N. Bozorboev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/65
Sana14.09.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1678084
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   65
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 2-qism

 
21.3. Konstruksiyalarni kuchaytirish 
Binolarda yangi texnologik qurilmalar o‘rnatilganda qavatlar soni 
oshirilganda yuklamalarning oshishi natijasida, xamda konstruksiyalar qisman yoki 
butunlay yuk ko‘tarish qobiliyatini yo‘qotganda konstruksiyalarni kuchaytirishga 
to‘g‘ri keladi. Ayrim hollarda konstruksiyalarni kuchaytirish uni yangisiga 
almashtirishga nisbatan kam sarfli bo‘ladi, chunki yangisini o‘rnatish ishlari ancha 
murakkab jarayon hisoblanadi. Konstruksiyalarni kuchaytirish ishlari har-xil 


136 
darajada korxonaning ish faoliyatini hisobga olgan holda olib boriladi. Bunda 
binoning hajmiy-rejaviy yechimi va texnologik qurilmalarning joylashishi, ishlarni 
olib borish sharoiti, xavfsizlik texnikasi talablari e’tiborga olinadi.
Asos gruntlarini kuchaytirish. Mavjud bino asosini kuchaytirishda 
sementlash, silikatlash, termik ishlov berish, elektr silikatlash va sintetik smolalar 
bilan ishlash usullari qo‘llaniladi.
Asosni kuchaytirishning boshqa usullari – bu buroin’ektsion 
ildizsimon qoziq o‘rnatish. Buning uchun poydevor orasidan diametri 89…280 
mm, 50...40 m uzunlikda skvajina burg‘ulanib 10...16 mm diametridagi 
armaturalar tushirilib 3...6 MPa bosimda beton yuboriladi. 
Poydevorlarni kuchaytirish. Poydevorlarni kuchaytirishda ularning 
tagini kengaytirish yoki har-xil qoziqlarni o‘rnatish orqali amalga oshiriladi. 
Poydevor tagi o‘lchamlarini oshirish yuklamalar oshganda, asosdagi 
gruntlarning yuk ko‘tarish qobiliyati yetarlicha bo‘lmasa, ekspluatatsiya davrida 
poydevorga jiddiy shikast yetgan bo‘lsa amalga oshiriladi. Poydevor tagini 
kengaytirishda temir-beton g‘ilof o‘rnatish, o‘lchamlarini oshirish, qisman yoki 
butunlay yangi poydevor o‘rnatish usullari qo‘llaniladirasm (21.4 ,21.5 -rasmlar). 
21.4-rasm. Poydevorlarni temir beton g‘ilof bilan kuchaytirish: 
1 – kuchaytirilayotgan poydevor; 2 – temir beton g‘ilof; 3 – kuchaytirish armaturasi; 4 – 
kuchaytirilayotgan ustun; 5 – ustun g‘ilofi. 


137 
21.5-rasm. Lentasimon poydevorni kengaytirib kuchaytirish: 
1 – kuchaytirilayotgan poydevor; 2 – kengaytirish armatura karkasi; 3 – metall quvur; 4 
– shpurlar. 
G‘isht, 
xarsangtosh, 
beton 
va 
temir-beton 
poydevorlarni 
kuchaytirishda ishlarni bajarishning umumiy sxemasida jarayonlar ketma-ketligi 
quyidagicha amalga oshiriladi: 
• yer osti suvining sathini pasaytirish, agar mavjud bo‘lsa; 
• poydevorning ikki tomonidan transheya qazish; 
• poydevor yuzalarini tozalash; 
• poydevor devorida yuk bo‘shatuvchi to‘sin o‘rnatish uchun teshik ochish; 
•poydevorning kengaytirilgan qismini armaturalash, yaxlit armokarkas 
hosil qilish;
• qolip o‘rnatish; 
• beton qorishmasini vibratsiyalab joylash; 
• betonni parvarish qilish va qoliplarni ajratish; 
• gidroizolyatsiya ishlari; 
• bo‘shliqlarni qayta to‘ldirish va otmostka qurish. 
Poydevorlarni kuchaytirish uzunligi 10...12 m dan ortiq bo‘lmagan 
uchastkalarga ajratilib bajariladi, keyingi uchastkani betonlash, oldindagi 
uchastkadan 3 kundan keyin boshlanishi lozim. 

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling