Lazerli printerlar. Lazerli print- erlar bosmaning fotosurat sifatiga yaq- in bo‘lgan ancha yuqori sifatga ega.
5.8-rasm. Lazerli printer Canon LBP-2900.
Bunday apparat ichida (5.8-rasm) baraban joylashgan, bu barabanga bosib chiqarilishi kerak bo‘lgan tasvir yoki matnga tegishli elektr zaryad yo‘naltiradi.
Bu zaryad o‘ziga tonerni tortadi (toner - maxsus kukun, printer mo- deliga qarab - qora yoki rangli). So‘ngra bu kukun qog‘oz varag‘iga (yoki oraliq axborot tashuvchiga, so‘ngra qog‘ozga) o‘tkaziladi. Tasvir qog‘oz varag‘idan to‘kilib ketmasligi uchun toner qog‘ozga mah- kamlaydigan maxsus isitgich orqali o‘tkaziladi. Shuning hisobiga bosma jarayoni uzoq vaqt davom etganda noxush hid paydo bo‘ladi. Umuman, nafaqat maxsus isitgich o‘zidan noxush xid chiqaradi, balki lazerli printerlar ishlash jarayonida zararli ozon gazi ajratadi.
5.9-rasm. Lazerli printerning ishlash prinsipi.
5.10-rasm. Yorug‘lik diodli printer.
Lazerli printerlarning afzalliklariga uning sifati va bosma tezligining juda yuqoriligini kiritish mumkin (5.9-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |