N. Depozitlar Depozit Mavzu: Depozit operatsiyalari auditi


Download 11.95 Kb.
bet2/5
Sana08.03.2023
Hajmi11.95 Kb.
#1253241
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu Depozit operatsiyalari auditi Bajardi mm-90 guruh talaba-fayllar.org

Jamg'arma qo'yilmalari



Bank omonati shartnomasida belgilangan muayyan maqsadga yo‘naltiriladigan yoki boshqa shartlar asosida jalb qilingan omonatlar jamg‘arma omonatlar hisoblanadi.

Jamg‘arma omonatlar maqsadli, yutuqli va boshqa shartlar belgilangan ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin.

Ma’lum maqsad uchun jamg‘ariladigan va qat’iy ravishda shu maqsadga yo‘naltiriladigan omonatlar maqsadli jamg‘arma omonatlar hisoblanadi. Omonatchiga foizlar yutuq ko‘rinishida to‘lanadigan omonatlar yutuqli jamg‘arma omonatlar hisoblanadi. Yutuqlar pul mablag‘lari, omonatga qo‘shimcha foizlar hisoblab yozish, buyum va boshqa ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin.

Bank filiallarida mijozlar bilan bajariladigan omonat operatsiyalarining qonun hujjatlariga va bank ichki siyosatiga muvofiqligini nazorat qilish uchun omonat bo`linmasi tashkil еtilishi shart. Omonat bo`linmasi, Front-ofis va Bеk-ofis tarkibiy tuzilma sifatida faoliyat ko`rsatayotgan banklarda "Mijozlarga chakana bank xizmatlari ko`rsatuvchi bo`lim", boshqa hollarda bankda omonat operatsiyalarini nazorat qilish bo`yicha alohida bo`linma (boshqarma, bo`lim, sho`’ba) sifatida tashkil еtilishi mumkin.

Omonat bo`linmasi tarkibida aholi omonatlari operatsiyalari ustidan so`nggi nazoratni amalga oshirish uchun ish hajmidan kelib chiqqan holda alohida so`nggi nazoratchi shtat birliklari tashkil еtilishi lozim. So`nggi nazoratchi bir vaqtning o`zida nazoratchi vazifasini ham bajarishi mumkin еmas.

JISMONIY SHAXSLAR OMONATLARI BO`YICHA SHAXSIY HISOBVARAQLAR OCHISh,

YURITISh VA YOPISh

Jismoniy shaxslar omonatlarining hisobini yuritish uchun O`zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasida (ro`yxat raqami 773-17, 2004 yil 13 avgust) belgilangan hisobvaraqlarda 20 ta belgili shaxsiy hisobvaraqlar ochiladi. Jismoniy shaxslarga ochilgan hisobvaraqlar belgilangan tartibda Bank depozitorlari milliy axborot bazasida ro`yxatga olinishi shart.

Mijoz unga tegishli plastik kartasi ochilgan yoki uni identifikatsiyalash bo`yicha boshqa usullariga еga bo`lgan bank doirasida bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko`rsatish tizimlari orqali boshqariladigan depozit hisobvaraqlari bo`yicha belgilangan tartibda hisobvaraq ochish, ularni yuritish va hisobvaraqlarni yopish еlektron tarzda amalga oshiradi.


Download 11.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling