N. Bozorboyev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboyev, I. N. Salimova Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi darslik
Download 359.27 Kb.
|
Toshkent arxitektura qurilish instituti-fayllar.org
Kompleks montaj jarayoniga montaj qilish, payvandlash va tutashuv
joylarini bekitish kiradi, faqat shu holatda konstruksiyalarni fazoviy bikirligiga va mustahkamligiga erishish mumkin. SHu sababli ko‘p qavatli sanoat binolarini montaj qilishning o‘ziga xos xususiyati shundaki, payvandlash va barcha tutashuv joylari, choklarni bekitish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish talab qilinadi. SHuning uchun, har bir qamrov chegarasining montaj zonasida bir vaqtning o‘zida vaqtinchalik mahkamlash, o‘rnatilgan konstruksiyalarni no‘qtali payvandlash, unga tutash oldin montaj qilingan yacheykalarda – to‘g‘rilash, elementlarni payvandlash yo‘li bilan to‘liq biriktirilishi, montaj tugunlari va choklarni bekitish ishlarining bajarilishi nazarga olinishi kerak. Ustunni pastki ustunga o‘rnatganda ular orasidagi tutashuv birinchi marta nuqtaviy payvand bilan omonat mahkamlanadi. Rigel va va ustunlar orasidagi tirgovich plitalar o‘rnatilgandan so‘ng, ustunni to‘liq perimetri bo‘ylab oxirgi (eng so‘ngi) payvandlashni bajarish mumkin. Agar bino planda kichik o‘lchamlarga ega bo‘lib, qamrovlarga bo‘lish mumkin bo‘lmasa, montaj bilan birgalikda olib boriladigan ishlar faqat montaj ishlari bajarilmaydigan smenalarda amalga oshiriladi. Bu holatda binoning 4...5 qavat konstruksiyalarini montaji ikki-uch smenada, yuqori qavatlarda − faqat bir-ikki (kechqurungi va tungi) smenalarda, birinchi smenada faqat umumqurilish va maxsus ishlar bajariladi. Binoning balandligi 15m dan baland 137
bo‘lganda ishchilarni va kichik yuklarni ko‘tarish uchun yuk passajir ko‘targichlaridan foydalaniladi. Yig‘ma elementlarni olib kelish va joylashtirish sharoitlariga bog‘liq holda asosan ombordan montaj qilish qo‘llaniladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri transport vositalaridan montaj qilish P, SH yoki N shakldagi zavodda tayyorlangan tekis ramalar qo‘llanilganda amalga oshiriladi. Navbatdagi yarusdagi (qavatdagi) karkas montajini boshlashdan oldin quyidagilar lozim: •
barcha montaj qilingan elementlarining tugunlaridagi payvandlash va yaxlitlash amalga oshirilgan bo‘lishi kerak. •
yuqori qismiga ko‘chirilishi, montaj gorizontini aniqlash va oldin montaj qilingan qavatni karkas elementlarni ijro sxemasini tuzish. Birinchi qavat va keyingi yaruslarni ustunlari uchun yakka turdagi konduktor qo‘llanilganda va ustunlarning balandligi 12m dan baland bo‘lganda tortqi va tirgovichlarni ishlatilishi qo‘shimcha ravishda nazarga olinishi kerak. Download 359.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling