120
To‘xtash joyi
№ 16. Oraliq to‘xtashida. Hamma maxsus ishlarni
tugallash, elektrjixozlarini montaji va barcha armaturalarni o‘rnatish. Hamma
ishlar bo‘yicha aniqlangan defekt( no‘qson) va kamchiliklarni bartaraf etish.
SHunday qilib 16 ta to‘xtash joyi bo‘lgan konveyerga izlari orasidagi
masofa 840 sm li ikki o‘qli 20
ta arava tayyorlangan edi, shulardan 16 tasi
konveyer to‘xtash joylarida, bittasi №1 to‘xtab –turish joyiga yaqinida,
ikkinchisi qaytish yo‘llarida, ikkita arava – zahirada.
Metall konstruksiyalarini konveyerda yig‘ishda bir smenada o‘rtacha 50
tagacha
montajchilar qatnashadi, ko‘p sonli montaj mexanizmlar parki xizmat
qiladi. Konveyer majburiy to‘xtab qolishi tufayli ishchilar ko‘p ish vaqtini
yo‘qotib , konveyer ishini ritmi bo‘ziladi. Bu kamchiliklarni stendli
-konveyer
usulida bartaraf qilish mumkin. Tomyopma bloklarini stendda yiriklashtirib
yig‘ish usuli yonma-yon bajariladigan boshqa ishlarga bog‘liq bo‘lmaydi.
Bloklarni stendda yig‘ish konveyer ritmidan oldinda yuradi, ya’ni yig‘ilgan
bloklar konveyer liniyasining boshida to‘planadi.
Konveyrda hamma hamkor
tashkilotlarning ishlari bajarilib blok to‘liq tugallangan holatga olib kelinadi.
Stendlar konveyerdan alohida ishlaydi, ularni sonini talabga qarab ko‘paytirish
yoki kamaytirish mumkin (10.5- rasm ).
10.5-rasm. Stendli-konveyerda tomyopma bloklarini yig‘ish sxemasi:
1- konveyer liniyasini yo‘li; 2 – ko‘ndalang yo‘llar; 3 – asosiy montaj
krani; 4 – yordamchi kran; 5 – tomyopma bloklarini yig‘ish stendlari; 6 – tomyopma
bloklarini yig‘ish joyi; 7 – konstruksiyalar ombori; 8 – chorpoyali kran; 9 – umumqurilish
ishlarini bajarish uchun konveyerdagi to‘xtash joylari.
Konveyer liniyasi qurilish maydonining sharoitiga qarab, qurilayotgan
binoga fasadni bo‘ylamasiga parallel yoki perpendikulyar qilib joylashtirilishi
121
mumkin. Agar sharoit mavjud bo‘lmasa qurilayotgan binoning birorta
korpusining oralig‘iga konveyer
liniyasi joylashtirilib , unga xizmat oldin
montaj qilingan ko‘prik kran bilan amalga oshiriladi. Tayyor tomyopma bloklari
bilan birinchi bo‘lib usha oraliq yopiladi va u bloklardagi tomyopma, oynalash
va bo‘yoqlash ishlari bajarilishi uchun sharoit yaratiladi.