N. I. Sodiqova, E. A. Korniyenko, M. D. Xoshimxodjayeva


Download 1.34 Mb.
bet82/140
Sana02.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#201911
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   140
Bog'liq
shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish

NAZORAT SAVOLLARI

  1. Axborotni hujjatlashtirish vositasiga qanday qurilma kiradi? Ularning vazifalari.

  2. Printerlarning asosiy tavsiflarini ayting.

  3. Printerlarni tasvir elementlarini tashkil qilishda vaqtga bog‘liqligi bo‘yicha tasniflang.

  4. Printerlarni bosma mexanizmining ishlash tamoyili bo‘yicha tasniflang.

  5. Printerlarni bosmadan olingan tasvirlarni rangi bo‘yicha tasniflang.

  6. Matritsali, oqimli va lazerli printerlarning afzalligi va kamchiliklarini keltiring.

  7. Fotoprinterlar va ko‘pfunksionalli qurilmalar. Ularning afzalligi va kam- chiliklari.

  8. Lazerli printerning ishlash tamoyilini tushuntiring.

  9. Plotterlarning vazifalari va qo‘llanish sohalari.

  10. Peroli plotter va qalam peroli plotterlarning bir-biridan farqini tushuntiring.

  11. Lazerli va oqimli plotterlarning afzalligi va kamchiliklari.

  1. bob. AUDIO JIHQZLAR

Bugungi kunda tarkibida tovush adapted va akustik tizimlar bo‘lgan audio tizimlar deyarli istalgan kompyuter tizimlari konfi- guratsiyasining ajralmas qismi bo‘lib qolgan.

    1. Tovush adapteri

Biz bugungi kunda turli xil kompaniyalar o‘rtasidagi raqobat tufayli tovushni yuqori sifatli qayta ishlash va yangratish dasturlari va qurilmalaridan foydalanish imkoniyatiga egamiz.

Tovush adapteri (tovush platasi) - bu kompyuterga tovushli axborotni yozish va eshittirishga imkon beruvchi qurilmadir. Bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan deyarli barcha tizimli platalar tarkibida ko‘plab foydalanuvchilarning talablarini qondira oluvchi joylashtirilgan tovush platalari mavjud (integrallashtirilgan video karta bilan ay nan bir xil). Yanada kuchli tovush adapteri alohida kengaytirish platasi ko‘rinishida bo‘ladi (6.1-rasm).




6.1-rasm.
Tovush adapterining ko‘rinishi.


Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling