N. I. Sodiqova, E. A. Korniyenko, M. D. Xoshimxodjayeva
Download 1.34 Mb.
|
shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kompyuterning tashqi qurilmalar bilan o‘zaro aloqasi.
- Tarmoqda masofaviy printerdan foydalanish.
136
printerlar; diskli jamlagichlar; optik jamlagichlar (CD/DVD - ROM, CD - R, CD - RW va boshqa); modemlar; fakslar; zaxiraga nusxalovchi tasmali qurilmalar; skanerlar. Tarmoq qurishning umumiy tamoyillarini ko‘rib chiqamiz. rasmda kompyuterning tashqi qurilmalar bilan o‘zaro aloqasini ko‘rsatuvchi tashkiliy sxemasi keltirilgan. Axborot almashuvi apparat va dasturiy vositalarning barchasi, interfeysli karta, TQ drayveri va TQ kontrolleri bilan amalga oshiriladi. Resurslardan birgalikda foydalanish vaqtidagi almashuv tartibi quyidagicha: 8.3-rasm. Kompyuterning tashqi qurilmalar bilan o‘zaro aloqasi. ilova operatsion tizimga (OT) ma’lumotlarni kiritish- chiqarish operatsiyalarini bajarish uchun so‘rov (so‘rovda TXQdagi ma’lumotlar manzili, TQ identifikatori va kiritish- chiqarish operatsiyasining turi) bilan murojaat qiladi; OT olingan so‘rov bo‘yicha mos bo‘lgan TQning drayverini ishga tushiradi; TQ drayveri «belgini bosmaga chiqarish», «keyingi qatorga o‘tkazish», «karetkani qaytarish» kabi buyruqlarga tayangan holda harakat qiladi. Drayver bu buyruq va ma’lumotlarning (matn) kodlarini aniq bir ketma-ketlikda tezkor xotira qurilmasidan (TXQ) interfeysli karta buferiga yuklaydi, bu o‘z navbatida ularni tarmoq orqali TQ kontrolleriga baytma-bayt uzatadi; interfeysli karta drayverdan navbatdagi baytni olganidan so‘ng, aloqa liniyasiga bitlarni ketma-ketlikda uzatadi; kontroller navbatdagi baytni olishi bilan, printerning operatsiyasini ishga tushirada va bu operatsiya bajarilib bo‘lgandan so‘ng, OTga so‘rovni bajarilganligi haqida xabar beradi, u o‘z navbatida bu haqda ilovani ogohlantiradi. rasmda tarmoqda masofaviy printerdan foydalanish strukturasi keltirilgan. Tarmoqning umumiy printerdan foydalanish tartibi: A ilova B ilova uchun matnni bosmaga chiqarishga so‘rov- xabarni shakllantiradi va uni o‘z buferiga joylashtiradi. So‘rov lokal OTga uzatiladi, com- port drayveri ishga tushiriladi va unga so‘rov saqlanayotgan bufer manzili xabar qilinadi; A com-portning drayveri va kontrolleri B com-portning drayveri va kontrolleri bilan o‘zaro aloqa qilib, B kompyu- terga xabarni uzatadi; com-portning drayveri navbatdagi baytni olishi bilan uni B kompyuter ilovasi buferiga joylashtiradi; 8.4-rasm. Tarmoqda masofaviy printerdan foydalanish. - B kompyuter ilovasi xabarni qabul qilib, uni interpre- tatsiyalaydi (sharhlaydi) va so‘rovni lokal OTga printer bilan operatsiyani bajarish uchun shakllantiradi; Keyingi harakatlar kompyuterning tashqi qurilmalar bilan aloqasi sxemasi bo‘yicha amalga oshiriladi. Tarmoq adapteri va uning tavsiflari Tarmoq faoliyati uchun apparat va dasturiy komponentlar talab qilinadi. Ma’lumotlarni uzatish protokoli tanlangandan so‘ng, unga munosib apparat ta’minoti, ya’ni tarmoq adapteri, konsentrator va burib qo‘yuvchilar tanlanishi kerak. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling