Ular grafik protsessorlarda hamda xotira 7.9-rasm. Radiator. chiplarida o‘rnatiladi (7.9-rasm).
Issiqlik naychalari. Passiv sovitish tizimli videokartalar ko‘pincha issiqlik naychalaridan foydalanadi. Radiatorning yuzasi qanchalik katta bo‘lsa, issiqlik shunchalik yaxshi qaytariladi (ko‘pincha ventilator yordamida). Ammo ba’zan bo‘sh joyning cheklanganligi uchun chipning o‘zida katta radiatorni o‘rnatish qiyin bo‘ladi. Bunday vaziyatlarda issiqlik naychalari yordam beradi, chunki ular chipning qiziyotgan qismidan radiatorga issiqlikni uzatishni kuchaytiradi. Chip ustiga issiqlik o‘tkazishi yuqori bo‘lgan materialdan ishlangan plastina yotqiziladi. So‘ngra
7.10-rasm. Issiqlik naychalari. 7. 11-rasm. Videoadapter kuler bilan.
unga issiqlikni radiatorga qaytaradigan issiqlik naychalari mus- tahkamlanadi va issiqlik oson tarqatib yuboriladi (7.10-rasm).
Kulerlar. Ko‘p hollarda videokarta kuleri radiatorga mah- kamlangan issiqlikni qaytarish uchun radiatorning yuzasi bo‘ylab havoni puflaydigan ventilatordan tashkil topgan. Videokartaning kuleri ko‘pincha grafik protsessorni sovitadi, chunki bu videokartaning eng issiq komponentidir. Ko‘pincha nafaqat grafik protsessorni, balki videoxotira chipini ham sovitadigan videokar- ta kuleri VGA-kulerlar deb ataladi (7.11-rasm).
Axborotni vizual aks etish vositalari
Axborot chiqarishni tashkil qilish va vizual aks ettirish uchun shaxsiy kompyuterning displeyi bilan bir qatorda proeksiyalash texnikasi keng qo‘llaniladi.
Proektorlar. Multimedia-proektor kompyuter, videomagnito- fon, videokamera, fotokamera kabi turli xil signal manbalaridan olingan axborotni katta ekranda aks ettirish imkonini beradi.
Multimedia-proektorning asosiy tavsiflaridan biri uning yorqinligi yoki yorug‘lik oqimidir. Berilgan yorug‘likda va ekran materialining sifatida yorug‘lik oqimi qancha quvvatli bo‘lsa, tasvirning o‘lchamini shuncha katta olish mumkin. Yorug‘lik oqimi (ANSI-lyumenda o‘lchanadi) proektorning konstruksiyasiga, LCD - panelning sifatiga, quvvatiga va lampaning tipiga bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |