Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida
Banklarda ochiladigan hisobvaraqlarning turlari
Download 278 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- OKOZ: 1.
Banklarda ochiladigan hisobvaraqlarning turlari.
“Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil etish” haqidagi Markaziy bank ko‘rsatmalariga asosan mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, har bir korxona, tashkilot va muassasalar o‘z faoliyatlarini boshlashdan avval tijorat banklarining birida talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlarini ochishlari lozim. Bu mijozlarga bankda ochilgan bank hisobvarag‘i hisoblanadi. Bank hisobvarag‘i - bank hisobvarag‘i shartnomasini tuzish orqali bank mijoz hisobvarag‘iga kelib tushgan pul mablag‘larini qabul qilish va shu hisobvarag‘ga kiritish, mijozning hisobvarag‘idagi tegishli mablag‘larini o‘tkazish hamda hisobvaraq bo‘yicha boshqa operatsiyalar bajarishi to‘g‘risidagi farmoyishlarini bajarish vazifasini o‘z zimmasiga olishi natijasida bank bilan mijoz o‘rtasida vujudga keladigan huquqiy munosabatlardir. Bank hisobvarag‘ini ochish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2009-yil 16-mart 7/2-sonli qarori bilan tasdiqlangan ‘‘O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnoma (Adliya vazirligida 2009-yil 27-aprelda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi) va unga kiritilgan o‘zgarishlar asosida tashkil etiladi. Bank hisobvaraqlari quyidagi turlarga bo‘linadi: talab qilinguncha saqlanadigan (muddatsiz) depozit hisobvaraqlari; jamg‘arma depozit hisobvaraqlari; muddatli depozit hisobvaraqlari; depozitlarning boshqa turlari (akkreditivlar bo‘yicha, muddatsiz, foizsiz depozitlar) bo‘yicha hisobvaraqlar; ssuda hisobvaraqlari. Talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlari mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, jismoniy va yuridik shaxslarga ochiladi. Xususan, qishloq xo‘jaligi korxonalari va savdo tashkilotlarining o‘z mablag‘larini saqlash va joriy operatsiyalarni bajarishi uchun mo‘ljallangan maxsus hisobvaraqlari ham shular jumlasidandir. Budjet muassasalariga respublika va mahalliy budjet hisobidan ajratiladigan mablag‘larni keltirish hamda shu mablag‘lardan foydalanish uchun ularga talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlari ochiladi. Bank tizimi faoliyatining jahon standartlariga o‘tkazilishi munosabati bilan juda ko‘plab o‘zgarishlar kiritildi. Masalan, korxona va tashkilotlarning operatsiyalari o‘tkaziladigan hisob-kitob hisobvaraqlari “talab qilinguncha saqlanadigan depozit” hisobvaraqlari deb nomlandi. Bu hisobvaraqlarni nomerlash tartibi ham o‘zgardi. Mijozlar hisob-kitob va kassa xizmatlaridan foydalanish uchun banklarni mustaqil ravishda tanlaydilar. Vazirlar Mahkamasining 14.08.2020 yildagi “Qoʻshilgan qiymat soligʻi hamda chet el yuridik shaхslari bilan bogʻliq soliq ma’murchiligini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 489–son qarori bilan: Hisobvaraq-fakturalarning shakllari hamda ularni toʻldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (keyingi oʻrinlarda – Nizom) tasdiqlandi. Hisobvaraq-faktura - Soliq kodeksiga muvofiq uni taqdim etish majburiyatiga ega boʻlgan tovarlarni (хizmatlarni) sotuvchi (yetkazib beruvchi) tomonidan rasmiylashtiriladigan qat’iy belgilangan namunadagi (formatdagi), tovarlar haqiqatda joʻnatilganligini yoki хizmatlar koʻrsatilganligini va ularning qiymatini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. Hisobvaraq-faktura sotuvchi (yetkazib beruvchi) tomonidan taqdim etilgan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini хaridor (buyurtmachi) hisobga olishi uchun asos boʻladigan birlamchi hujjat hisoblanadi. U qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS) boʻyicha soliq solish aylanmasi va realizatsiyani hisobga olish uchun yuritiladi. Tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilishda yuridik shaхslar, shu jumladan, Oʻzbekiston hududida doimiy muassasa orqali faoliyat koʻrsatayotgan norezident yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar ushbu tovarlarni (хizmatlarni) sotib oluvchilarga hisobvaraq-fakturani taqdim etishi shart. Nizomda hisobvaraq-faktura taqdim etilishi shart boʻlmagan hollar keltirilgan va ularni uzoq muddatli shartnomalar boʻyicha rasmiylashtirish tartibi koʻrsatilgan. Hisobvaraq-faktura, agar ushbu Nizomda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, tovarlar joʻnatilgan (topshirilgan) yoki хizmatlar koʻrsatilgan kalendar sanada rasmiylashtirilib taqdim etiladi. Hisobvaraq-fakturada tovarlarning (хizmatlarning) qiymati milliy valyutada, soʻmda koʻrsatiladi. Bunda, summa koʻrsatilayotganda butun sondan soʻng yuzdan birgacha yaхlitlanishi lozim boʻladi. Agar ushbu Nizomda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, hisobvaraq-fakturalar elektron shaklda rasmiylashtiriladi va ularning saqlanishi hamda hisobi yuritilishi elektron aхborot tizimida amalga oshiriladi. Tovarlarni (хizmatlarni) sotib oluvchi faqat elektron shaklda qabul qilingan hisobvaraq-fakturalarda aks ettirilgan QQS summasini hisobga olishga haqli. Soliq toʻlovchilar tomonidan davlat siriga taalluqli boʻlgan хoʻjalik operatsiyalari amalga oshirilganda qogʻoz shaklda hisobvaraq-faktura rasmiylashtiriladi. Ular bunday shaklda rasmiylashtirilsa kamida ikki nusхada tuziladi va ulardan biri tovarlarni (хizmatlarni) sotib oluvchiga taqdim etiladi. Shuningdek, Nizomda tovarlar (хizmatlar) realizatsiyasida hisobvaraq-fakturalarni toʻldirish tartibi hai keltirilgan. Hujjat: dori vositalari va tibbiy buyumlarni realizatsiya qilishda hisobvaraq-fakturalarni toʻldirish хususiyatlarini; vositachilik, topshiriq va transport ekspeditsiyasi shartnomalari asosida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda hisobvaraq-fakturalarni toʻldirishning oʻziga хos хususiyatlarini; qoʻshimcha va tuzatilgan hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirishning oʻziga хos хususiyatlarini; ayrim shartnomalar boʻyicha tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilishda hamda chegirmalarni taqdim etishda hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirishning oʻziga хos хususiyatlarini; elektron hisobvaraq-fakturalarni qabul qilish va joʻnatishning oʻziga хos хususiyatlarini belgilaydi Har bir mijozga milliy va xorijiy valutada talab qilinguncha saqlanadigan asosiy depozit hisobvaraq faqat bitta bankda ochiladi. Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari bo’lgan rezident yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda dehqon xo’jaliklari tomonidan milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun bankka quyidagi xujjatlarni taqdim etishlari lozim: hisobvaraq ochish uchun ariza; tijorat faoliyati uchun mo’ljallangan tovarlarni xorijdan olib keluvchi yakka tadbirkorlar-yashash joyi bo’yicha davlat soliq xizmati idorasi tomonidan berilgan “Tijorat faoliyati bo’yicha tovarlarni olib keluvchi tadbirkor davlat ro’yxatidan o’tganligi to’g’risida” guvohnoma nusxasi; davlat ro’yxatidan o’tganligi to’g’risidagi guvohnoma nusxasi; imzolar va muxr izi namunalari tushirilgan 2-nusxada varaqcha; ta’sis xujjatlari va unga kiritilgan o’zgarishlar; mijoz tomonidan pul-hisob kitob xujjatlarini imzolash vakolatiga ega bo’lgan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi xujjati. Shaxsni tasdiqlovchi xujjat ko’rsatilganda bank tomonidan uning kseronusxasi olinadi va mijozga qaytarib beriladi. Demak, yuqorida sanab o‘tilgan barcha hujjatlarning har biri ma’lum maqsadda tuzilib, hammasi birgalikda korxona rahbari tomonidan bank boshqaruvchisiga topshiriladi. Bu hujjatlar bank huquqshunosi, boshqaruvchisi tomonidan o‘rganib chiqilgandan so‘ng hisobvaraq ochish uchun ruxsatni bank boshqaruvchisi beradi. Boshqaruvchi hisobvaraq ochish uchun roziligini arizaga maxsus ajratilgan joyga o‘z imzosini qo‘yish orqali bildiradi. [OKOZ: 1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.19.00 Banklar va bank faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik] [TSZ: 1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar] Mijozlarga hisobvaraqlar ochish bo‘yicha belgilangan talablarni, ularning hisobvaraqlariga mablag‘larni hisobga kiritish va hisobdan chiqarish, ish haqi va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ehtiyojlar uchun naqd pul berish tartibini buzganlik uchun tijorat banklariga jarima sanksiyalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risida. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Elektron to‘lovlar to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, 12-son, 412-modda) hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Naqd pul muomalasini mustahkamlash va tijorat banklarining mas’uliyatini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2001-yil 22-iyundagi 264-sonli qarorining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2001-yil, 12-son, 79-modda) ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan. Mazkur qonun hujjati tijorat banklariga nisbatan jarima jazo choralari miqdori va ularni qo‘llash, shuningdek ularni tijorat banklarining noqonuniy harakatlari tufayli huquq va manfaatlari buzilgan mijozlar foydasiga o‘tkazish tartibini belgilaydi. Mazkur Nizomda nazarda tutilgan mas’uliyat choralari bank va mijoz o‘rtasida tuzilgan shartnoma matniga kiritilishi shart. Markaziy bank me’yoriy hujjatlarda nazarda tutilgan barcha zaruriy hujjatlar taqdim etilganidan keyin banklar tomonidan hisobvaraqlar ochishda sababsiz kechiktirilganlik yoki ochishdan bosh tortganlik, shuningdek mazkur turdagi hisobvaraq ochish uchun ortiqcha hujjatlarni talab qilganligi uchun bank ustav sarmoyasi belgilangan eng kam miqdorining 0,02 foizi miqdorida jarima to‘laydi. Banklar tomonidan ish haqi va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa ehtiyojlar uchun o‘z vaqtida naqd pul bermaganlik uchun mijozlarga, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlariga ular hisobvaraqlarida mablag‘ bo‘lganida bank ustav sarmoyasi belgilangan eng kam miqdorining 0,005 foizi miqdorida jarima to‘laydi. Qonunchilikda o‘rnatilgan mijozlar hisobvaraqlariga pullarni hisobga kiritish va hisobdan chiqarish tartibini buzganlik uchun, elektron to‘lovlarni amalga oshirishning va xato amalga oshirilgan elektron to‘lovlarni qaytarishning o‘rnatilgan muddatlarini buzishni istisno etgan holda, bank ustav kapitalining eng kam miqdorining 0,01 foizi miqdorida jarima to‘laydi. Elektron to‘lovlarni amalga oshirishning qonun hujjatlarida o‘rnatilgan muddatlari bank tomonidan buzilgan taqdirda, u mijozga kechiktirilgan har bir kun uchun kechiktirilgan elektron to‘lov summasining 0,1 foizi miqdorida, lekin kechiktirilgan elektron to‘lov summasining 10 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda penya to‘lashi shart. Bankning aybi bilan elektron to‘lov noto‘g‘ri amalga oshirilgan taqdirda, u mablag‘ni xatolik aniqlangan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan oluvchining hisobvarag‘iga o‘tkazishi shart. Aks holda, mijoz bankdan mablag‘larni qaytarishni, shuningdek kechiktirilgan har bir kun uchun noto‘g‘ri amalga oshirilgan elektron to‘lov summasining 0,1 foizi miqdorida, lekin noto‘g‘ri amalga oshirilgan elektron to‘lov summaning 10 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda penya to‘lashni qonunda belgilangan tartibda talab qilish huquqiga ega. Banklar quyidagi hollarda jarima to‘lashdan ozod qilinadi: a) fors-major holatlari, shu jumladan, banklararo elektron to‘lovlar tizimida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan uzilish; b) bank mijozi tomonidan amaldagi qonunlarda belgilangan talablarga mos kelmaydigan to‘lov hujjatlari taqdim qilinganda; c) qonunlarda belgilangan tartibga bank yoki mijoz hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalar to‘xtatilganda. Bank va mijoz o‘rtasida nizolar shartnoma shartlariga ko‘ra hal qilinadi. Vujudga kelgan nizolar o‘zaro kelishib hal qilinishining imkoni bo‘lmasa, ular sud tartibida ko‘rib chiqilishi mumkin. Mazkur Nizomning 4 — 6-bandlariga muvofiq, bank tomonidan to‘langan jarima summasi qisman qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ygan bank (filiali) rahbari va bosh buxgalteri tomonidan qoplanadi. Bank depozitorlarining milliy axborotlar bazasi (bundan buyon matnda BDMAB deb yuritiladi) — banklar tomonidan mijozlarga bank hisobvaraqlari ochishda ularga xos raqam (mijoz kodi) berish, ularning hisobvaraqlari ro‘yxatini qoldiq mablag‘lari haqida ma’lumot saqlamagan holda yuritish hamda mijozlarga tegishli hisobvaraqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olishni ta’minlaydigan, Markaziy bankning Axborotlashtirish Bosh Markazi tomonidan yuritiladigan axborotlar bazasi. Mijozlar banklarda quyidagi turdagi bank hisobvaraqlarini ochishlari mumkin: a) talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari; b) jamg‘arma depozit hisobvaraqlari; c) muddatli depozit hisobvaraqlari; g) metall hisobvaraqlari; d) vakillik hisobvaraqlari; e) boshqa depozit hisobvaraqlari. Xo‘jalik yurituvchi subyektning davlat ro‘yxatidan o‘tganidan so‘ng birinchi marta milliy valyutada ochgan talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i uning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i (bundan buyon matnda asosiy hisobvaraq deb yuritiladi) hisoblanadi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt asosiy hisobvarag‘ini ochgandan keyin milliy va chet el valyutasida ochadigan barcha talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari uning ikkilamchi hisobvaraqlari hisoblanadi. G‘azna ijrosi bilan qamrab olingan tashkilotlarga banklarda asosiy hisobvaraq ochilmagan holda to‘lov terminallari tushumlari, naqd puldagi to‘lovlar, jamg‘arma va muddatli depozitlar, bank korporativ kartalaridagi mablag‘lar hamda maxsus maqsadli mablag‘lar hisobini yuritish uchun, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda bank hisobvaraqlari ochilishi mumkin. BDMABda bank hisobvaraqlarini ochish, boshqa bankka o‘tkazish, yopish, mablag‘larni hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha to‘xtatib turish va ularni qayta tiklash to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakllantiriladi hamda Markaziy bankning Axborotlashtirish Bosh Markazi tomonidan shu kunning o‘zida mijozga xizmat ko‘rsatuvchi banklarga va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasiga uzatiladi. Ushbu ma’lumotlar bankning ma’lumotlar bazasiga dasturiy ravishda kiritiladi va bank tomonidan o‘zgartirishga ruxsat etilmaydi. Mijozlar tomonidan bank hisobvaraqlari ochilayotganda, bank hisobvarag‘i shartnomasi (jismoniy shaxslarning omonati bo‘yicha bank omonati shartnomasi, vakillik hisobvarag‘i bo‘yicha vakillik munosabatlari to‘g‘risida shartnoma) (bundan buyon matnda shartnoma deb yuritiladi) tuziladi. Bank va uning mijozlari o‘rtasidagi shartnomalar yozma shaklda, elektron shaklda yoki masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlari orqali oferta shartnomasini tasdiqlash orqali tuzilishi mumkin. Shartnomada bank mijozning bank hisobvarag‘iga mablag‘larni kirim qilish va hisobdan chiqarish, mijozning bank hisobvarag‘idagi mablag‘larni tasarruf etish borasidagi topshiriqlarini ijro etish shartlari, bu boradagi mijoz hamda bankning huquq va majburiyatlari, bank xizmatlari uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan vositachilik haqi miqdori va boshqa shartlar belgilab olinadi. Banklar tomonidan tadbirkorlik faoliyati subyektlaridan hujjatlarga muhr qo‘yish yoki hujjatlarni muhr bilan tasdiqlashni talab etish taqiqlanadi. Banklar tomonidan ushbu Yo‘riqnomaning 2-bandida ko‘rsatilmagan, biroq mijozlarga bank xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq bank hisobvaraqlarini (kredit (ssuda), lizing, tranzit va boshqalar) ochish, yuritish va yopish tartibi bankning ichki hujjatlari bilan tartibga solinadi. Mijozlar tomonidan bank hisobvaraqlari ochish uchun bankka mazkur Yo‘riqnomada ko‘zda tutilgan hujjatlar taqdim qilingan kundan so‘ng, banklar keyingi ish kunidan kechiktirmay, ularga bank hisobvaraqlari ochishlari shart, bundan norezident jismoniy va yuridik shaxslarga bank hisobvarag‘i ochish hamda qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar mustasno. Banklar norezident jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bankka ushbu Yo‘riqnomada nazarda tutilgan barcha hujjatlar taqdim etilganidan so‘ng, o‘n besh kundan kechiktirmay ularga bank hisobvaraqlari ochishlari shart, bundan qonunchilik hujjatlarida ko‘rsatilgan holatlar mustasno. Bank hisobvaraqlari ochish uchun hujjatlar mijozning imzolar namunalari qo‘yilgan varaqchasida ko‘rsatilgan yoki yuridik shaxslar nomidan vakil qilingan shaxslar tomonidan taqdim qilinadi, ta’sischilari O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga masofadan turib bank hisobvarag‘i ochish holatlari bundan mustasno. Banklar tomonidan ushbu Yo‘riqnomada ko‘zda tutilgan hujjatlardan boshqa qo‘shimcha hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi. Mijozlar bank hisobvarag‘i ochish uchun taqdim qilingan hujjatlarning haqiqiyligi uchun javobgar bo‘ladilar. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablaridan kelib chiqqan holda, bank mijozga bank hisobvarag‘i ochishni rad etishga haqli. Kripto-birjada kripto-aktivlar savdolari ishtirokchilari bo‘lgan norezident yuridik shaxslarga bank hisobvarag‘i ochishda banklar ushbu norezident yuridik shaxslarni va ularning hisobvaraqlariga kirim qilinadigan mablag‘larning kelib chiqish manbalarini “O‘z mijozingni bil” (KYC, shuningdek e-KYC) va “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish” (AML/SFT) tizimlariga muvofiq o‘rganishi shart. Banklar Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruhning (FATF) talablaridan kelib chiqib, “O‘z mijozingni bil” (KYC, shuningdek e-KYC) va “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish” (AML/SFT) tizimlariga muvofiq, ariza beruvchilarni masofadan turib identifikatsiya qilish uchun zarur shart-sharoitlar mavjud bo‘lganda, ta’sischilari O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarga bank hisobvaraqlarini masofadan turib ochishi mumkin. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida tadbirkorlik subyektlariga masofadan turib bank hisobvarag‘ini ochish Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimida yoki bankning rasmiy veb-saytida joylashtirilgan bank hisobvarag‘i shartnoma ofertasini akseptlash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ta’sischilari O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarga bank hisobvaraqlari masofadan turib ochilganda, ular nomidan to‘lovlarni (bank amaliyotlarini) amalga oshiruvchi shaxslar belgilangan tartibda identifikatsiya qilinib, elektron raqamli imzosi yoki qo‘lda qo‘yilgan imzolar namunalari elektron qurilmalar orqali olinganda, qog‘ozda imzolar namunalari qo‘yilgan varaqcha talab etilmaydi. Bank mijozlari bo‘lgan yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda dehqon xo‘jaliklarining bank hisobvaraqlarini ochish uchun asos bo‘lgan barcha hujjatlari hamda ushbu hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar nusxalari har bir mijoz uchun ochilgan yuridik yig‘majildlarda saqlanadi. Yuridik yig‘majildlardagi ma’lumotlar elektron shaklda bankning maxsus dasturiy ta’minotlari orqali har bir mijoz bo‘yicha shakllantirilishi mumkin. Banklarda mijozlarning bank hisobvaraqlarini ro‘yxatga olish kitobi elektron shaklda yuritiladi hamda unda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim: mijozning nomi; yuridik shaxslar va yuridik shaxs tashkil etgan holdagi dehqon xo‘jaligi uchun — soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR); jismoniy shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkor hamda yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi dehqon xo‘jaligi uchun — jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR); bank hisobvarag‘i raqami; bank hisobvarag‘i ochilgan va yopilgan sana; bank hisobvarag‘ini yopish uchun asos. Bank hisobvaraqlarini ro‘yxatga olish kitobida bank ichki hujjatlariga muvofiq boshqa ma’lumotlar ham ko‘rsatilishi mumkin. Download 278 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling