Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida
Mijozlarning hisobvaraqlarini yuritish tartibi
Download 278 Kb.
|
Mijozlarning hisobvaraqlarini yuritish tartibi.
Mijozlarning talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlardagi mablag‘lari bank uchun mablag‘larining manbalari hisoblanadi. Ulardagi mablag‘lar bank balansining passiv qismida hisobga olib boriladi. Mijozlarning depozitlari bo‘yicha hisobvaraqlari mazmunan passiv hisobvaraqdir. Shuning uchun hisobvaraqning saldosi (qoldig‘i) uning kredit tomonida bo‘lib, mablag‘larning kelib tushishi ham kreditda, mablag‘larning kamayishi hisobvaraqning debet tomonida aks ettiriladi. Mijozlarning depozit bo‘yicha hisobvaraqlaridan to‘lovlar shu hisobvaraq qoldig‘i chegarasida o‘tkazilishi lozim. Talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlari orqali quyidagi operatsiyalar o‘tkazilishi mumkin: 1-jadval. Talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvarag‘i orqali o‘tkaziladigan operatsiyalar Debet Kredit Tovarlar uchun to‘lovlar 1. Sotilgan mahsulot uchun tushum Xizmatlar uchun to‘lovlar 2. Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun tushgan to‘lovlar Soliqlarni to‘lash 3. Qurilish montaj ishlari uchun kelib tushgan to‘lovlar Budjetdan tashqari turli 4. fondlarga to‘lovlar Olingan kredit Kreditlarning qaytarilishi 5. Undirilgan jarima va penyalar Kreditlar uchu 6. n foizlar Deponentlangan ish haqi Ish haqi, nafaqa 7. , stipendiya, gonorar Beg‘araz yordam Mukofotlar 8. Vaqtinchalik moliyaviy yordam Xizmat safari 9. xarajatlari Boshqalar Boshqalar 10. X Bank amaliyotida hisobvaraqlardan turli operatsiyalarning o‘tkazilishi doimiy jarayon bo‘lib, to‘xtovsiz davom etib turadi. Mijozning hisobvarag‘ini yurituvchi mas’ul ijrochi doimo mijozning hisobvarag‘ida operatsiyalarning o‘tkazilishi uchun pul mablag‘larining yetarli miqdorda ekanligini nazorat qilib, 50 mablag‘larning kamayishi bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni ushbu hisobvaraqdagi mablag‘lar chegarasida o‘tkazishi lozim. Yuqorida mijozlarning talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlarini ochish, uni nomerlash va yuritish tartibi bilan tanishtirdik. Korxonaning barcha asosiy operatsiyalari ushbu hisobvaraqlardan o‘tkaziladi. Lekin korxona va tashkilotlar o‘z hoxishlariga ko‘ra talab qilinguncha saqlanadigan depozitlardan tashqari jamg‘armali va muddatli depozit hisobvaraqlarini ochishlari hamda ularda o‘zlarining ortiqcha pul mablag‘larini saqlashlari mumkin. Jamg‘arma yoki muddatli depozit hisobvaraqlari ochish uchun yuridik shaxslar tomonidan bankka alohida, jismoniy shaxslar tomonidan alohida belgilangan hujjatlar taqdim etiladi. Yuridik shaxslar jamg‘arma yoki muddatli depozit hisobvaraqlarini ochish uchun bankka quyidagi hujjatlarini taqdim etishlari lozim: hisobvaraq ochish uchun ariza; davlat ro‘xatidan o‘tganligi to‘g‘risida guvohnoma yoki litsenziya; imzolar va muhr izi qo‘yilib, notarius tasdiqlagan varaqcha. Agar yuridik shaxs shu bankda ilgari hisobvaraq ochgan bo‘lsa, u holda jamg‘arma yoki muddatli hisobvaraq ochish uchun faqat ariza taqdim etadilar. Ariza asosida mijoz bilan bank o‘rtasida shartnoma tuziladi va shartnomada ochilayotgan depozit turi bo‘yicha shartlar belgilab qo‘yiladi. Jamg‘arma yoki muddatli depozit ochish uchun jismoniy shaxslar quyidagi hujjatlarni rasmiylashtirib bankka topshiradilar: hisobvaraq ochish to‘g‘risida ariza; shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma); imzo namunasi qo‘yilgan varaqcha. Ariza asosida jismoniy shaxs bilan bank o‘rtasida shartnoma tuziladi va unda depozit shartlari belgilab qo‘yiladi. Shartnomada depozitorlarning hisobvaraq ochilayotganda jamg‘arma yoki muddatli depozit shartlari bilan tanishtirilishi ko‘zda tutiladi hamda bu haqda depozitor belgilangan shakldagi dastlabki hujjatlarga tegishli yozuv kiritib imzo qo‘yadi. Budjet tashkilotlari ham jamg‘arma va muddatli depozit hisobvaraqlarini ochishlari mumkin, lekin ularning talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlariga budjetdan o‘tkazilgan mablag‘lari hisobidan jamg‘arma va muddatli depozit hisobvarag‘i ochilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Budjet tashkilotlari uchun jamg‘arma va muddatli depozit hisobvaraqlari faqat ularning budjetdan tashqari mablag‘lari uchun ochiladi. Buning uchun budjet tashkilotlari tomonidan bankka tegishli hisobvaraq ochish uchun ariza taqdim etiladi. Imzolar namunalari qo‘yilgan varaqcha shakli, shuningdek tadbirkorlik subyektlari bo‘lmagan rezident yuridik shaxslar va norezident yuridik shaxslar tomonidan taqdim qilinadigan imzolar namunalari qo‘yilgan varaqchalar soni bankning ichki hujjatlariga muvofiq belgilanadi. Imzolar namunalari qo‘yilgan varaqchada quyidagilar bo‘lishi kerak: mijozning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi); imzo qo‘yish vakolati berilgan shaxslarning — familiyasi, ismi, otasining ismi hamda ularning shaxsan qo‘yilgan imzosi; qonunchilik hujjatlariga muvofiq yuridik shaxslarda muhr mavjud bo‘lishi talab qilingan taqdirda — muhr izi. Imzolar namunalari qo‘yilgan varaqchada bank ichki hujjatlariga muvofiq boshqa ma’lumotlar ham kiritilishi mumkin. Banklar tomonidan ta’sischilari O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarga bank hisobvaraqlarini masofadan turib ochishda, ularning imzo namunalari qo‘yilgan varaqchada ko‘rsatilgan rezident jismoniy shaxslarni identifikatsiyalash raqamli identifikatsiyalash orqali amalga oshirilishi mumkin. Imzo namunalari bank mijozining shaxsan o‘zi tomonidan qo‘yilishi shart. Nogironligi bo‘lgan shaxsning faksimil imzosi nogironligi bo‘lgan shaxs tomonidan faqat, agar u o‘zining jismoniy nuqsonlari sababli zarur hujjatlarni imzolash chog‘ida o‘z qo‘li bilan imzo qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, qo‘llanilishi mumkin. Imzo qo‘yish vakolati berilgan shaxslarning imzolari bank xodimi ishtirokida qo‘yiladi, bundan masofadan turib bank hisobvarag‘i ochish hollari mustasno. Rahbar tomonidan vakolat berilgan shaxslardan birortasi vaqtincha o‘zgarganda, vaqtincha vakolat berilgan shaxsning imzo namunasi qo‘yilib, amal qilish muddati ko‘rsatilgan qo‘shimcha varaqcha taqdim qilinadi. Ushbu qo‘shimcha varaqcha rahbar tomonidan imzolanadi va muhrlanadi (tadbirkorlik faoliyati subyektlaridan muhr qo‘yish talab etilmaydi). Imzolar namunalari qo‘yilgan varaqchaga yuridik shaxslarning asosiy muhri yoki yuridik shaxs filialining yoxud vakolatxonasining muhr izining namunasi qo‘yilishi shart. To‘lov hujjatlariga aloqador bo‘lmagan, alohida maqsadlar uchun muhrlardan (“Paketlar uchun”, “Ruxsatnomalar uchun”, “Devonxona”, “Ma’lumotlar uchun”, “Guvohnomalar uchun” kabilar) foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Muhr almashtirilganda yoki yo‘qolib qolganda, birinchi va ikkinchi imzo huquqi berilgan shaxslar tomonidan imzolangan iltimosnoma asosida bank vakolatli xodimi tomonidan muhr tayyorlatish uchun zarur bo‘lgan muddat beriladi. Ushbu muddat o‘ttiz kalendar kundan oshishi mumkin emas. Bir vaqtning o‘zida bankning vakolatli xodimi (bosh buxgalter yoki uning o‘rinbosari) muhr bo‘lmagan vaqtda to‘lov hujjatlarini rasmiylashtirish tartibini belgilaydi, vaziyatdan kelib chiqqan holda hujjatlar muhr izisiz topshirilishiga ruxsat beradi. Bank hisobvarag‘i egasi o‘z manzilining o‘zgarganligi to‘g‘risida xizmat ko‘rsatayotgan bankka besh ish kuni davomida yozma yoki elektron shaklda xabar berishi shart. Tadbirkorlik faoliyati subyekti bo‘lmagan rezident yuridik shaxslar hamda budjetdan mablag‘ oluvchilar, rezident yuridik shaxslarning vakolatxonalari va filiallari, norezident yuridik shaxslar ta’sis hujjatlarida (ta’sis shartnomasida, ustavda) ko‘rsatilgan ma’lumotlar (muassislar, a’zolar yoki boshqa ma’lumotlar) o‘zgargan taqdirda, ular ta’sis hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning nusxasini uch ish kuni ichida bankka taqdim qiladi. Bank hisobvarag‘i bo‘yicha operatsiyalar faqat bank hisobvarag‘i egasining farmoyishiga ko‘ra yoki bank hisobvarag‘idagi pul mablag‘lari tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi qarori bo‘yicha yoxud sud ajrimiga ko‘ra xatlanganda, shuningdek qonunchilik hujjatlarida ko‘zda tutilgan boshqa hollarda to‘xtatib qo‘yilishi mumkin. Bunday holda, pul mablag‘lari faqat qaror yoki ajrimda ko‘rsatilgan summaga xatlanadi. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yish sud tartibida amalga oshiriladi, qonunchilik hujjatlarida ko‘zda tutilgan holatlar bundan mustasno. Barcha bank hisobvaraqlaridan mablag‘larni hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha to‘xtatib turish bo‘yicha so‘rov faqat asosiy depozit hisobvarag‘ini ochgan bank tomonidan qonunchilikda ko‘zda tutilgan hollardagina shakllantiriladi. Mijozlar ularga asosiy hisobvaraqni ochgan bank orqali boshqa banklarda ochilgan o‘zining barcha bank hisobvaraqlari haqidagi ma’lumotlarni olishlari mumkin. O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida sudgacha sanatsiya qilish, tashqi boshqarish va tugatishga doir ish yuritish tartib-taomillari qo‘llaniladigan qarzdor yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorning asosiy hisobvarag‘iga mos ravishda so‘mdagi sudgacha sanatsiya, kreditorlar bilan hisob-kitob qiluvchi maxsus hisobvaraq yoki yagona hisobvaraq maqomi beriladi. Mazkur qonun talablari asosida sudgacha sanatsiya, kreditorlar bilan hisob-kitob qiluvchi maxsus hisobvaraq yoki yagona hisobvaraqdan foydalanish tartibi qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi. Download 278 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling