N. Bozorboev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov


Qurilish konstruksiyalarini ajratish va buzish


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/65
Sana14.09.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1678084
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   65
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 2-qism

21.2.Qurilish konstruksiyalarini ajratish va buzish. 
Qurilish konstruksiyalarini ajratish va buzish ishlari ko‘p mehnat talab 
qilinadigan, ayrim hollarda u ob’yekt rekonstruksiyaning umumiy davomiyligini 
belgilaydi. 


132 
Ajratish deganda binoni qandaydir bo‘lagi yoki barcha konstruktiv 
elementlarini o‘z o‘rnida qayta foydalanish mumkinligini hisobga olib shikast 
yetkazmay olib tashlash tushuniladi. 
Konstruksiyalarni buzib olib tashlash ulardan o‘z o‘rnida foydalanish 
imkoniyatini bermaydi. 
Rekonstruksiya 
qilinayotgan 
binoning 
xajmiy-rejaviy 
yechimlari 
o‘zgartirilsa, hamda ayrim konstruksiyalar almashtirilsa, qisman ajratish, buzish 
ishlari olib boriladi. 
Konstruksiyalarni butunlay ajratish va buzish bino va inshootlarni olib 
tashlashda yoki rekonstruksiya ishlari katta xajmda bo‘lsa bajariladi. 
Qurilish 
konstruksiyalarini 
ajratish, 
buzish 
usullarini 
tanlashga 
rekonstruksiyalanayotgan ob’yektning xajmiy-rejaviy, konstruktiv yechimlari; 
rekonstruksiya ishlarning korxonaning asosiy faoliyati bilan kirishishi, hamda 
uning ish rejimi, ish bajarish muddatlari; mehnat muxofazasi va xavfsizlik 
texnikasi talablari; yaroqli va qayta foydalanadigan materiallarning chiqish darajasi 
yetarli darajada ta’sir etadi. 
Qurilish konstruksiyalarini ajratish, buzish ishlarini imkoniyat bo‘lsa ishlab 
chiqarish to‘xtatilgangacha bajarish tavsiya etiladi. Ishlar boshlangungacha barcha 
ichki elektr ta’minoti, injenerlik tarmoqlarini, vodoprovod, isitish tarmoqlarini va 
boshqalarni ishonchli o‘chirish lozim. 
Qurilish konstruksiyalari alohida element bo‘yicha yoki yirik bloklar 
bo‘yicha ajratiladi. 
Alohida element bo‘yicha ajratish ishlari qo‘lda yoki mexanizatsiyalashgan 
instrument bilan bajariladi. G‘isht, beton va temir-beton konstruksiyalar qachonki 
mexanizmlarni qo‘llash imkoniyati bo‘lmasa qo‘lda ajratiladi (21.1- rasm). 
Yirik bloklar bo‘yicha ajratilganda mehnat sarfi va ish bajarish muddati 
qisqaradi, hamda mehnat xavfsizligi va madaniyati oshadi. 
Yuqori darajada fizik eskirish natijasida konstruksiyani ajratish imkoniyati 
bo‘lmasa va ish muddatini qisqartirish uchun konstruksiyalar buziladi. Buning 


133 
uchun qisman yoki butunlay buzish usullari qo‘llanib, bunda materiallarga 
mexanik, termik va portlatish ta’siri ko‘rsatiladi. 
21.1-rasm. Tomni ajratish ketma-ketligi: 
a – bir nishabli; b – ikki nishabli; v – osilib turadigan stropila;
g – stropila fermasining yopmaga tushirish tartibi; 1-7- elementlarni olish ketma-ketligi. 
Qisman buzish usulida bino karkasining yirik o‘lchamdagi yig‘ma va 
monolit konstruksiyalari; alohida ustunlari, to‘sinlar va boshqa elementlari olib 
tashlanadi. Bunda ulardan foydalanish uchun kichikroq o‘lchamdagi bo‘laklarga 
bo‘linadi (21.2 -rasm). 


134 
21.2-rasm. Devorlarni ajratish: 
a – g‘ishtli; b – panelli; v – ilish uchun moslama. 1 – panellar yig‘imi; 2 – metall 
maxkamlagichlar yig‘imi; 3 – xarakatlanuvchi vishkalar; 4 – asboblar qutisi; 5 – gaz bilan 
kesuvchi qurilma; 6 – olinadigan panel; 7 – kran; 8 – kompressor turish joyi; 9 – skoba; 10 – 
belgilovchi sterjen. 
Butunlay buzish usulida o‘zining tavsifi bilan keyinchalik foydalanishga 
yaroqsiz konstruksiyalar; monolit beton va temir-beton poydevorlar; beton asosi va 
qalinligi 200 mm ortiq pollar; g‘isht, beton va temir-beton devorlar va pardadevor; 
temir-beton qavatlararo yopmalar va yopmalar va boshqa elementlar olib 
tashlanadi. Buning uchun osib qo‘yilgan klin-baba, shar, pnevmo va gidromolotlar 
impulslivodomet qurilmasi; qo‘l va mexanizatsiyalashgan instrumentlar; portlovchi 
moddalar; elektrogidravlik qurilmalardan foydalaniladi (21.3- rasm). 
Bino va inshootlarni butunlay buzish ko‘pincha portlatish usulida amalga 
oshiriladi.


135 
21.3-rasm. Konstruksiyalarni buzish: 
a – gidromolot bilan; b – osiluvchi qurilma balan; v – ponali yorg‘ich bilan; g – 
kislorodli uchlik bilan qirqish; d – beton qirqadigan qurilma bilan; ye – elektr gidravlik 
o‘rg‘ichdan foydalanib. 

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling