N. Bozorboev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov


 Konstruktiv elementlarni o‘rnatish


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/65
Sana14.09.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1678084
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 2-qism

12.2. Konstruktiv elementlarni o‘rnatish 
12.2.1. TASHQI DEVOR PANELLARINI O‘RNATISH
Yangi qavatdagi montaj ishlarini boshlashdan oldin, orayopma yuzalarini 
tekislash, tirqish (g‘ovak) va boshqa notekisliklarni bekitish ishlari bajariladi. 
Keyinchalik qamrovni butun perimetri bo‘ylab (ayrim holda butun bino) tashqi 
devor panellarini o‘rnatiladigan joylarini aniq belgilanib, kerakli o‘q belgilari 
(qayd qilinadi) chiziladi, vertikal o‘qlar bo‘yicha vertikal choklarni va panellar 
tekisliklarini holati aniqlanadi, qavat bo‘yicha montaj gorizonti mahkamlanadi. 
Montajga tayyorlanish. Har bir panelni ostiga yog‘och taxtachalardan 2 
marka qo‘yiladi, ularni qalinligi nivelirlash natijalariga ko‘ra o‘zgarishi mumkin, 
lekin o‘rtacha 12 mm atrofida bo‘lishi kerak. Ularni binoning tashqi devor 
tekisligiga yaqin yon qirralaridan 15...20 sm masofada o‘rnatiladi. SHu 
markalarning hisobiga panellarni vertikal balandligi bo‘yicha aniq o‘rnatishga 
erishiladi, chunki panel butun tayanch yuzasi bo‘ylab yangi qorishmaga o‘stiga 
tushirilganda, shu markalarga tayanadi.
Pastdagi tashqi devor panellarni ustki qirralariga yupqa mastika qavati 
(“izol”)ga yoki shunga uxshash materialga bir nechta element uchun g‘ovak gernit 
chilviri (arqoni) yotqiziladi. Bevosita panellarni o‘rnatishdan oldin chilvirni 
(shnur) ustki qismi mastika bilan qoplanadi, mayaklardan 3…5 mm yuqori qilib 
plastik qurilish qorishmasi yotqiziladi. Tashqi devor panellari uchun qorishma 
qatlami tashqari qirrasiga 2…3 sm ga yetmaydigan qilib tushaladi, chunki 
qorishma tashqariga siqib chiqarilib fasadni buzmasligi kerak. Devor panellarini 
o‘rnatishda gernit chilvirini (shnurini) siqilishi kamida 40% gacha bo‘ladi.
Keyinchalik osma lyulkalardan turib tashqi atmosfera ta’siridan saqlash uchun, 


10 
tashqi tarafdagi barcha tutashuv joylariga germetik pasta qatlami so‘riladi, va u 
qurigandan keyin uchun ustidan odatda kremniyorganik emaldan himoya qatlami 
bajariladi.
Tashqi panellar vertikal chok holatini qayd qiluvchi o‘q belgilari , 
panelning tashqi qirrasi - devorni chetki chizig‘i va devorni ichki tekisligi 
aniqlovchi chizig‘i bo‘yicha o‘rnatiladi. Panel o‘z joyiga o‘rnatilib, stroplar 
bo‘shatilmagan holda uning holati montaj lomlari bilan to‘g‘rilanadi. Panel 
to‘g‘rilangandan so‘ng, u ikkita siquvchi muftali tayanchlar bilan mahkamlanadi, 
tayanchlar orayopma plitalarining montaj ilmoqlariga mahkamlanadi, panel 
vertikal holatga muftalar orqali to‘g‘rilanib olib kelinadi. Keyinroq strop ilgaklarni 
bo‘shatiladi, panelni gorizontal choklari zichlanadi va to‘g‘rilanadi . 
Panelni qorishma tushamasiga o‘rnatayotganda uni ichkariga qarab ozgina 
qiyaroq o‘rnatiladi, bu mayak qistirmalarini devor tashqi qirrasiga yaqinroq 
o‘rnatish bilan erishiladi. Panel vertikal holatga tayanch tirgaklarni uzunligini 
o‘zgartirish hisobiga olib kelinayotganda , tashqi qirra ostidagi qorishma 
zichlanadi. Panel o‘rnatilayotganda tashqi tomonga qiyalanishi mumkin emas, 
chunki u vertikal holatga olib kelinayotganda panel bilan qorishma orasida tirqish 
paydo bo‘lishi va uni aniqlash va osma lyulkadan bekitish ancha murakkabdir. 
Vaqtincha mahkamlash va shoqul yordamida to‘g‘rilash uzun va qisqa tirgaklar 
yordamida bajariladi. Uzun podkos orayopma plitasini montaj ilmog‘ini panelni 
yuqori qismi bilan bog‘laydi, qisqa podkos 1.7 m balandlikdagi paneldagi montaj 
ilmog‘i bilan bog‘laydi. Qisqa podkoslar qo‘llanilganda panellarni mahkamlash 
orayopma plitalaridan narvon va so‘rilar qullamasdan amalga oshiriladi.

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling