N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova


Yerto‘la devor bloklarini montaj qilish


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/81
Sana13.11.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1770630
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   81
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism

Yerto‘la devor bloklarini montaj qilish. Poydevor yerto‘la 
devorlari yostiqlari va bloklari texnologik karta bo‘yicha, unda keltirilgan 
bloklarni joylashtirish sxemasi bo‘yicha joylashtiriladi, bunda poydevorlar 
orqali binoga truboprovodlar va kabellarni kiritish uchun teshiklar va ular 
orasida o‘tish yo‘li qoldirilishi hisobga olinadi. 


68 
Devor poydevor bloklarini montaj qilish boshlanguncha poydevor 
yostiqlari lentasida ko‘ndalang va bo‘ylama o‘qlar belgilab olinadi, bu 
maqsad uchun obnoskadagi simli o‘qlardan foydalaniladi. Poydevor 
bloklarini montaj qilish burchaklardagi – bino fasadi bo‘yicha ikki chetki 
bloklarni o‘rnatishdan boshlanadi. Burchakdagilardan so‘ng oraliq mayoq 
bloklari bir – biridan 20...30 m masofada o‘rnatiladi, ular bo‘ylab 
poydevorning tashqi chetidan 2...3 mm masofada mayoq prichalkalari 
tortiladi. Prichalka o‘rnatilgan bloklar qatori satxidan 4...5 sm yuqoriroq 
qilib joylashtirilishi kerak. Montaj davomida prichalka yuqoriga 
bloklarning navbatdagi qatoriga ko‘chiriladi, uning satxi ham o‘rnatilgan bu 
bloklar qatori sathidan 4 ... 5 sm yuqori bo‘ladi.
Dastlabki ikki qator bloklari yer sathidan o‘rnatiladi, keyingilari esa 
– surilardan o‘rnatiladi. Bloklarni bog‘lash – blokning kamida ¼ uzunligida, 
navbatdagi qatordagi barcha bloklar o‘rnatilgandan so‘ng ular orasidagi 
vertikal choklar suvab chiqiladi. Yerto‘la devorlari monolit temirbetondan 
bajarilganda betonlash balandligi devor balandligi bilan, uzunligi esa – 
ishlarni amalga oshirishning texnologik reglamenti bilan belgilanadi. 
Qorishma bilan tekislangan va gorizontal holatga keltirilgan 
poydevorlarning ustidan butun tekisligi bo‘yicha 1...2 qavat gidroizolyatsiya 
yotqiziladi. 
Yer to‘la qavatlari mavjud bo‘lganda vertikal gidroizolyatsiya 
bajariladi va ularning devorlarini loyiha ma’lumotlariga mos holda isitish 
choralari amalga oshiriladi. 
Yer to‘la ustida orayopmani montaj qilish pardadevorlar o‘rnatilib, 
yer osti kommunikatsiyalarini kiritish va chiqarishlari qurilgandan so‘ng 
boshlanadi. 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling