124
Endi bu imkoniyat Windows 98/2000/XP/Vista operatsion tizimlarida mavjuddir. Windows 98 operatsion tizimi bir vaqtning o‘zida har biri turli ko‘rinishdagi ishchi stolni ifoda qiladigan to‘qqiztagacha (Windows 2000/XP da o‘ntagacha) monitor va videoadapterlardan foydalanish imkonini beradi. Windows Vista operatsion tizimida bir necha monitorni qo‘llash ish tartibi Windows XP operatsion tizimidan farq qiladi. Bu yerda hammasi qo‘llanilayotgan WDDM monitor drayveriga bog‘liqdir. Bir necha monitorni qo‘llash vaqtidagi sozlashda operatsion tizim videoxotirada virtual ishchi stolni (displeyni) yaratadi (7.7-rasm).
7.7-rasm. Bitta dasturni bir necha monitorning ekranida aks ettirish uchun mo^jallangan Matrox DualHead2Go qurilmasidan foydalanish.
Virtual ishchi stolning turli qismlarini aks ettirish uchun bir necha monitorlardan foydalaniladi, bunda turli ilovalarning muloqat oynasi alohida monitorlarda joylashtiriladi.
7.8-rasmda tizimli plata razyomiga videoadapterni o‘rnatish (a) va uni vint bilan mahkamlash (b) ko‘rsatilgan.
a)
b)
rasm. Videoadapterni o‘rnatish (a), adapterni mahkamlash (b).
Do'stlaringiz bilan baham: |