118
•
konveyer bo‘ylab bloklarni tashishda va loyixaviy holatiga o‘rnatishda
maxsus asbob-uskunalar qo‘llanilishi;
•
bloklarni tayyorlashda kompleks ishlarni ya’ni montaj umumqurilish
ishlari va maxsus ishlarni alohida sakllarga ajratish;
•
texnologik
quvurlar, uskunalarni, , ventilyatsiya shaxtalari, havo
o‘tkazgichlar va ularni qutilari, ichki suv tarnov quvurlarini
montaj qilish va
elektrotexnik uskunalarni mahkamlash ishlarni maxsus ishlar sifatida bajarilishi.
Bloklarni konveyerda yig‘ishning afzalligi:
•
ish joylarini ixtisoslashtirilganligi, ishlarni murakkab va oddiy
operatsiyalarga bo‘linishi hisobiga mehnat unumdorligini ahamiyatli o‘sishi;
•
ishlarni ritmli( maromli) va oqimli –uzluksiz ravishda bo‘lishi;
•
qurilish montaj ishlarining maksimal mexanizatsiyalashganligi;
•
bloklarni bir to‘xtash joyidan boshqa to‘xtash joyiga maxsus konveyer
aravachasida siljitilishi.
Bloklarni konstruktiv yechimiga, texnologik jihozlar ko‘pligiga, to‘xtash
joylarida bajarilayotgan jarayolarni taqsimlanishiga qarab oraliq to‘xtash
joylari 7 dan 16 ta gacha bo‘lishi mumkin.
Konveyerda ishlar siklini alohida uchastkalar va to‘xtash
joylarida
taqsimlanishning asosiy prinsiplari:
•
bitta to‘xtash joyidagi maksimal ishchilar soni 10 ta;
•
bajarilayotgan ishlarning bir turliligi;
•
bir oraliq to‘xtash joyida belgilangan ishlarni konveyer xarakatlanishi
davomida 2, 3 yoki 4 soat ichida bajarilish imkoniyati.
Do'stlaringiz bilan baham: