N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi darslik
–rasm. Ko‘p qavatli binolarni ustunlari uchun yakkali konduktor
Download 359.27 Kb.
|
Toshkent arxitektura qurilish instituti-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.4. Guruhli konduktorlar qo‘llanilganda konstruksiyalar montaji
- 11.2- rasm. To‘rtta ustun uchun guruhli konduktor
11.1 –rasm. Ko‘p qavatli binolarni ustunlari uchun yakkali konduktor:
1 – montaj qilinayotgan ustun; 2 – konduktorni ugolokli poyasi; 3 – ustunlarni tutashuv joyi choki; 4 – pastdagi ustun; 5 – yakkali konduktor; 6 – qavatlararo yopma plitasi; 7 – ustunlarni o‘rnatish va to‘g‘rilash uchun rostlovchi vintlar. Birinchi qavat yarusidagi montaj tugatilib, hamma elementlar payvandlanib bo‘lgandan keyin usha yarusning ikkinchi qavat elementlarini montaj qilishga kirishiladi. 11.4. Guruhli konduktorlar qo‘llanilganda konstruksiyalar montaji Guruhli konduktorlar mavjud bo‘lganda montaj kompleks sxema bo‘yicha bajariladi (11.2-rasm). Har bir yacheykada karkasning barcha elementlari ketma-ket o‘rnatilib, to‘g‘rilanib va mahkamlanib bo‘lgach konduktorlar keyingi turib-to‘xtash joyiga o‘tkaziladi. 140
11.2- rasm. To‘rtta ustun uchun guruhli konduktor: 1 – orayopmalar; 2, 3 – konduktor xomutlari; 4, 7 – ustunlar; 5 – konduktor; 6 – ehtiyotlik to‘sig‘i; 8 – pastki ustunning kallagi (boshi); 9 – ishchilar uchun to‘shama. Ustunlarni o‘rnatilgandan so‘ng xomutlar bilan mahkamlanib, oldin nuqtaviy payvandlanadi, rigellar o‘rnatilib ularni ustun bilan tutashuvlari payvandlanadi, tirgovich plitalar o‘rnatilib rigelning qo‘yma detallari bilan payvandlanadi, ustunlarni balandligi bo‘yicha tutashuv joylari payvandlanadi, asosiy orayopma plitalar o‘rnatiladi va payvandlanadi (konduktorsiz yacheykada). Bu ishlarni hammasini guruhli konduktorni to‘shamasidan turib bajariladi. Ko‘p qavatli ustunlarni vaqtinchalik mahkamlash va to‘g‘rilash uchun eng oddiy uskuna sifatida tirgak (podkos) va qisqich (strubnitsa) lardan iborat bo‘lgan konstruksiya asosida xomutlar bilan sharnirli bog‘langan yotiq- bog‘lovchi sistema xizmat qiladi. O‘zaro perpendikulyar tekisliklarda joylashgan bunaqa sistemalar konstruksiyalarni to‘g‘rilashni juda yuqori aniqlikda bajarilishini ta’minlaydi. 141
Ko‘p qavatli binolarni temirbeton konstruksiyalarini montaj qilish uchun tekis va fazoviy konduktorlar ko‘rinishidagi fazoviy konduktor-bog‘lovchili sistemalar qo‘llaniladi. Tekis ramalar ramalar montajida qo‘llaniladi. Qo‘llaniladigan konduktor juda aniq (qat’iy) ravishda loyiha holatiga o‘rnatilib va rama o‘rnatilishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan fazoviy konstruksiyadir. Guruhli konduktorlar karkasda 6x6 m to‘rda joylashgan, uzunligi 18 m gacha bo‘lgan ustunlarni, yig‘ish uchun mo‘ljallangan. U to‘rtta poyadan iborat bo‘lib ular bir-biri bilan to‘rt sathda ferma shaklidagi kamarlar bilan bog‘langan. Konduktor aylanma maydonchalar, shuningdek halqasimon so‘rilarga bilan jihozlangan bo‘lib, ular ikki qavat rigellarini o‘rnatish va payvandlanish ishlarini qulay va xavfsiz bajarilishini ta’minlaydi. Bundan tashqari konduktor poyalarida ikki qator xomutlar mahkamlangan. Pastki va yuqorigi qatorlar o‘rnatiladigan ustunni pasti va yuqorisini to‘g‘rilash va vaqtinchalik mahkamlash uchun xizmat qiladi. Ustunni yuqori qismi taxminan ikkinchi qavatda mahkamlanadi. Konduktorda shuningdek tirgaklar bo‘lib u bilan oldingi montaj qilingan konstruksiyalarga mahkamlash uchun, hamda qisqichlar bo‘lib pardadevorlarni to‘g‘rilash va vaqtincha mahkamlash uchun xizmat qiladi. Konduktorning massasi 5 t atrofida. Bir qavat balandlikka ega ustunlarni tutashuv joylarini oxirgi payvandlangandan keyin, guruhli konduktor orayopma yuzasi bo‘ylab keyingi yacheykaga ko‘chiriladi; qavat chegarasida konduktorni ko‘chirish chig‘ir yordamida bajariladi. Qavatdan-qavatga konduktor yig‘ilgan holatda minorali kran bilan ko‘tarib olib o‘tkaziladi. Agar ustunlar ikki qavatga loyihalangan bo‘lsa, bunda ham montaj guruhli konduktorlar yordamida kompleks sxema bo‘yicha bajariladi. Ishlarni uzluksiz oqimini ta’minlash uchun montaj uskunalari komplekti to‘rtta guruhli konduktordan iborat bo‘lishi kerak. Bu holatda konstruksiyalarni o‘rnatish tartibi RSHI qo‘llanilganidek. Guruhli konduktorlarni qo‘llab karkasni montaj qilish quyidagi ketma-ketlikda: kran yordamida konduktor montaj 142
qilinayotgan qavat orayopmasiga ustiga qo‘yiladi, yog‘och qistirmalarga o‘rnatilib, oldingi o‘rnatilgan konstruksiyalarga har birini oxirida ilgak va muftalarga ega to‘rtta tirgovich-tortqilar bilan mahkamlanadi. Ustunlar stakan poydevorlarga o‘rnatilganda, konduktorlar poydevorlarning montaj ilmog‘iga, agar orayopma ustiga o‘rnatilganda rigellarni montaj ilmog‘iga mahkamlanadi. Ustunlarni o‘rnatishdan avval ishchi maydonchalarni ish holatiga burib va pastki va yuqori xomutlar bilan birgalikda mahkamlab qotiriladi. Ustunni kran bilan pastdagi montaj qilish zonasiga uzatiladi, konduktorning ochiq xomutlari orasiga kirgiziladi, pastki ustunni ustiga yoki stakan poydevoriga tushiradilar va keyin xomutlar yopiladi. Ustun xomutning vintli qisqichlari bilan vaqtincha mahkamlanib, ilgaklardan bo‘shatiladi. Uni to‘g‘rilash ikki o‘zaro perpedikulyar o‘qlarda joylashgan teodolit yordamida bajariladi. Ustunlarni holati to‘g‘rilash jarayonida xomutdagi vintlar yordamida rostlanadi. Yuqori yarus rigel va orayopma plitalarini montaji, montaj qilingan qavatni konstruksiyalaridan, maxsus ko‘chma maydon-narvonlarda joylashgan ishchilar bilan bajariladi. Download 359.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling