N. G. Molchanova va boshqa qator oliinlar o ‘z hissalarini qo‘shdilar. Seriyalab tokarlik stanoklar ishlab chiqarish dastlab 1929 yilda Moskvadagi „Krasniy proletariy zavodida boshlandi. О‘sha vaqt uchun progressiv b


Download 0.92 Mb.
bet6/6
Sana28.12.2022
Hajmi0.92 Mb.
#1017676
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurs ishi

Tokarlik-lobovoy stanoki
Tokarlik-lobovoy stanoklaridan katta diametrli (5 m gacha) kalta zagotovkalarga yakka buyurtmali ishlab chiqarish sharoitida ishlov berishda foydalaniladi. Zagotovka planshaybaga kulachoklar, qisqichlar va boltlar yordamida mahkamlanadi (10.2-rasm.). 1A693 modelli tokarlik-lobovoy stanogining xarakteristikasi quyidagicha:

Ishlov berish aniqligi va ish unumdorligining pastligi, zagotovkani o‘rnatishning qiyinligi sababli bu stanoklar kam uchraydi. Tokar –karusel va lobovoy stanoklar – asosan katta diametrli kalta zagatovkalarni ishlashda qо‘llaniladi. Karusel stanoklari planshaybasini gorizantal о‘qda joylanishi bilan lobovoy stanoklardan farq qiladi. Tokarlik-karusel stanoklari katta diametrli, ammo nisbatan kichik uzunlikka ega bo‘lgan og‘ir maxovik, g'ildirak, korpus tipidagi zagotovkalarga o‘rta va yirik mashinasozlik korxonalarida ishlov berish uchun mo'ljallangan. Zagotovka vertikal o‘q atrofida aylanuvchi doiraviy stol (planshayba)ga mahkamlanadiki, u zagotovkani o‘matish va tayyor detalni bo'shatib olish ishlarini ancha osonlashtiradi. Karusel stanoklari ikki turda chiqariladi: -bir stoykali (planshaybaning diametri 1,6 m gacha, ikki-vertikal 5 pozitsiyali revolver kallakli va yon supportlariga ega); modellari 1541, 1512, 1А512МФЗ, 1516, 1А516МФ4. -ikki stoykali (D^...24 m gacha, uch supportli—ikkitasi vertikal, uchinchisi yon); modellari 1A531, 1553, 1525.




Xulosa

Har xil, hatto eng yaxshi stanoklarning son jihatidan yetarli bо‘lishi korxonaning yuqori unum bilan ritmik ishlashiga oid masalani xali hal qiladi, deb bо‘lmaydi. Ishlab chiqarishni tegishlicha tashkil etishdan tashqari, uskunalarnn tо‘g‘ri ishlatish ham nixoyatda muhim ahamiyatga ega.Stanoklarni tо‘g‘ri ishlatishning vazifasi stanokning uzoq vaqt ishlashini va aniqligi ta’minlangan holda uning ish unumini oshirishdan iborat. Stanokning eng yuqori ish unumiga kesuvchi asbobni tо‘g‘ri tanlab olish va uning yuqori sifatli bо‘lishi, tо‘g‘ri kesish rejimlari belgilash, stanokni tо‘g‘ri sozlash va rostlash natijasida erishiladi.Ikkinchi tomondan, stanoklar bugun ishlatilish davrida barqaror yuqori ish unumini ta’minlashi kerak. Stanoklarni tо‘g‘ri ishlatishga nisbatan qо‘yiladigan talablar ularni aniq va tо‘g‘ri joylash, tashish, sexlarda о‘rnatish, ishlatish, pasportlash, remont qilish va takomillashtirishni о‘z ichiga oladi. Stanoklar tо‘g‘ri joylansa va tо‘g‘ri tashilsa, ular buzilmaydi va sinmaydi. Stanokni tо‘g‘ri о‘rnatishning barcha shartlariga rioya qilish uning sifatli ishlashini ta’minlaydi. Stanoklarni sinab kо‘rish, odatda, ularning statikaviy va dinamikaviy aniqligini, stanokni quvvati, bikrligi va titrashga chidamli-ligini hamda boshqa xususiyatlarini tekshirish uchun zarur.Stanoklarning ishlab chiqarish korxonalarida ishlatilishi ularni tozalash va moylash, moylash-sovitish suyuqliklari tanlash, ishlatilib bо‘lgan moylash va artish materiallarini yig‘ish hamda tiklash kabi tadbirlarni о‘z ichiga oladi. Stanokning pasporti undan barcha kо‘rsatkichlari hamda vazifasi jihatidan tо‘g‘ri foydalanishga imkon beradi.Uskunalarni hozirgi zamon talablariga muvofiq va sifatli ravishda remont qilish korxonaning ritmik ishlashining muhim shartidir. Eskirib qolgan stanoklar takomillashtirilishi lozim, bu hol stanoklardan ularning ma’naviy eskirishigacha foydalanish muddatini oshiradi. Stanoklarni ishlatishda xavfsizlnk texnikasi tadbirlariga katta ahamiyat beriladi.Ammo stanoklardan muvaffaqiyatli foydalanishning asosiy sharti zavodlarimizning stanoklarni ishlatish bilan shug‘ullanuvchi xodimlarining yuqori unumiy texnikaviy savodidir. Buning uchun barcha ishchilar stanokning tuzilishi tо‘g‘risida, stanokka tо‘g‘ri qarab turishning ishga ta’siri, uzellarni moylashning hamda rostlashning о‘z vaqtida о‘tkazilishi va boshqalar tо‘g‘risidagi asosiy tasavvurlarga ega bо‘lishi zarur. Korxonaning injener-texnik xodimlari ham stanoklarning ishlatilishiga oid bilimlarga ega bо‘lishi kerak.



Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

1.Mirboboyev V.A. Konstruksion materiallar texnologiyasi. Т., 0‘qituvchi“,1991


2.Usmonov K.B. Metal kesish asoslari. Toshkent “O`qituvchi” 2004
3. Армарего И.Ж.А., Браун Р.Х. Обработка металлов резанием. М., Машиностроение, 1977.
4. JI. В. Перегудов, A X- Hoshimov. Avtomatlashtirilgan korxona stanoklari,—Т.: O`zbekiston, 1999.
5. Jalilov H.I. Metallarni kesish nazariyasi asoslari, metal kesuvchi stanoklar va asboblar. Toshkent. 2006
6. https://Google.com
Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling