Tokarlik stanoklari haqida umumiy ma'lumotlar
Tokarlik guruhi stanoklarida aylanish sirtlariga ishlov berish bo'yicha turli operatsiyalar amalga oshiriladi: tashqi va ichki silindrik va ko-nussimon yuzalarni shakllantirish, detal yon yuzalari (tores)ni yo'nish, ariqchalar ochish, teshiklarni parmalash, zenkerlash, razvyortkalash va yo'nib kengaytirish, ichki va tashqi turli profdli rezbalarni kesish, shakldor yuzalarni yo'nib hosil qilish, yuzalarni nakatka qilish, de-talni zagotovkadan kesib ajratish va boshqalar. Sanoatda ishlab chiqarilgan stanokIarning asosiy qismini tokarlik guruhi stanoklari egallaydi. Ularda ishlov o'tadigan zagotovkalarning diametri 5000 mm va undan ortiq, uzunligi esa 24000 mm gacha yetadi. Zamonaviy tokarlik-vintqirqar stanoklaridan biri 16K20 modelli stanokdir. U normal aniqlikkaega (H). Bu asosiy model asosida 16К20П, 16K20T, 16K25, 16К20ФЗ modelli stanoklar chiqarilgan.
16K20 modeUi tokarlik-vintqirqar stanogi yakka buyurtmali va mayda seriyali ishlab chiqarishda, shuningdek asbobsozlik va remont sexlarida harxil tokarlik, parmalash, teshik kengaytirish va rezba ochish ishlarini bajarish uchun mo'ljallangandir.
Uning asosiy uzel va qismlari quyi-dagilardir:
Stanina (qutisimon shaklda, jilvirlangan yo'naltiruvchilarga ega).
Oldingi babka (unga tezliklar qutisi o'rnatilgan).
Surishlar qutisi.
Orqa babka (aerostatik tayanchga ega—havo yostiqchasidajoy-lashtirilgan).
Support (unda keskich ushlagich va markaziy asboblar ushlagi-chi joylashgan).
Fartuk (uning ichida supportning surish mexanizmijoylashgan).
Tokarlik stanogi oddiy, universal, raqamli dastur boʻyicha boshqariladigan avtomat va yarim avtomat turlarga xam boʻlinadi. Oddiy va universal Tokarlik stanogilar detallarni donalab va kichik seriyalab ishlab chiqarish.da, avtomat va yarim avtomat Tokarlik stanogilar koʻplab (koʻp seriyalab) ishlab chiqarish.da qoʻllanadi. Hozir yirik korxonalarda, asosan, dusturli avtomat va yarim avtomat Tokarlik stanogilari ishlatiladi; 2) yogʻochga ishlov berish stanogi qam xuddi metallga ishlov berish stanogiga oʻxshaydi. Unda aylanma sirtli yogoch buyumlarga yoʻnib ishlov beriladi. Uning buyum markazga mahkamlanadigan va yon tomoniga mahkamlanadigan turlari bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |