127
7.12-rasm. Proektorlarning turlari.
LCD-panelning yoki DMD-chipning ruxsat berish xususiyati ham proektorni tanlashga ta’sir ko‘rsatadigan muhim ko‘rsatkich- lardan biri. Ko‘pchilik panellar va chiplar kompyuterlar uchun qabul qilingan 640x480 (VGA), 800x600 (SVGA), 1024x768 (XGA), 1280x1024 (SXGA) kabi standart ruxsat berish xususiyatini hisobga olgan holda ishlab chiqariladi. Oxirgi vaqtlarda asosan videotasvirlarni ko‘rish uchun mo‘ljallangan, ruxsat berish xususiyati 1366x768 bo‘lgan Wide XGA standartining LCD-panelli multimedia-proektorlari yaratildi.
Ularning vujudga kelishi ekran tomonlarining nisbati an’anaviy bo‘lgan 4:3 o‘rniga tomonlar nisbati 16:9 bo‘lgan «keng» ekranlarning ommabopligi bilan belgilandi.
Web-kameralar. Web-kamera - bu videokamera, kompres- siyalash protsessori va joylashtirilgan web-serverdan tashkil topgan raqamli qurilmadir. Web-kamera videokuzatuvni tashkil qilish va LAN/WAN/Internet tarmoqlari bo‘yicha videotasvirni uzatish uchun mo‘ljallangan (7.13-rasm).
Web-kamera tarmoqda ishlashi uchun maxsus qurilma va shaxsiy kompyuter talab qilinmaydi.
7.13-rasm. Web-kameralarning turlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |