N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova
Katta oraliqli binolarni montaj qilishning o‘ziga xos xususiyatlari
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism
8.2. Katta oraliqli binolarni montaj qilishning o‘ziga xos xususiyatlari
Katta oraliqli binolar va inshootlarni montaj qilish quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflanadi: • binolarning karkaslari po‘lat, yig‘ma temirbeton va aralash konstruksiyalardan tayyorlanishi mumkin: ustunlar – temirbetondan, devor panellari – bir yoki ko‘p qatlamli, kran osti to‘sinlari, fermalar, bog‘lamalar va po‘lat – ustyopma elementlari; • binoning o‘lchamlari odatda montaj qiluvchi kranlarning ta’sir ko‘rsatish doirasidan ortiq bo‘ladi; • bir qator konstruksiyalar – katta balandlikdagi va massadagi ustunlar, kuchli kran osti to‘sinlari, katta oraliqli fermalar, ustyopmaning hajmdor elementlarini – qismlab yoki bir nechta krandan foydalanib montaj qilishga to‘g‘ri keladi; • binoni montaj qilishni texnologik qurilmani(jihozlar) o‘rnatish bilan bog‘lash zarur. Po‘lat konstruksiyali bir qavatli sanoat binolarini 18, 24, 30 va 36 m oraliqli va 30 m balandlikgacha qilib loyihalanadi va barpo etiladi. Temirbeton konstruksiyali bir qavatli binolar 12, 18, 24, va 30 m oraliqga 14.4 m balandlikgacha (ustunni yuqori qismigacha) va 24, 30 va 36 m oraliqli va 18 m balandlikgacha qilib loyihalanadi. Bir qavatli sanoat binolari oralig‘i, ustunlar qadami va balandligiga bog‘liq holda quyidagi turlarga bo‘linadi: yengil oralig‘i 6...18 m, balndligi 5...12 m; o‘rtacha oralig‘i 18...30 m, balandligi 8...24 m; og‘irlik oralig‘i 24..36 m, balandligi 18...30 m. Katta oraliqli binolar konstruksiyasini montaj qilish usullarini va montaj qilishni tashkil etishni tanlashning asosiy mezonlari: • montaj ishlari hajmi; • binoning hajmiy – rejaviy va konstruktiv yechimlari; 73 • montaj qilishning va umuman binoni barpo qilishning belgilangan muddatlari; • montaj mexanizmlarining mavjud parki. Turli xil binolarning konstruksiyalarini montaj qilish usullari quyidagilarga bog‘liq holda ajratiladi: • qo‘llaniladigan ko‘tarish – montaj qilish jihozlariga qarab – kranli va kransiz usullar; • montaj qilish oldidan elementlarni bloklarga yiriklashtirish darajasiga qarab – elementlab, yirik blokli montaj konveyerli yig‘ish, rulonlash; • elementlarni loyiha holatiga o‘rnatish ketma – ketligi bo‘yicha; • yassi va fazoviy montaj va texnologik bloklarni loyiha holatiga o‘rnatish ketma – ketligi bo‘yicha; • montaj qilishda kranning bino bo‘ylab va ko‘ndalangiga harakatlanishi; • elementlarni tayanchga keltirish va o‘rnatish usullari; • konstruksiyalarni vertikal bo‘yicha yig‘ish ketma – ketliklari; • montaj qilish jarayonida binolar, inshootlar va konstruksiyalar ishlashining konstruktiv xususiyatlari; • ob’yektni barpo etish yo‘nalishlariga qarab – surish, vertikal ko‘tarish, burish usullari. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling