Tarmoq adapteri (tarmoq kartasi) lokal tarmoqqa bir- lashtirilgan kompyuterlar orasida axborot almashinuvini ta’- minlash uchun mo‘ljallangan. Tarmoq adapteri yoki tarmoq kartasi kompyuterning tizimli plata (main board) razyomiga o‘rnatiladigan kengaytirish platasidir. Shuningdek, notebuk
139
(notebook) uchun mo‘ljallangan PCMCIA standartining tar- moq adapterlari mavjuddir Ular notebuk g‘ilofidagi maxsus razyomlarga o‘rnatiladi. Kompyuterning tizimli platasi ichiga joylashtirilgan tarmoq adapterlari biror-bir lokal shina orqali ulanadi. Bundan tashqari kompyuterning USB (Universal Serial Bus) portiga ulanadigan Ethernet tarmoq adapterlari mavjud.
Tarmoq adapteri PCI va ISA uchun tizimli shina kengaytirish slotlari hamda tarmoq kabeli bilan ulash uchun mo‘ljallangan razyomli bosma plata ko‘rinishida bo‘ladi.
Tarmoq adapteri quyidagi vazifalarni bajaradi:
Tarmoq adapterlari tarmoq turida foydalanishiga (simli va simsiz) va ishlash tezligiga qarab farqlanadi. Tarmoq adapterlari ko‘rinishi va tuzilishiga qarab, ichki va tashqi bo‘ladi (8.5-rasm).
8.5-rasm. Turli tarmoq adapterlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |