Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida


Chet el valutasidagi depozit hisobvaraqlarni ochish tartibi


Download 278 Kb.
bet5/8
Sana19.06.2023
Hajmi278 Kb.
#1624779
1   2   3   4   5   6   7   8
Chet el valutasidagi depozit hisobvaraqlarni ochish tartibi.
Yuridik va jismoniy shaxslar hisobi milliy valyuta “so’m”da yuritiladigan depozit hisobvaraqlar bilan birgalikda chet el valyutasidagi depozit hisobvaraqlarini ochishlari mumkin. Chet el valyutasidagi depozit hisobvaraqlarini rezident va norezident yuridik shaxslar, rezident va norezident jismoniy shaxslar hamda chet el investitsiyasi bilan ishlovchi korxonalarga ochiladi. Chet el valyutasida depozit hisobvaraqlarning barcha turlarini jumladan, talab qilib olinguncha, jamg’arma va muddatli depozit hisobvaraqlarini ochish mumkin.
Chet el valyutasidagi talab qilinguncha saqlanadigan, muddatli, jamg’armali, ikkilamchi depozit hisobvaraqlarini ochish uchun tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari bo’lgan rezident yuridik shaxslar bank muassasasiga qo’yidagi xujjatlarni taqdim qilishlari lozim:
hisobvaraq ochish uchun ariza;
tijorat faoliyati uchun mo’ljallangan tovarlarni xorijdan olib keluvchi yakka tadbirkorlar-yashash joyi bo’yicha davlat soliq xizmati idorasi tomonidan berilgan “Tijorat faoliyati bo’yicha tovarlarni olib keluvchi tadbirkor davlat ro’yxatidan o’tganligi to’g’risida” guvohnoma nusxasi;
davlat ro’yxatidan o’tganligi to’g’risidagi guvohnoma nusxasi;
imzolar va muxr izi namunalari tushirilgan 2-nusxada varaqcha;
ta’sis xujjatlari va unga kiritilgan o’zgarishlar;
mijoz tomonidan pul-hisob kitob xujjatlarini imzolash vakolatiga ega bo’lgan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi xujjati.
Chet el valyutasidagi talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlarini norezident yuridik shaxslari ham ochishlari mumkin. Quyidagi norezident yuridik shaxslar talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlar ochishlari mumkin:
O’zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan, chet davlatlarning qonunlariga muvofiq tashkil etilgan, jumladan O’zbekiston Respublikasi tashkilotlari ishtirokida ochilgan tashkilotlarga;
O’zbekiston Respublikasida joylashgan xorijiy diplomatik, savdo va boshqa rasmiy vakolatxonalarga, imunitet xamda diplomatik imtiyozlardan foydalanuvchi xalqaro tashkilotlarga;
O’zbekiston Respublikasida joylashgan boshqa xorijiy tashkilot va firmalarning xo’jalik va tijorat faoliyati bilan shug’ullanmaydigan vakolatxonalariga.
Yuqorida sanab o’tilgan yuridik shaxslar talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraq ochish uchun bankka hisobvaraq ochish so’ralgan ariza, soliq to’lovchining ro’yxatdan o’tib, identifikatsiya raqami olganligi to’g’risidagi guvoxnoma nusxasi, imzolar va muhr namunasi tushirilgan va tasdiqlangan varaqcha va norezident yuridik shaxs nomidan pul-hisob-kitob xujjatlarini imzolash vakolatiga ega bo’lgan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi xujjati. Umuman, mijozlarga bitta bankda ma’lum bir chet el valyutasida faqat bitta talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvarag’i ochish uchun ruxsat beriladi.



Download 278 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling