83
skanerlardan va video kiritish qurilmalaridan foydalanish; uchinchidan, turli formatdagi ma’lumotlar bilan ishlash imkoniyatini ta’minlash. TWAIN-interfeysi tufayli TWAINni quvvatl aydigan amaliy dasturlar, masalan, CorelDraw, Picture Publisher, PhotoFinish ishlayotganda bir vaqtning o‘zida tasvirlarni kiritish mumkin. Demak, ixtiyoriy TWAINni quvvatlaydigan dastur TWAIN ni quvvatlaydigan skaner bilan birga ishlay oladi.
Tasvir ko‘rinishlari kompyuterda turli, masalan, TIFF, RSX, VMR, GIF va boshqa formatdagi grafik fayllarda saqlanishi mumkin. Rasmni skanerlashda olingan fayl katta o‘lchamli va hajmli (10-100 MBayt) bo‘lishi mumkin. Saqlanayotgan axborotning hajmini kamaytirish uchun, odatda, bunday fayllarni kompressiyalash (siqish) jarayoni qo‘llaniladi.
Epson skanerlari uchun majmua tarkibida qabul qilingan tasvirni skanerlash va qayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni bajaruvchi dasturiy ta’minot mavjud bo‘ladi.
Epson Scan. Epson Scan dasturi yordamida hujjat yoki shaffof rasmni skanerlash mumkin. Avtomatik ish tartibidan foydalanib, dastur barcha ishni o‘zi bajaradi, faqat hujjat yoki shaffof rasmni skanerga joylashtirish va tugmani bosish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |