N. I. Saidaxmedova Nizomiy nomidagi tdpu "Ta’lim menejmenti" kafedrasi mudiri, I f. d. (DSc), dotsent


Download 319.11 Kb.
bet11/46
Sana13.09.2023
Hajmi319.11 Kb.
#1676350
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   46
Bog'liq
UMK Tizimli menejment nazariyasi

Dastur muallifi:

N.I.Saidaxmedova – “Ta’lim menejmenti” kafedrasi mudiri, i.f.d. (DSc), dotsent
M.M.Xusniddinov -“Ta’lim menejmenti” kafedrasi o‘qituvchisi

E-mail:

saidaxmedova49@gmail.com

Tashkilot:

Toshkent davlat pedagogika universiteti “Ta’lim menejmenti” kafedrasi

“Tarix” fakul’teti dekani: ________________ L.M.Babaxodjayeva
(imzo)
2023-yil “_____”______________
“Ta’lim menejmenti” kafedrasi mudiri: ______________ N.I.Saidaxmedova
(imzo)
2023-yil “_____”______________
“Ta’lim menejmenti” kafedrasi o‘qituvchisi ___________ M.M. Xusniddinov
(imzo)
2023-yil “_____”______________

MA’RUZA MASHG‘ULOTLARI

KIRISH
Ma’lumki, har qanday faoliyat turi boshqaruv asosida quriladi, chunki shu faoliyatni amalga oshirishda ko‘zlangan maqsadga erishish, bajariladigan vazifalarni taqsimlash, ijrosini nazorat qilish, shuningdek, samaradorlikka erishish uchun shu faoliyatda ishtirok etuvchilar manfaatlarini himoya qilish, rag‘batlantirish chora tadbirlari boshqaruv jarayonida tashkil etiladi va muvofiqlashtiriladi. Bunda boshqaruvga iqtisodiyotda mavjud tizim ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Mustaqilligimizni qo‘lga kiritmasimizdan oldingi tizimda, iqtisodiyotda ma’muriy–buyruqbozlikka, hamda markaziy rejalashtirishga asoslangan tizim hukmron edi. Faqatgina mulkchilikning davlat mulki va shirkat mulk shakliga ega bo‘lgan, markazdan turib belgilangan rejalar asosida ishlab chiqarishni tashkil etish, qattiq nazorat qilish, qolaversa, jamiyatda mulkdorlar sinfini shakllanishiga to‘sqinlik qiluvchi iqtisodiy tizim o‘zini oqlamaganligi tarixdan ma’lum.
O‘zbekiston jahon tajribasiga asoslanib, mulkchilikning turli shakllari tengligi ta’minlangan, ishlab chiqarishning zamonaviy milliy manfaatlarga mos tuzilmasini yaratish ko‘zda tutilgan, erkin narx-navo va bozor qonunlari asosida boshqariladigan ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘lini tanladi va iqtisodiy islohatlarni bosqichma-bosqich amalga oshirmoqda.
Iqtisodiy islohatlarni birinchi bosqichidanoq iqtisodiyot boshqaruv tizimini isloh qilishga alohida e’tibor qaratildi. Olib borilgan iqtisodiy islohatlar institutsional o‘zgarishlarni amalga oshirishga, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini boshqarish borasida ularning xususiyatiga mos keladigan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga iqtisodiy erkinlik berishga yordamlashadigan, tadbirkorlikni rivojlanishini rag‘batlantiradigan tashkiliy huquqiy shakllar vujudga kelishiga qaratilgan edi va bu boshqarishda yangi bir tizim vujudga kelishiga zamin yaratdi.
Bunday bozor munosabatlari sharoitida butun jamiyatga xizmat qiluvchi zamonaviy boshqaruv ilmini o‘rganishda, iqtisodiyotni butun tarmoqlarida, boshqaruvni amalga oshira oladigan malakali rahbarlarni tayyorlashda “Boshqaruv nazariyasi” fani muhim o‘rin tutadi. Zero, rahbar, boshqaruvni amalga oshirishda bosh bo‘g‘in hisoblanib, uning tashkil etilishi, samaradorligi ko‘p jihatdan rahbar egallagan bilim malaka, tajriba, qolaversa uning muhim hislatlari va boshqaruv uslubiga bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Bu fanning maqsad vazifalari ham shularni o‘rganishni nazarda tutadi. Bu fan boshqaruvning qonuniyatlari, qonun vatamoyillari, funksiya va vazifalari, shuningdek, boshqaruv tizimida menejer o‘rni, madaniyati va uslubi, boshqaruv samaradorligi va unga ta’sir qiluvchi boshqaruv qarorlari mazmuni, mohiyatini ochib berishga qaratilgan.



Download 319.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling