N. I. Sodiqova, E. A. Korniyenko, M. D. Xoshimxodjayeva


Yarim dupleksli ish tartibida


Download 1.34 Mb.
bet112/140
Sana02.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#201911
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   140
Bog'liq
shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish

Yarim dupleksli ish tartibida tarmoq adapteri bitta operatsiyada axborotni faqat uzatadi yoki faqat qabul qiladi.

To‘liq dupleksli ish tartibida tarmoq adapteri bir vaqtning o‘zida ma’lumotlarni ham uzatadi, ham qabul qiladi. Agar konsentrator o‘rniga burib qo‘yuvchidan foydalanilsa, to‘liq dupleksli ish tartibida ma’lumotlarni uzatish tezligi sezilarli darajada oshadi.

Tarmoq adapterlarining razyomlari. Odatda, Ethernet adapterlari kattalashtirilgan telefon razyomiga o‘xshagan RJ-45 (bunday razyom 10BASE - T yoki Fast Ethernet da qo‘llaniladigan o‘ralgan juftlik kabeliga ulanadi) rusumli razyomlarga ega. Bundan tashqari, tarmoq adapteri BNC (Thinnet uchun koaksial kabel-ingichka Ethernet) yoki D - o‘xshagan 15 kontaktli DB15 (Thicknet uchun koaksial kabel - yo‘g‘on Ethernet) razyom orqali ulanadi. Ayrim tarmoq adapterlari razyomlarning ikkita yoki hatto uchta turiga ulanishi mumkin. Bunday tarmoq adapterlari kombinatsiyalangan deb

ataladi. Token Ring tarmog‘i adap- terlari 9 kontaktli DB9 yoki RJ-45 razyomlariga ega bo‘lishi ham mumkin.

8.6-rasmda Ethernetning ikkita tarmoq adapterida uchta razyomi ko‘rsatilgan: RJ-45 (yuqoridagi), DB-15 (pastda chap tarafda) va BNC (pastda o‘ng tarafda).

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling