Fotoprinterlar. Fotoprinterlar - bu printerning maxsus turi bo‘lmay, balki raqamli fotoapparatlar bilan ishlashga mo‘ljallangan oqimli prin- terlardir (5.7-rasm). Fotoprinterlar- ning asosiy vazifasi - kompyuterdan foydalanmasdan, tezkor fotosuratni bosmaga chiqarishdir. Bunday prin- terlardan an’anaviy usul bilan ham foydalanish mumkin.
5.7-rasm. EPSON korporatsiyasining PictureMate fotoprinteri.
Anchagina rivojlangan fotoprinterlar fotosuratlarni kompyuter yorda- misiz tahrirlash imkoniyatini beruv- chi SK (suyuq kristalli) - ekran va
«himoyalangan» dasturiy ta’minot bilan jihozlangan bo‘ladi. Rangli SK - ekran kerakli fotosuratni tanlash, bosmaga chiqarish sohasini o‘zgartirish, o‘lchamini belgilash, yorqinlik va ravshanliklarni sozlash imkonini beradi. Maxsus funksional
tugmalar yordamida foydalanuvchi tasvirni masshtablashi va kerak bo‘lmagan sohasini olib tashlashi mumkin. Bundan tashqari bosmaga chiqarishda turli effektlarni, masalan, rangli suratni oq-qora rangda bosmaga chiqarish, monoxrom tasvirni iliq rang chegaralarida jilo berishi mumkin.
Fotoprinterlar USB interfeysi va deyarli barcha turdagi flesh kartalarini ulash uchun mo‘ljallangan slotlar bilan jihozlangan - bu, raqamli fotokamerani va flesh kartalarni bevosita printerga ulash imkonini beradi. Fotoprinterlar ko‘pincha I va II tipdagi CompactFlash, SmartMedia, Sony Memory Stick, Secure Digital va MultiMedia Cards xotira kartalarini o‘qiy oladi.
Fotoprinterlarning takomillashgan modellarining ruxsat berish xususiyati 4800x1200 dpi gacha yetkazildi (real, ruxsat berish xususiyati bari-bir 600x600 dpi ligicha qoladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |