Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida


Download 278 Kb.
bet1/8
Sana19.06.2023
Hajmi278 Kb.
#1624779
  1   2   3   4   5   6   7   8

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
SIRTQI” FAKULTET

Bank ishi” yo’nalishi SBI 55 guruh talabasi


Sodirbekov Numonjon Sodirjonovich

MAVZU: “Mijozlarga hisobvaraq ochish, yopish va qayta rasmiylashtirish tartibi.” mavzusidagi

KURS ISHI

Tekshirdi: __________________________

TOSHKENT 2023

Mavzu: Mijozlarga hisobvaraq ochish, yopish va qayta rasmiylashtirish tartibi.
Reja:
KIRISH
1. Banklarda ochiladigan hisobvaraqlarning turlari.
2. Mijozlarga hisobvaraq ochish tartibi.
3. Mijozlarning hisobvaraqlarini yuritish tartibi.
4. Hisobvaraqlarni qayta rasmiylashtirish, boshqa bankka o’tkazish va yopish tartibi, qayta rasmiylashtirish, boshqa bankka o’tkazish va yopish tartibi.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida quyidagi yettita ustuvor yo‘nalish nazarda tutilgan:
birinchi ustuvor yo‘nalish – inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;
ikkinchi ustuvor yo‘nalish – mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish;
uchinchi ustuvor yo‘nalish – milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, uning o‘sish sur’atlarini zamon talablari darajasida ta’minlash;
to‘rtinchi ustuvor yo‘nalish – adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish;
beshinchi ustuvor yo‘nalish – ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash, ushbu sohani tubdan isloh etish va yangi bosqichga olib chiqish;
oltinchi ustuvor yo‘nalish – umumbashariy muammolarga milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda yechim topish;
yettinchi ustuvor yo‘nalish – mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq va pragmatik, faol tashqi siyosat olib borish.
Iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash orqali kelgusi besh yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni — 1,6 baravar va 2030-yilga borib aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadni 4 ming AQSh dollaridan oshirish hamda “daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar” qatoriga kirish uchun zamin yaratish.
Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va yillik inflatsiya darajasini 2023-yilgacha bosqichma-bosqich 5 foizgacha pasaytirish.
Davlat budjeti taqchilligini qisqartirish va 2023-yildan yalpi ichki mahsulotga nisbatan uning 3 foizdan oshib ketmasligini ta’minlash.
Har bir tuman budjetining kamida 5 foizini “Fuqarolar budjeti” dasturi doirasida aholining takliflari asosida eng dolzarb muammolarni yechishga sarflashni tashkil qilish.
Davlat qarzini boshqarishda yiliga yangi jalb qilingan tashqi qarz miqdori 4,5 milliard AQSh dollaridan oshib ketmasligini ta’minlash.
Raqamli iqtisodiyotni asosiy “drayver” sohaga aylantirib, uning hajmini kamida 2,5 baravar oshirishga qaratilgan ishlarni olib borish.
Raqamli infratuzilmani yanada rivojlantirish orqali barcha aholi maskanlarini va ijtimoiy obyektlarni hamda magistral avtomobil yo‘llarini keng polosali ulanish tarmoqlari bilan qamrab olish.
Iqtisodiyotning real sektorida hamda moliya va bank sohalarida ishlab chiqarish va operatsion jarayonlarni raqamlashtirish darajasini 2026-yil yakuniga qadar 70 foizgacha oshirish.
Dasturiy mahsulotlar industriyasi hajmini 5 baravar, ularning eksportini esa 10 baravar oshirib, 500 million AQSh dollariga yetkazish.
Mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash va uning jozibadorligini oshirish, kelgusi besh yilda 120 milliard AQSh dollari, jumladan 70 milliard dollar xorijiy investitsiyalarni jalb etish choralarini ko‘rish.
Investitsiyalardan samarali foydalanish hamda eksport hajmlarini oshirish bo‘yicha, “pastdan-yuqoriga” tamoyili asosida, yangi tizimni yo‘lga qo‘yish.
2026-yilgacha Xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish strategiyasini amalga oshirish.
Davlat-xususiy sheriklik asosida energetika, transport, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ekologiya, kommunal xizmatlar, suv xo‘jaligi va boshqa sohalarga 14 milliard AQSh dollarga teng investitsiya jalb etish.
Respublika hududlari va xorijiy mamlakatlar biznes vakillari o‘rtasida tashqi iqtisodiy aloqalarni o‘rnatish, jumladan Sirdaryo viloyatining Xitoy Xalq Respublikasi, Surxondaryo viloyatining Rossiya Federatsiyasi hamda Jizzax viloyatining Hindiston biznes doiralari bilan investitsiya va tashqi savdo aloqalarini rivojlantirish.
Surxondaryo viloyatida “Investorlarga ko‘mak markazi”, Navoiy viloyatida Navoiy kon-metallurgiya kombinati tomonidan “Biznesga ko‘maklashish markazi” va Toshkent shahrida “Ilg‘or loyihalar va injiniring markazi” va har bir tumanda “Innovatsiya va texnologiya markazlari” tashkil qilib, tadbirkorlarga amaliy yordam ko‘rsatish.
Toshkent shahrida har yili “Toshkent xalqaro investitsiya forumi”ni o‘tkazib borish.
Iqtisodiyotda moliyaviy resurslarni ko‘paytirish maqsadida, kelgusi 5 yilda fond bozori aylanmasini 200 million AQSh dollaridan 7 milliard AQSh dollariga yetkazish.
Mamlakatimizda kapital harakatini bosqichma-bosqich erkinlashtirish hamda yirik korxonalarni va ulardagi ulushlarni (aksiyalarni), shu jumladan fond birjasi orqali xususiylashtirish.
Davlat ulushiga ega tijorat banklarida transformatsiya jarayonlarini yakunlab, 2026-yil yakuniga qadar bank aktivlarida xususiy sektor ulushini 60 foizgacha yetkazish.
O‘zbekiston Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartirishlar mamlakat bosh qonunining barcha bo‘limlariga bir qator yangi qoidalarni kiritmoqda. «Kursiv» asosiy o’zgarishlarni tahlil qildi.
Konstitutsiyaning avvalgi tahririda O‘zbekiston «suveren demokratik respublika» deb ta’riflangan edi. Endi bunga «huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat» tushunchalari qo‘shildi.
Davlat ramzlari (bayroq, gerb, madhiya) hukumat organlari himoyasiga olinadi.
O‘zgartirishlar jahon huquqining umume’tirof etilgan tamoyil va normalarini O‘zbekiston huquq tizimiga kiritishni nazarda tutadi. Agar respublika tomonidan tuzilgan xalqaro shartnoma mahalliy qonun hujjatlariga zid bo’lsa, u holda shartnoma qoidalari qo’llaniladi.
O‘zbekiston rahbarlik qilishni rejalashtirayotgan tashqi siyosat tamoyillariga «hududiy yaxlitlik» va «nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish» qo‘shildi.
Konstitutsiyaning yangi tahririga ko‘ra, davlat mamlakatda qulay investitsion muhitni ta’minlaydi.
Mamlakat hududida iqtisodiy makonning birligi, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaning erkin harakatlanishi kafolati belgilandi.
Monopolistik faoliyat qonun bilan tartibga solinadi va cheklanadi.
Konstitutsiyaning yangi tahririda soʻm Oʻzbekistonning pul birligi sifatida belgilanadi. U mamlakatdagi «yagona cheklanmagan qonuniy to’lov vositasi»ga aylanadi. Faqatgina Markaziy bank valyuta kirgizishi va muomaladan chiqarishi mumkin.
Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 8-fevralda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3420]
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili va O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
4. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur qaror 2023-yil 1-maydan kuchga kiradi.
Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma
Ushbu Yo‘riqnoma banklar tomonidan rezident va norezident yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmagan holda amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar (bundan buyon matnda yakka tartibdagi tadbirkor deb yuritiladi), dehqon xo‘jaliklari, yuridik shaxslarning vakolatxonalari va filiallariga bank hisobvaraqlarini ochish, ularni yuritish hamda yopish tartibini belgilaydi.
Ushbu Yo‘riqnomada quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
bank hisobvarag‘i — bank tomonidan shartnomaga muvofiq mijozga ochilgan hisobvaraq bo‘lib, unga ko‘ra bank mijozning hisobvarag‘iga tushayotgan pul mablag‘larini qabul qilish va hisobga kiritish, mijozning hisobvarag‘idan tegishli pul mablag‘larini o‘tkazish hamda berish va hisobvaraq bo‘yicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirish haqidagi topshiriqlarini bajarish majburiyatini zimmasiga oladi;
talab qilib olinguncha depozit hisobvaraq — mijozlarning birinchi talabi bilanoq beriladigan yoki o‘tkazib beriladigan mablag‘larning hisobi yuritiladigan bank hisobvarag‘i;
jamg‘arma depozit hisobvaraq — bu mijozlarning davriy badallari asosida shakllanib, muayyan maqsadni amalga oshirish uchun jamg‘ariladigan va shu maqsad uchun yo‘naltiriladigan yoxud shartnoma bekor qilinishi natijasida qaytariladigan mablag‘lar hisobi yuritiladigan bank hisobvarag‘i;
muddatli depozit hisobvaraq — shartnomada qat’iy kelishilgan muddatga qo‘yilgan mijozlarning mablag‘lari hisobi yuritiladigan bank hisobvarag‘i;
metall hisobvaraq — banklar tomonidan mijozlarga qimmatbaho metallar bilan operatsiyalarni amalga oshirish va ularni hisobini yuritish uchun ochiladigan hisobvaraq;
vakillik hisobvarag‘i — bankning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) yoki boshqa bankda ochilgan, banklararo to‘lovlarni o‘tkazishga va o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirishga mo‘ljallangan hisobvarag‘i


Download 278 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling