jarayonidan so‘ng kran bilan chiqarib olish mumkin. Demontaj qilishdan avval mexanik yoki gidravlik domkratlar yordamida ulamalar ko‘tarib qo‘yilib va qolip shchitlari bir- biriga yaqinlashtiriladi. Ichki devorlarni va pardevorlarni qurishda blokli qolipni qo‘llagan holda, qo‘shimcha ravishda yirik shchitli qoliplardan ham foydalanish mumkin. Avval blokli qolipning bloklari o‘rnatiladi, ular o‘zaro tortuvchilar yordamida biriktiriladi. Keyin zarurat bo‘lganda, yirik va mayda shchitli qolipning alohida panellari va shchitlari o‘rnatiladi. Lift shaxtalari va zina kataklarining devorlarini betonlashda yirik blokli qoliplarni ishlatish yanada maqsadga muvofiqdir. Konstruktiv jihatdan yirik blokli qolipning ikkita varianti mavjud. Birinchi variantda yonma-yon shchitlar vintli mufta yordamida kuch bilan tortib birlashtirilgan. (19.5v-rasm). Muftalardagi tortuvchilarni u yoqqa yoki bu yoqqa surish orqali hajmli blokni loyiha holatiga o‘rnatish, shuningdek, uni betondan ajratib olish mumkin. Ikkinchi variantning farqi shundaki, qolip to‘rtta egiluvchan shchitlardan tayyorlanadi, ular qolip ajratib olinayotganida egiladi, so‘ngra betondan ajratilib, betonlangan yacheyka markaziga tortib qo‘yiladi. Ajratib olish uchun gidravlik yoki mexanik domkratlardan, markaziy aylanadigan ustundan foydalaniladikim, qaysikim, unga sharnirlar orqali tortuvchilar mahkamlangan va ular ham xuddi shunday egiluvchan shchitlar ham sharnirli biriktirilgan. Markaziy ustunning aylanishi evaziga burchak shchitlari egilib, markaz tomon tortiladi. Ustunning qayta aylanishi bilan qolip yana ishchi (dastlabki) holatiga keltiriladi (19.5g-rasm). 112 Lift shaxtasi qolipini montaj qilishda avvalambor qolip bloki tayanch tubiga va betonlangan pastki yarus devori chuqurchalaridagi tayanch kronshteynlarga o‘rnatiladi. Blokli qolipni ishchi holatiga keltirish mobaynida “siqilgan” qolip, ko‘chirish jarayonida pastki yarus devorlari perimetri bo‘yicha “rostlanib ketadi”. So‘ngra tashqi tomondan o‘zaro tortuvchilar bilan tortib biriktirilgan yirik shchitli qolip shchitlari va panellari montaj qilinadi. Armokarkaslarni bir-biriga ulashda bog‘lash yoki olovsiz (payvandlash nazarda tutilgan) usullardan foydalangan afzal. Erigan metall uchqunlari yoki tomchilari qolip shchitlaridagi surkalgan moyni kuydiradi, bu esa betonlangan yuza sifatini yomonlashishiga va paluba shchitlarining ertaroq eskirishiga olib keladi. Qamrovda yirik shchitlardan foydalanib betonlash ishlari barcha avvalgi jarayonlar tugatilgach amalga oshiriladi, beton qorishmasi qolipni butun balandligi bo‘yicha tanaffussiz 50 sm gacha qalinlikda uzluksiz ravishda qatlamlab quyiladi, kamida to‘rtta ishchi uchastkasi bo‘lishi kerak. Har bir keyingi qatlam undan oldingisi qotgunga qadar quyiladi va chuqurlikda ishlaydigan vibratorlar bilan zichlanadi. Betonlanish boshlangunga qadar albatta elektr va kuchsiz tok simlarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan kanal hosil qiluvchilar, orasiga qo‘yiladiganlar yotqizilishi yoki o‘rnatilishi zarur. Beton qolipdan ko‘chirish mustahkamligiga erishgandan so‘ng qolip o‘rnidan ko‘chiriladi. Keramzit betondan qilinadigan devorlar unga 24 soatdan keyin erishishi mumkin. Qolipning ajratilgan elementlari ta’mirlash, tozalash va moylash uchun taxlash maydonchasiga tushiriladi. Qolipni o‘rnidan ko‘chirish (demontaj) ketma- ketligi quyidagicha amalga oshiriladi. Avvalo qolipning tashqi va ichki panellari, yon tomon (torets) va burchak shchitlari, shundan keyingina blok qoliplari o‘rnidan ko‘chiriladi. Ko‘chirishda, ya’ni shchitlarni ajratib olish uchun maxsus moslamalar, jumladan, ponalar, strubsinalar, mexanik va gidravlik domkratlardan foydalaniladi. 113 Ishlarni tashkil etish va texnologiyasini eng ma’qul variantiga erishish mumkin, qachonki agar bino 3...4 ta qamrovga bo‘linsa va qoliplar to‘plami bitta yoki ikkita qamrovga hisob qilingan bo‘lib, ishlar oqim (potok) usulida olib borilsa. . Ishlarning bosqichlari (oqimlar) quyidagi tartibda bajarilishi kerak: • qamrovda orayopma qoliplarini o‘rnatish; • qoliplar o‘rnatilgan orayopmani betonlash; • blokli qolipni o‘rnatish va devorlarni betonlash; • devor betoni qolipdan ko‘chirish mustahkamligini olgach, devor qolipini demontaj qilish; • orayopma qolipini demontaj qilish; • orayopma qoliplarini yangi yarusga o‘rnatish. Tashqi devor shchitlari pastki va yuqori tayanch belbog‘ (poyas)lariga ega bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Betonlab bo‘lingandan so‘ng tashqi devor shchiti ko‘chirilganda pastki belbog‘ bilan birgalikda demontaj qilinadi, betonlab to‘ldirilgan yuqori belbog‘ esa yuqori qavat qolip shchitining o‘rnatilishi uchun mayoq (sokol) o‘rnida xizmat qiladi. Bunday yechim konstruktiv elementlarni tiklash aniqligini oshirish va qolipning tashqi maydonchasi hamda panelini qo‘shimcha mahkamlash imkonini beradi. Download 3.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling