N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi darslik
Download 359.27 Kb.
|
Toshkent arxitektura qurilish instituti-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Parallel usulda
Ketma-ket usulda alohida binoni barpo etishda ishchilar brigadasi har
bir keyingi ishni oldingi ish to‘gagandan so‘ng boshlaydi. Demak, bino qurilishining umumiy davomiyligi alohida ishlar bajarilish davomiyliklarining yig‘indisidan iborat, ya’ni bu holatda ob’yektdagi ishlarni bajarish uchun kam miqdordagi ishchilar yetarlidir. Bir tipdagi binolar ketma-ket qurilganda, ya’ni har bir keyingi bino oldingisi qurilgandan so‘ng boshlansa, binolarni qurayotgan yagona brigada ketma-ket qurilgan binodan yangi qurilishi boshlangan binoga o‘tadi. Bu usulda, binolar kompleksi (majmuasi)ning umumiy qurilish davomiyligi bir bino qurilishi davomiyligini binolar sonini ko‘paytmasiga teng bo‘ladi, ammo bu holatda, bir bino qurilishidagidek o‘zoq vaqt bir yerda harakatda bo‘lganiga nisbatan kam ishchilar soni kerak bo‘ladi . Parallel usulda bir paytning o‘zida alohida binoda turli ishlar bajariladi yoki bir tipli binolar bir paytda barpo etiladi. Har bir ko‘rilayotgan ob’yektda mustaqil ish yuritadigan brigada ishlaydi. Ideal holatda brigadalar bir paytda ishni boshlab va bir paytda binolarni barpo etishni to‘gatadilar. Parallel usulda, alohida binoni barpo etish muddati jami ishlarni bajarish muddatiga teng, ammo bu usulda bir paytda ishlaydigan ishchilarga bo‘lgan talab m martaga (shu turdagi ishlar va ishchilar brigadasi soni) oshadi. Bir xil tipdagi binolar kompleksini parallel usulda barpo etganda, inson resurslarini jalb etish va qurilish muddati yuqorida keltirilgan sxemaga o‘xshash bo‘ladi. Qurilishning oqim usuli o‘zida ketma-ket va parallel usullarining yutuqlarini aks ettirib ularning kamchiliklarini bartaraf etadi. Bu usulda qurilishni umumiy davomiyligi ketma-ket usuldagidan ancha kam, shuningdek, ishchilardan foydalanish intensivligi parallel usuldagidan kamroq. Ko‘rsatilgan qurilish usullarni beshta bir xil binolar qurilishi misolida kerakli hisoblar va diagrammalar yordamida namoyish etamiz. Bir binoga sarf bo‘ladigan mehnat xarajati q = 300 odam-kun, brigada n = 10 odam sonidan 20
iborat, binoni qurilish davomiyligi (bir qamrovdagi ishlar) t= 30 ish kuni, N ‒ ishchilar soniga bo‘lgan kundalik maksimal talab. 2.1-rasmda binolarni ketma-ketlik usulida barpo etishni kalendar grafigi berilgan. Ishlarni bajarish davomiyligi T= mt = 5 • 30 = 150 kun. Inson resurslari (ishchilarga bo‘lgan talab) p = N (har kuni 10 odam). Umumiy mehnat sarfi Q = Tp = 150 • 10 = 1500 odam-kun. Binolarni parallel usulda barpo etish 2.2-rasmda keltirilgan. Ishlarni umumiy bajarish davomiyligi T = t =30 kun. Ishchilarga bo‘lgan talab N = mn = 5 • 10 = 50 odam (ishchi ) bir kunda. Umumiy mehnat sarfi o‘zgarmaydi Q = NT= 50 • 30 = 1500 odam- kun. Ishlarni oqim usulida bajarishning o‘ziga xos tomoni qurilish ishlari va ularning kompleks (majmua)larini bosqichlarga yanada kichikroq tashkil etuvchilarga bo‘lishdir. Qamrovlar Ishlarning davomiyligi (vaqt), kunlarda 10 20 30 40 50 60 70 80 90 100 110 120 130 140 150 1 2 3 4 5 2.1-rasm. Binolarni ketma-ket usulda barpo etishning kalendar grafigi Qamrovlar Ishlarning davomiyligi (vaqt), kunlarda 10
30 1 2 3 4 5 2.2-rasm. Binolarni qamrovlarda parallel usulda barpo etishning kalendar grafigi. 21
Qamrovlar Ishlarning davomiyligi (vaqt), kunlarda 9
27 36 45 54 63 1 2 3 4 5 2.3-rasm. Binolarni qamrovlarda oqim usulida barpo etishning kalendar grafigi. Bino qurilishini boshlagan hamma brigada a’zolarini kerakli qurilish kasblarini mukammal o‘zlashtirgan, yer ishlaridan boshlab binoni pardozlash ishlariga qadar barcha ishlarni sifatli bajaradi deb tasavvur qilish qiyin. Shu boisdan, qurilish ishlarini ketma-ket bajariladigan uch siklga bo‘lish ma’quldir: binoni yer osti qismini barpo etish − yer ishlari, poydevorlarni va yerto‘lani qurish, gidroizolyatsiya va boshqa ishlarni bajarish; yer usti qismini barpo etish – ichki devorlar bilan birgalikda binoni karkasi, pardevorlar, deraza va eshiklarni o‘rnatishdagi bo‘shliqlarini to‘ldirish hamda maxsus ishlarni bajarish va oxirgi sikl − binoning ichkari va tashqarisini pardozlash. Shartli ravishda qabul qilgan holda, har bir sikldagi ishlarni bajarishda mustaqil, ixtisoslashtirilgan, yuqori malakali 10 odamdan iborat bo‘lgan brigada ishlaydi va ular har bir binoda o‘zining ishini 9 kunda bajaradi. Ishlarni oqim usulida olib borishning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ixtisoslashtirilgan brigada bir binoda o‘z siklini to‘gatib ikkinchi binoga o‘tadi va o‘z o‘rnini keyingi sikl ishlarini bajaruvchi brigadaga bo‘shatib beradi (2.3-rasm). Shuningdek, ketma- ket ravishda ikkinchi brigada birinchi ob’yektdan ikkinchi ob’yektga ( bir qamrovdan ikkinchi qamrovga) ko‘chadi. SHunga o‘xshash uchinchi brigada ishlaydi, agar sakllar soni ko‘p bo‘lsa , u holatda to‘rtinchi va hokazo. Bu yerda ixtisoslashgan va tajribaga ega har bir brigada o‘zining ishini 10 kunda emas 9 kunda bajaradi. 22
Ishchilar soni, odam Ishlarning davomiyligi (vaqt), kunlarda 9
27 36 45 54 63 72 81 30 20
10 2.4-rasm. Ishlarni oqim usulida ishchi kuchi harakati grafigi. Har bir vaqt intervalida ishlaydigan ishchilar soni 2.4-rasmda keltirilgan.
9
27 36 45 54 63 Yer osti qismi Yer usti qismi Binoni pardozlash 2.5-rasm. Ishlarni oqim usulida bajariladigan ish turlari bo‘yicha kalendar grafigi. Ishlarni oqim usulida bajariladigan ish turlari bo‘yicha kalendar grafigi
|
ma'muriyatiga murojaat qiling