N. I. Sodiqova, E. A. Korniyenko, M. D. Xoshimxodjayeva


Download 1.34 Mb.
bet77/140
Sana02.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#201911
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   140
Bog'liq
shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish

Oqimli printerlar. Oqimli prin- terlarning hususiyatlarini ko‘rib chi- qamiz (5.6-rasm). Oqimli bosmaga chiqarish lazerli bosmaning butkul aksidir. Qoidaga ko‘ra, bu yuqori tezlikda qora rangdagi matnni bos- maga chiqarish emas, aksincha, yuqori sifatli rasmni sekinlik bilan qog‘ozda aks ettirishdir.


5.6-rasm. Oqimli printer- ning ko‘rinishi.



Oqimli printerlarning bosma­ga chiqarish moslamasida siyohning mayda tomchilarini pur- kovchi soplo naychalar mavjud. Bu zarbasiz bosmaga chiqarish qurilmasi hisoblanadi. Bosmaga chiqarish moslamasining mat- ritsasi odatda 64 tagacha soplolardan iborat bo‘ladi. Tasvir shakl- lanishi jarayonida keskin bug‘lanish hisobiga siyoh soplodan qog‘ozga sachraydi (soplo devorlariga siyohlarning haroratini keskin ko‘taradigan elektr qizdiruvchi elementlar joylashtirilgan).

Tabiiyki, bunday qurilmalarning tuzilishi lazerli qurilmalarga nisbatan ancha sodda. Bu yerda baraban ham, lazerlar ham,

isitgich ham yo‘q. G‘ilof ichida faqatgina bitta (yoki bir nechta) kartridj joylashadi. Shunday qilib, oqimli printerlarda bor yo‘g‘i ikkita asosiy element - kartridj va bosmaga chiqarish moslamasi bo‘ladi.

Termik oqimli va pezoelektrik texnologiyalar ham mavjud. Termik oqimli texnologiya narxi arzon bo‘lgan bosmaga chiqarish moslamasini qo‘llashni mo‘ljallaydi. Bu zaruriyat tug‘ilganda ularni almashtirish imkoniyatini beradi.

Bu texnologiyada rasm yoki matnni qog‘ozga tushirish uchun siyoh keskin qizdiriladi va ular issiqdan kengayib, tashqariga uchib chiqadi va qog‘ozda o‘yilgan nuqtalarni hosil qiladi. Harorat tushgandan keyin siyoh bug‘lari to‘planadi, soploda past bosim zonasi vujudga keladi va unga siyohlarning yangi oqimi kelib tushadi.

Epson firmasi bunday bosmaning birmuncha yaxshilangan variantining qo‘llanishini ham ishlab chiqdi: bu holda asosida pezokristall xususiyati bo‘lgan o‘ziga xos pezoelektrik texno- logiyadan foydalaniladi. Printerning bosmaga chiqarish moslamasi tarkibida moslamaning soplosi asosida joylashgan ko‘p miqdorli kichik pezokristallar mavjud. Elektr toki ta’sirida kristall soploda mexanik bosimni yuzaga keltiradi va siyohni tashqariga otilishiga majbur qilib, soplo asosidagi potensiallar maydonini o‘zgartirishi mumkin. Bunday texnologiya bosma aniqligining 1440 dpi va undan ortig‘ini ta’minlaydi.

Oqimli printerlarning asosiy afzalliklari - bu bosmaning yuqori sifatliligi, tezligining yuqoriligi (10 ppm gacha) va shovqinsiz ishlashidir. Printerlarni ishlab chiqarish bo‘yicha jahonda yetakchi firmalar HP, Canon, Epson, Xerox firmalari hisoblanadi.

Hozirgi vaqtda ayrim printerlarning tomchi kattaliklari bir pikolitrdan oshmaydi (bu kattalikni qalinligi bo‘yicha inson sochi qalinligining o‘ndan bir qismiga, ya’ni 1/100

mm ga tenglashtirish mumkin). Shuni aytib o‘tish kerakki, barcha kompaniyalar ham asosiy e’tiborni tomchi kattaligiga qaratmaydi. Shunday ayrim ishlab chiqaruvchilar (masalan, NR) bosma sifatini noaniq tomchilar o‘lchamini kamaytirib emas, balki ranglarni sifatli aralashtirish hisobiga oshirishga harakat qiladilar. Umuman olganda, siyoh tomchilarning minimal o‘lchami 1-1,5 (Canon va Epson da) dan 4-5 (Lexmark va NR da) pikolitrgacha bo‘ladi.

Ranglar ikki guruhga bo‘linadi - pigmentli va suvda eruvchi. Suvda eruvchi siyohlar surat va rasmlarning ranglarini yaxshiroq aks ettiradi, vaholangki, ikkala variant ham ko‘pchilikning e’tiboriga sazovor bo‘lgan. Pigmentli siyohlar suvga chidamli bo‘ladi, suvda eruvchilari ham (agar ularni suvga solinmasa) ba’zan juda chidamli bo‘ladi.


Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling