N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi darslik


-rasm. Ob’yekt qurilish bosh plani


Download 359.27 Kb.
bet13/80
Sana10.11.2023
Hajmi359.27 Kb.
#1762505
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   80
Bog'liq
Toshkent arxitektura qurilish instituti-fayllar.org

3.1-rasm. Ob’yekt qurilish bosh plani. 
13 — minorali kran; 14 — kran osti yo‘llari – kranning rels yo‘li to‘siqlar bilan; 
15— konstruksiyalarni joylashtirish maydonchasi; 16 — qurilish mashinalari va 
mexanizmlari to‘xtab turishi uchun maydoncha; 17 — vaqtinchalik avtomobil yo‘llari; 
18 — vaqtinchalik devor, ikkita darvoza va o‘tish joyi bilan; 19 — qurilayotgan bino; 
20 — vaqtinchalik transformator podstantsiyasi; 21 — vaqtinchalik va doimiy 
kommunikatsiyalarni kiritish o‘rni va tarmoqlari; 22 — yoritish machtalari; 
23 — avtomobillarni yuvish zonasi; 24 — montaj ko‘targichlari; 25 — axlat konteynerlari 
maydonchasi; 26 — bino asosiy o‘qlarini mahkamlangan belgi (nishon)lari. 


27


Qurilish bosh planini loyihalashning asosiy qoidalari: 
1. Qurilish bosh planida qabul qilingan qarorlar bosh plan va QTEL
(IBL)ning bo‘limlari bilan muvofiqlashtirilgan bo‘lishi kerak.
2. Qabul qilingan belgilashlar amaldagi normativ hujjatlarga mos kelishi
kerak.
3. Qurilish bosh planining barcha ob’yektlari qurilish uchun ajratilgan
maydonda oqilona joylashtirilgan bo‘lishi kerak.
4. Yuk va inson oqimlarini oqilona tashkil etish mo‘ljallangan bo‘lishi
kerak;
5. Vaqtinchalik bino va qurilmalar qurilishga mo‘ljallanmagan
territoriyada joylashtiriladi va ular qurilish tugaguniga qadar turadi.
6. Vaqtinchalik qurilish hajmi doimiy binolar, yo‘llar va yer osti
komunikatsiyalaridan foydalanish hisobiga minimal bo‘lishi kerak.
7. Vaqtinchalik binolar uchun yig‘iladigan va bo‘laklarga ajratiladigan
inventar ko‘chma vagoncha va konteynerlardan foydalanish kerak.
8. Yig‘ma konstruksiyalar va ko‘p foydalaniladigan materiallar uchun
omborlarni ular ko‘p ishlatiladigan joyga yaqin joylashtirish kerak.
9. Kranlarni joylashtirilishi barcha qurilish montaj ishlarini qabul
qilingan texnologiya asosida va qurilish grafigiga amal qilgan holda bajarilishini
kafolatlashi kerak.
10. Ob’yekt qoshidagi omborlar kranlar ishlaydigan zonada va
bevosita yo‘lga yaqin bo‘lishi lozim.
11. Begonalar kirmasligi uchun qurilish maydoni to‘silgan bo‘lishi kerak.
12. Sanitar va ekologik normalarga amal qilgan holda, ishlarni xavfsiz va
zararsiz bajarilishini ta’minlash zarur.
13. Yong‘inga qarshi xavfsizlik, yo‘llar, yo‘lkalar, va ish joylarini yoritish
kafolatlangan bo‘lishi kerak.


28



Download 359.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling