N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi darslik
–rasm. To‘sinsiz orayopmali bino karkasini montajining texnologik
Download 359.27 Kb.
|
Toshkent arxitektura qurilish instituti-fayllar.org
11.5 –rasm. To‘sinsiz orayopmali bino karkasini montajining texnologik
ketma-ketligi: a – ustunlarni o‘rnatish; b – kapitellarni o‘rnatish; v – ustunlar oralig‘idagi va oraliq plitalarni o‘rnatish; g – konstruksiyalarni montaj qilish zonasi. 148
Kapitellarni montaj qilish, poydevor va ustun tutashuv joylaridagi beton yozda 70%, qishda 100% loyihaviy mutahkamlikka erishgandan so‘ng boshlanadi. Kapitellarni o‘rnatishdan oldin ustunni ikkala tomonidan (balandligi 4,8m gacha) ko‘chirma montaj maydonchalari o‘rnatiladi yoki qavatni balandligi katta bo‘lsa tayanib turadigan maydonchali narvonlar qo‘yib chiqiladi. Keyin kapitel to‘rt tarmoqlik stroplarga ilinadi, unga ikkita arqonli tortqilar ulanadi va kapitel kran bilan montaj qilish joyiga uzatiladi. Kapitel ustunni ustki tomonida 20…30sm balandlikda ushlab turilib kerakli joyga arqon tortqilar yordamida yo‘naltiriladi va to‘g‘rilanib konsolga tegmaydigan qilib tushiriladi. Keyinchalik kapitel ustun konsoliga chizilgan reja o‘qlar bo‘yicha yo‘naltirilib to‘g‘rilanib pastga tushiriladi va ilmoqlar bo‘shatiladi. Vaterpas(shayton, obtarozi) yoki nivelir yordamida kapitelni holati gorizontal bo‘ylab tekshiriladi. Loyihaviy holatga keltirilgandan keyin kapitel va ustun konsollari tutashuv joylari payvandlanadi, qo‘shimcha ravishda kapitelni va ustunni bog‘lovchi to‘rtta armaturali qoplama qo‘yib payvandlanadi. Ustun ustidagi plitalarni o‘rnatishni, kapitelga chiqib, o‘q belgilarini kapitelga va plitalarga chizish va kerakli holatda armaturalarni chiqib turgan qismlarini to‘g‘rilab chiqish uchun narvon o‘rnatilishdan boshlanadi. Ustun ustidagi plitalar to‘rt ilmoqli strop bilan ilinadi va kapitel ustiga tayanish yuzasi uzunligini ta’minlagan holda o‘rnatiladi. Keyin ilmoqlar ustun ustidagi plitalardan bo‘shatiladi va armaturalarni chiqib turgan qismlari payvandlanadi. Xudi shunday boshqa ustun ustidagi plitalar montaj zonasi chegarasida o‘rnatiladi. Oraliq plitalarni montaji barcha ustun tepasidagi orayopma plitalar montaj zonasida o‘rnatilib bo‘lingandan va ularning tutashuvlari payvandlangandan keyin boshlanadi. Oraliq plitalarni ham to‘rt tarmoqli ilmoqlar bilan (strop bilan) ilintirib, oraliq va ustun ustidagi plitalar orasidagi tirqishlar bir xil bo‘lishini ta’minlagan holda ustun ustidagi plitalarni qo‘yma 149
detalini ustiga qo‘yiladi. Ilmoqlar bo‘shatilib tutashayotgan plitalarni armaturalarini chiqqan qismlari payvandlanadi. Ikkinchi qavat konstruksiyalar montajini tutashuv joylari va choklarni beton bilan yaxlitlamasdan oldin ham boshlash mumkin. Ikkinchi qavat ustunlari pastki ustunning bosh ustiga qo‘yilib vaqtinchalik tirgovichlar bilan mahkamlanadi. Ustunlarni bir-biriga tutashish joylari bunda payvandlash va ishlov berish qulay bo‘lishi uchun orayopmadan 0,5…1m balandlikda joylashtiriladi,. Payvandlash ishlari tugagach va kerakli nazoratdan o‘tkazilgandan so‘ng , tutashuv joylari yaxlitlanadi. Kerak bo‘lgan holda oldindan ustunlarni bosh qismini va montaj gorizonti belgilarni ijro geodezik s’emka (tasvir) asosida aniqlanishiga qarab pastda to‘rgan ustunlarga kerakli qalinlikdagi plastinkalar payvandlanadi.Keyin tayanch balkalari o‘rnatilib mahkamlanadi, ustun ilintirilib, o‘rnatish joyiga o‘zatiladi, pastda to‘rgan ustunni boshiga to‘shiriladi. Chizilgan chiziqlar birlashtiriladi, podkoslarni uchlari tayanch to‘sinlarga mahkamlanadi va ustunlarni vertikalligi (tikligi) podkoslar yordamida to‘g‘rilanadi. To‘g‘rilangandan so‘ng ustunni osti rixtalangan plastinkaga payvandlanadi va ustun ilmoqdan bo‘shatiladi. Ikkinchi qavatni qolgan konstruktiv elementlari, xuddi birinchi qavatni elementlari kabi montaj qilinadi. To‘rtta ustunga mo‘ljallangan guruhli konduktorlar qo‘llanilganda ustunlar konduktorda plan va vertikal bo‘ylab to‘g‘rilanadi. (11.6-rasm). O‘q belgi-chiziqlari bo‘yicha to‘g‘rilangan ustunni pastda turgan ustunni bosh qismiga qo‘yma qismlari bilan payvandlanadi va kontur bo‘ylab tutashuv joylari beton bilan yaxlitlanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling