N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova


-rasm. “Grunt ichidagi devor” qurilishining texnologik sxemasi


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/81
Sana13.11.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1770630
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   81
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism

6.1.-rasm. “Grunt ichidagi devor” qurilishining texnologik sxemasi: 
1 - forshaxtaning tuzilishi (transheya ustining mahkamlanishi); 2 - transheyani qamrov 
uzunligi bo‘ylab kavlash; 3 – cheklagichlarni o‘rnatish (qamrovlar orasidagi to‘siq);
4 – armatura karkaslarini montaj qilish; 5 – qamrovda vertikal siljuvchi quvur usuli 
bilan betonlash.
 
Betonlashni beton qorishmasini uzluksiz yotqizish va u bilan butun 
qamrovni bir maromda pastdan yuqorisigacha to‘ldirish vertikal siljuvchi 
quvur usuli bilan amalga oshiriladi. 
Betonquyuvchi quvurlar – diametri 250...300 mm, devorlarining 
qalinligi 8...10 mm, bo‘yni - quvur hajmiga mos, olinuvchi klapan 
bo‘yindan pastda, pijlar qalin matodan qilingan. 
Qamrov o‘lchamining cheklagichlari: 
• transheyaning chuqurligi 15 m gacha bo‘lganda diametri transheya 
enidan 30...50 mm kichik bo‘lgan quvurlar qo‘llaniladi; ularni qamrovda 
betonlash tugallangandan so‘ng 3 ... 5 soatdan keyin olinadi va hosil 
bo‘lgan bo‘shliq darhol beton qorishma bilan to‘ldiriladi; 
• transheyaning chuqurligi 30 m gacha bo‘lganda cheklagich po‘lat 
list ko‘rinishida o‘rnatiladi, u armaturali karkasga payvandlanadi. Zarur 
bo‘lganda listga shvellerlar payvandlab kuchaytiriladi. 
Qamrab olish (qamrov) uzunligi 3 m.dan ortiq bo‘lganda betonlash 
odatda ikkita beton quyuvchi quvurlar orqali bir vaqtda amalga oshiriladi. 
Betonning plastikligini oshirish uchun va uni yotqizish qulay bo‘lishi uchun 


61 
plastifikatsiyalovchi qo‘shimchalar – spirtli barda, superplastifikatorlar
qo‘llaniladi. 
Betonlashda tanaffuslar – yozda – 1,5 soatgacha, qishda – 30 
minutgacha.
Loy zarralari bilan ifloslangan beton qorishmasining yuqori qismini
keyinchalik olib tashlash uchun beton qorishmasi konstruksiya
balandligidan 10...15 sm ortiq qilib yotkiziladi. Vibrozichlashtirishdan 
foydalanilganda vibratorlarni beton quyuvchi quvurning pastki uchiga 
mahkamlanadi. Uzunligi 20 m gacha bo‘lgan quvurlarda bitta vibrator, 50 m 
gacha bo‘lgan quvurlarda – ikkita vibrator qo‘llaniladi. 
Quvurlarni qamrovlar chegarasida albatta tortib olinadi. Erta olib 
qo‘yish hosil bo‘lgan sferik qobiq qirralarining buzilishiga olib keladi, bu 
maqsadga muvofiq emas, keyinchalik esa quvurning beton va yer o‘rtasida 
qisilib qolishiga olib keladi va bunda uni ajratib olish uchun katta kuch 
kerak bo‘lib qoladi. Shuning uchun ko‘pincha quvurlar o‘rniga listli 
temirdan, shveller yoki qo‘shtavrdan inshootning armaturali karkaslariga 
albatta payvandlab qo‘yiladigan olinmaydigan kashak (ulagich) qo‘yiladi. 
Ba’zida transheya chetlarining buzilishidan va to‘kilishidan 
muhofaza qilish uchun yig‘ma elementlardan yoki forshaxta metallidan – 
gruntning yuqori qatlamarini kuchaytirish uchun 1 m.gacha chuqurlikdagi 
transheyalarning bosh qismlari yoki bu transheya 1 m.gacha chuqurlikkacha 
devorning yuqori qismlari mustahkamlab quriladi. 
“Grunt ichidagi devor” texnologiyasining kamchiliklari: armaturani 
beton bilan ishlashi yomonlashadi, chunki armatura sirtiga loy qorishmasi 
zarralari yopishib qoladi; qish paytida ishlarni bajarishda ko‘p 
murakkabliklar vujudga keladi, shuning uchun sharoit imkon berganda 
yig‘ma va yig‘ma – monolit variantlardan foydalaniladi. 
Yig‘ma temirbetonning qo‘llanilishi quyidagilarga imkon beradi: 
• ishlarni amalga oshirishning industrialligini ko‘tarishga; 


62 
• oqilona shakldagi: g‘ovakli, tavrli va ikki tavrli konstruksiyalarni 
qo‘llanishga; 
• barpo etilgan inshootlarning sifat kafolatiga ega bo‘lishga. 
Yig‘ma temirbetonning kamchiliklari: buyumlarni tayyorlash uchun 
har gal individual kesim va uzunlikdagi maxsus texnologik moslama talab 
etiladi; maxsulotlarni qurilish maydonchasiga tashishning murakkabligi; 
quvvatli montaj kranlarining kerakliligi; yig‘ma temirbetonning qiymati 
monolitnikidan ancha yuqoriligi. 
Yig‘ma elementlar orasidagi vertikal tirqishlar (oraliqlar) ishlarni 
quruq holda olib borish usulida sement qorishmasi bilan to‘ldiriladi. Ho‘l 
usulda ishlashda esa, transheyaning tashqi qo‘yini sement, qum qorishmasi 
bilan, ichki qo‘yini esa – qum – graviy qorishmasi bilan to‘ldiriladi. Tashqi 
to‘ldirish keyinchalik gidroizolyatsiya sifatida xizmat qiladi. 
Yig‘ma – monolit yechimning ikki varianti qo‘llaniladi: 
inshootning pastki qismi ma’lum darajagacha monolit betondan 
iborat, yuqorida yotuvchi konstruksiyalar – yig‘ma elementlardan iborat;
yig‘ma elementlar koshin-qolip ko‘rinishida qo‘llanilib, u 
transheyaning ichki sirtiga o‘rnatiladi, tashqi sirti monolit beton bilan 
to‘ldiriladi. 
Tunnellar va rejadagi berk inshootlarni qurishda tashqi devorlar 
qurilgandan so‘ng inshootning ichki qismidagi grunt olib chiqiladi va
ag‘darib haydalgan yerga(ag‘darma) to‘kiladi, tubi betonlanadi yoki 
inshootning ichki konstrukiyalari ostiga poydevor quriladi. 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling