N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi darslik
-rasm. Tomyopma blokini surish sxemasi
Download 359.27 Kb.
|
Toshkent arxitektura qurilish instituti-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.6. Montaj qilish va ishlarni birgalikda bajarish usullarini tanlash Montajni tashkil etishning asosiy sxemalari
8.9-rasm. Tomyopma blokini surish sxemasi:
1 – bino ustunlari; 2 – stropilaosti bloklari; 3 – vaqtincha estakadaning qiya to‘sinlari; 4 – tomyopma bloki; 5 -–bloklarni xarakatlantirish uchun aravacha; 6 – tortuvchi polispast; 7 – aravachaning relsli yo‘li; 8 – tirgak. 90
Montaj qilish amaliyotida ba’zida bir necha usul qo‘shib olib borish hollari uchraydi, xususan surish, yiriklashtirish va burishning birgalikda olib borish usuli. 8.6. Montaj qilish va ishlarni birgalikda bajarish usullarini tanlash Montajni tashkil etishning asosiy sxemalari. Bir qavatli sanoat binolarini montaj qilishning asosiy sxemalari ishga jalb qilingan kranlar soni bilan bog‘liq: • barcha konstruksiyalarni, poydevorlardan boshlab bitta kran bilan montaj qilish; • konstruksiyalarning yer osti qismini bitta kran bilan,er usti qismini boshqa kran bilan montaj qilish; • har bir qamrovda mustaqil kran bilan montaj qilish; • mustaqil kranlar bilan bir qavatli sanoat binolari karkasining turli xil konstruksiyalarini montaj qilish (poydevorlar, ustunlar, kran osti to‘sinlari, fermalar, tomyopma plitalari, devor panellari) – 5 ... 7 oqimlar. Bir qavatli sanoat binolarini barpo etishda qamrov yoki montaj qilish uchastkasi sifatida ishlarni maksimal darajada qo‘shib olib borish uchun binoning bir oralig‘ini yoki uning bir qismini harorat choklari orasidagi chegarada qabul qilish mumkin. Binoni montaj qilishni oqilona tashkil etilishini tanlashdagi asosiy masala – konstruksiyalarni montaj qilishning usulini va texnologik ketma – ketligini aniqlash bo‘lib, ular montaj mexanizmlarini tanlash bilan uzviy bog‘liqdir. Binolarni barpo etish sur’atlari, ayniqsa, balandda bajariladigan ishlarni montaj operatsiyalarining mehnat sarfi, qurilishning umumiy qiymati va davomiyligi qabul qilingan usulga bog‘liq bo‘ladi. Qabul qilingan ishlar usuli oqimli qurilishni, birgalikda bajariladigan barcha montaj, umumqurilish va maxsus ishlarning grafik bo‘yicha amalga 91
oshirilishini ta’minlashi va subpudratchilarga tanaffuslarni istisno qiluvchi, zarur ishlar frontini ta’minlash kerak. Montaj qilishning tanlab olingan usuli yig‘ish, mahkamlash va tutashuv joylarini ishlash bo‘yicha ko‘pchilik operatsiyalarni konstruksiyalar yoki surilardan turib emas, balki yerda bajarilishini, ya’ni stendlar yoki konduktorlarda yiriklashtirilgan montaj bloklarini loyihadagi holatiga zamonaviy montaj kranlari yordamida ko‘tarish va o‘rnatishni nazarda tutish kerak. Montaj qilishning mumkin bo‘ladigan usullarini taqqoslashda ancha sodda, havfsiz, mehnat va moddiy resurslarni kam sarflagan holda yuqori ish sifatini ta’minlovchiga afzallik berilishi kerak. Bir qavatli sanoat binolari balandligi nisbatan uncha katta bo‘lmagan holda rejada ancha katta o‘lchamlarga ega. Karkasning ko‘taruvchi konstruksiyalari orasidagi masofa ko‘pchilik hollarda kranning ta’sir radiusidan ortadi, bu montaj qilish usulini aniqlashda alohida talablarni qo‘yadi. Konstruksiyalarni o‘rnatish usulini va hamda ketma – ketligini tanlash qurilish maydonining xususiyatlariga (masalan, torligi), joyning relefiga, avto yo‘llar va kirib keluvchi temir yo‘llarga, montaj mexanizmlarining zarur parkiga bog‘liq. Ishlarning texnologik ketma – ketligini tanlashga yer osti xo‘jaligi ‒ texnologik uskunalar ostida poydevorning mavjudligi, ularning miqdori, o‘lchamlari, qo‘yilish chuqurligi, konstruksiyalarning materiallari, bino oraliqlarida joylashgan turli xil yer osti kommunikatsiyalari katta ta’sir ko‘rsatadi. Qo‘llanilayotgan montaj mexanizmlar tegishli yuk va geometrik tavsiflarga ega bo‘lishlari, yaxshi harakatchan bo‘lishlari, har bir izchil to‘xtash joyida iloji boricha ko‘proq montaj ishlarini bajarish uchun imkon boricha katta ishchi zonasiga ega bo‘lishi shart. Qurilishni tashkil etish ishlariningoqimli (uzluksiz) bo‘lishini ta’minlash kerak, uning mohiyati barcha montaj va boshqa hamrox operatsiyalarni uzluksiz va bir tekisda bajarishdan iborat. Oldindan 92
tegishlicha ishlab chiqarish ritmini (sur’atini) yaratish zarur bo‘lib, bunda qurilishning barcha ishtirokchilari berilgan vaqt oralig‘ida ishchilar va ishlovchi mexanizmlar parkining doimiy o‘zgarmas miqdorida, qurilish va montaj ishlarini birgalikda olib borishda ma’lum ish hajmini bajarishadi. Inshootlarning murakkabligi va ayrim ish turlarining ko‘proq mehnat talab etishga bog‘liq holda oqimli (uzluksiz) qurilishni loyihalashda oqimli bajariladigan ishlar ro‘yxatiga quyidagi ishlar kiritilishi mumkin: yer qazish ishlari, poydevor qurish bo‘yicha beton ishlari, qurilish konstruksiyalarini montaj qilish, texnologik uskunalarni montaj qilish, issiqtexnik, santexnik, ventilyatsiya, elektrotexnik va shu kabi ishlar. Qurilish maydonchasida bir necha kran mavjud bo‘lganda konstruksiyalarni montaj qilish bo‘yicha ishlar poydevorlarni, ustunlarni, kran osti to‘sinlarini, yopma elementlarini, devor panellarini osishni mustaqil oqim bilan montaj qilishga ajratilishi mumkin. Qurilishning oqimli ishlab chiqarishini ishlab chiqqanda montajdan keyingi pardozlash ishlari majmuini ham kiritish maqsadga muvofiqdir. Loyihalash va barcha ishlarni bajarishni bosh pudratchi tashkilot tashkil etadi, boshqaradi va muvofiqlashtiradi, u odatda barcha umumqurilish ishlarini, boshqa ishlarni esa ixtisoslashtirilgan qurilish – montaj subpudratchi tashkilotlar amalga oshiradi. Ishlarni oqimli tashkil etishning zarur – qoidasi har bir qurilish brigadasi boshqa brigadaga o‘z vaqtida ish frontini ta’minlashi shart. Masalan, poydevorlarni barpo etuvchi quruvchilar tayyor poydevorlarni ustunlarni o‘rnatish uchun kelgan montajchilarga topshirishlari kerak. Ustyopma (tomyopma) konstruksiyalarini montaj qiluvchi brigada belgilangan muddatga tom qoplamasini yopuvchilar brigadasiga ish frontini taqdim etishlari shart va h.k. Ishlarni bunday qo‘shib birgalikda olib borish katta aniqlikni va barcha ijrochilardan texnologik intizomni talab etadi. Qurilishda ishtirok etuvchi turli kasb ishchilarini aniq taqsimlash bunyod etilayotgan binoni qamrovlarga ajratish bilan ta’minlanishi mumkin 93
bo‘lib, ular o‘z navbatida montaj qilinuvchi yoki ishchi uchastkalariga bo‘linadi, ularning har birida ma’lum smenalar soni yoki kunlar mobaynida faqat bir turdagi ishlar bajariladi. Bir uchastkadan boshqasiga o‘tish qat’iy belgilangan vaqtda grafik bo‘yicha yuz beradi, bu vaqtgacha har bir qurilish ishtirokchisi o‘zining ish hajmini bajarishga ulgurishi kerak. Kapital qo‘yilmalarning samaradorligini oshirishning asosiy sharti qurilayotgan ob’yektlarni yoki ularning qismlarini foydalanishga topshirish muddatlarini qisqartirish hisoblanadi, chunki ularni qurishga sarflangan mablag‘lar maxsulot ishlab chiqarish va uni sotish hisobiga tezroq natija bera boshlaydi, bu bilan ob’yektlarning o‘zini qoplashi tezlashadi. Odatda qurilishning davomiyligi asosan inshootning eng katta jismoniy hajmga va mos ravishda sermehnat bo‘lgan karkasini montajini bajarish muddatlariga bog‘liq. Ob’yektlarni barpo qilish bo‘yicha barcha ishlar taqvim rejalari va grafiklariga mos holda bajarilishi kerak bo‘lib, ularda montaj va umumqurilish ishlarining ayrim turlarini maksimal darajada qo‘shib birgalikda olib borish hisobiga qurilish muddatlarini qisqartirish nazarda tutilishi kerak. Qurilishning maqbul muddatlariga amal qilish qurilish – montaj tashkilotining ishlab chiqarish faoliyati barcha texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilashning va birinchi navbatda ishlarning tannarxini pasaytirishning va mehnat unumdorligi ortishining muqarrar sharti hisoblanadi. Bir qavatli sanoat binolari konstruksiyalarining umumiy hajmida tomyopma elementlari karkas massasining kamida 50% ini tashkil etadi, bu konstruksiyalarni montaj qilishning mehnat talab etishi montaj qilishga mehnat sarflarining 65...70% ini tashkil etadi, shuning uchun tomyopma konstruksiyalarini va ularni montaj qilish texnologiyasini takomillashtirib binoni montaj qilishning umumiy mehnat sarfini ancha kamaytirish mumkin. Inshootni va uni barpo etishni loyihalash jarayonida umuman binoning va 94
ayniqsa tomyopma bloklarining hajmiy – joylashtirish yechimlarining maqbul variantlari hamda montaj qilishning oqilona texnologiyasi topilishi kerak. Mehnat sarfining ancha kamaytirilishi va shu bilan montaj qilish muddatlarining qisqartirilishi montaj qilinayotgan elementlar sonini kamaytirish va montaj qilishning yanada mukammal usullarining qo‘llanilishi hisobiga ta’minlanishi mumkin. Montaj qilinuvchi elementlar sonini qisqartirilishiga quyidagi ikki usul bilan erishish mumkin: • oraliqlarni va ustun qadamlarini oshirish, progonsiz yechimlar qabul qilish, prinsipial yangi konstruktiv – joylashtirish yechimlarini qo‘llanishi bilan; • konstruksiyalarni ko‘targunga qadar va loyihadagi holatga o‘rnatguncha ularni yerda yiriklashtirish bilan. Shunday qilib, bunday xulosa chiqarish mumkinki, montaj qilishning ikkita prinsipial har xil usuli bo‘lishi mumkin: elementlab, bunda har bir konstruktiv elementni loyihadagi holatga alohida ravishda ko‘tarishadi va o‘rnatishadi, va yirik blokli, bunda konstruktiv elementlar ko‘tarishdan oldin dastlab fazoviy bloklarga yig‘iladi (yiriklashtiriladi). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling