2-bob. TIZIMLI PLATANI TANLASH
VA 0‘RNATISH
Tizimli plataning vazifasi va ishlash tamoyili
Ba’zan ona (motherboard) yoki asosiy plata (main board) deb ataluvchi tizimli plata (system board) kompyuterning asosiy bog‘lamalaridan hisoblanadi. Tizimli plataning asosiy vazifasi - kompyuterning hamma bog‘lamasini konstruktiv bitta qurilma sifatida birlashtirishdir (2.1-rasm). Haqiqatdan ham, tizimli plata kompyuterning asosiy ko‘rsatkichlarini, masalan, qanday protses- sorni qo‘llash kerakligini, qaysi tezlikda protsessor bilan tezkor xotira axborot almashina olishini belgilab beradi.
Tizimli plata ko‘p qatlamli teks- tolitdan tayyorlangan bosma plata ko‘rinishida bajariladi. Qatlamlar- ning soni 12 tagacha bo‘lishi mum- kin, ammo ko‘pincha 8 ta qat 1 amli bosma plata ishlatiladi. Har bir qat- lam orasida mikrosxemalarni, qar- shi 1 iklarni, kondensatorlarni va raz- yomlarni o‘zaro ulanishini ta’min- lab turuvchi, yupqa metall qopla- madan ishlangan bosma o‘tkaz- gichlar joylashgan. 2.2-rasmda Gigabyte kompaniyasi ishlab chiqargan tizimli plataning kesimi berilgan.
2.1-rasm. Tizimli plataga o‘rnatiladigan elementlar.
rasmda tizimli plata elektro- nikasining an’anaviy qurish tamoyili soddalashtirilib ko‘rsatilgan. Markaz - 22
Do'stlaringiz bilan baham: |