N. I. Sodiqova, E. A. Korniyenko, M. D. Xoshimxodjayeva


Akustik tizimlarni yangilash


Download 1.34 Mb.
bet133/140
Sana02.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#201911
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   140
Bog'liq
shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish

Akustik tizimlarni yangilash.

  1. bob. ELEKTR TA’MINOTI QURILMALARI

11.1. ShKni elektr tarmog‘iga ulash

ShK samarali ishlashi va undan qulay foydalanish uchun elektr quvvati bilan ishonchli ta’minlanishini ko‘zda tutish zarurdir. Bu elektr ta’minoti tizimidagi yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan ta’minot quvvatining og‘ishi va nosozligini istisno qilish yoki kamaytirish imkonini beradi. SHKning barqaror va xavfsiz ishlashi uchun asosiy tahdidlar quyidagilar:

  • ko‘zda tutilmagan vaziyat tufayli ta’minot tarmog‘ida kuchlanishning yo‘qolishi (falokat, simning uzilishi);

  • kuchlanish darajasining belgilangan me’yordan keskin pas- ayishi (qisqa vaqtli pasayish);

  • elektr ta’minotining o‘chirib-yoqilishi tufayli kuchlanish­ning sakrashi yoki uchqunning chaqishi;

  • ta’minot kuchlanishi chastotasining beqarorligi.

Ta’minot kuchlanishining darajasini barqarorlashtirish va

ShKning xavfsiz ishlashga bo‘ladigan tahdidlarning oldini olish uchun ikkita qurilma: tarmoq filtri va uzluksiz elektr energiya manbayining albatta bo‘lishi tavsiya etiladi.

Tarmoq filtri (eng keng tarqalgan Pilot rusumli) kompyu- terning elektr ta’minot zanjirini hamda tashqi qurilmalarni berilayotgan kuchlanishdan va elektromagnit maydonlardan himoya qilish uchun xizmat qiladi.

Har bir kompyuterning yoki tashqi qurilmaning elektr ta’minot manbayi yuqori chastotali xalallarni silliqlash va ularni himoyalash simi orqali «yerga» ulash uchun mo‘ljallangan reak- tiv filtrga ega. 11.1-rasmda elektr ta’minoti blokining kirish zan- jirlari va ularni nol, yer va faza bilan ulash zanjiri ko‘rsatilgan.


г-



Elektr

ta’minoti

blokida



  1. rasm. Elektr ta’minoti blokining kirish zanjirlari.

Yerdagi sim yerga ulashning konturi bilan ulanadi, bundan tash- qari uning kuchlanish tarmog‘ining nol nuqtasi bilan ulanish imkoni bor. Agar qurilmaning yerga ulash simini hech qaerga ulamasa, qurilmaning g‘ilofida o‘zgaruvchan tokning taxminan 110 V ga teng bo‘lgan kuchlanishi paydo bo‘ladi (bu inson uchun xavfli).

Bir va undan ortiq qurilmani ulash vaqtida ulanayotgan quril- malar umumiy zanjirga alohida sim orqali yerga ulanishi kerak. 11.2-rasmda qurilmalarni to‘g‘ri ulash ko‘rsatilgan.

Yerga ulash muammosi «Pilot» ko‘rinishidagi va unga o‘xshash tarmoq filtrlaridan foydalanish bilan hal qilinadi. Interfeyslar bilan ulangan barcha qurilmalarning bitta filtrdan ta’minlanishi potensiallarning farqlanish muammosini hal qiladi. Agar bu filtr yerga ulangan uch qutbli rozetka tarkibida faoliyat ko‘rsatsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.



11.2-rasm. Ikkita qurilmani elektr ta’minoti zanjiriga ulash varianti.


Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling