FAT32 fayl tizimi katta hajmli disklarga mo‘ljallangan FAT16 tizimining takomillashtirilgan versiyasini ifodalaydi. Fayllarni saqlashning tashkil qilish tamoyili xuddi shunday. Asosiy farqi: FAT jadvalida yozish o‘lchami 1 bit emas, 32 bitni tashkil qiladi. Klasterlar soni 4 milliardga yetishi mumkin, bu o‘z navbatida zamonaviy disklar uchun uning o‘lchamini kichraytirish va unumsiz yo‘qotishlarni kamaytirish imkonini beradi. Mantiqiy diskning mumkin bo‘lgan hajmi (4 Tbayt gacha) ham sezilarli darajada oshadi.
Salbiy tarafi FAT jadvali hajmining majburiy kattalashishi va u bilan ishlashning murakkablashishi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |