85
kran yordamida montaj qilinadi. Yig‘ilib montaj qilingan elementlar
to‘g‘rilanib, ularning
geometrik holati tekshirilib, ikkita navbatdagi
to‘sinlarning va ular tortqilarining montaj tugunlari payvandlanib,
barcha
tirgaklar va ular orasidagi bog‘lanishlar montaj qilingandan va loyihaviy
mahkamlangandan so‘ng ko‘chirish - gumbaz hosil qilish amalga oshiriladi.
Bu maqsadda vintli domkratlar vaqtinchalik tayanchlarning ichki teleskopik
seksiyalarining boshiga montaj qilinishi kerak.
Yuklanishdan ozod qilingan tayanchlarning ichki seksiyalari kran
yordamida quyi holatga tushiriladi va montaj
qilishga navbatdagi yarim
arklar juftligi tayyorlanayotgan keyingi to‘xtash joyiga ko‘chiriladi.
8.5. Inshootlarni doimiy tayanchlarga ko‘chirish usullari
Tayanchlarga o‘rnatish usuliga bog‘liq holda vertikal ko‘tarish,
burish, surish, dumalatish yo‘li bilan montaj qilish usullari farq qilinadi.
Vertikal ko‘tarib o‘rnatish usuli ko‘tarilayotgan konstruksiya yoki
inshootning massasi montaj mexanizmlarining yuk ko‘tarish qobiliyatidan
ortiq bo‘lmaydigan hollarda qo‘llaniladi. Umuman bu usulning qo‘llanilishi
konstruksiyani yaxlit holda ma’lum bir balandlikka u yoki bu
mexanizmlar
yordamida ko‘tarish va bunday ko‘tarish uchun mexanizmlar va
moslamalarning mavjudligi bilan bog‘lanadi. Ko‘tarilgan konstruksiya
ostiga vaqtincha va doimiy tayanchlarni keltirib qo‘yish
imkoniyati va bu
tayanchlarning bu konstruksiya bilan birgalikda ishlashga darhol kirishib
ketishi qobiliyati muhim holat hisoblanadi. (8.6.-rasm).
Tomyopma bloklarini yengil montaj kranlari yordamida yerda yig‘ib
olib, keyin loyihadagi belgiga ko‘tarish katta ijobiy samara
beradi.
Fazoviy konstruksiyani yig‘ishni o‘rnatish joyida,
binoning chetida yoki
barpo etilayotgan inshootning bevosita yaqinida joylashgan, maxsus
jihozlangan maydonchada amalga oshirish mumkin.
86
Ayrim
bloklarni, butun tomyopmani yoki uning asosiy ko‘taruvchi
qismini loyihaviy holatga o‘rnatish joyi ostida yig‘ish ishi inshoot
ustunlaridan foydalanilgan holda maxsus gidroko‘targichlar yoki
polispastlar bilan amalga oshiriladi. Montaj qilishning bunday usulida
ustunlar bo‘yi baland konsolli bo‘lishi kerak bo‘lib, bu konsollarga
ko‘taruvchi polispastlarning qo‘zg‘almas bloklari osiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: