N. I. Xalilova tdpu "Amaliy psixologiya" kafedrasi mudiri, ps f. n
Download 308.38 Kb. Pdf ko'rish
|
7767 1017 11.Пед псих ўзбек
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirish
2 Annotatsiya Dastur 5A110902 – Pedagogika va psixologiya magistratura mutaxassisligiga kiruvchilar uchun 5110900 Pedagogika va psixologiya: ta’lim yo‘nalishining 2017/2018 o‘quv yilida tasdiqlangan o‘quv rejasidagi asosiy fanlar asosida tuzilgan. TUZUVChILAR: N.I.Xalilova – TDPU “Amaliy psixologiya” kafedrasi mudiri, ps.f.n., dotsent. F.O.Mirzaeva – TDPU “Ijtimoiy pedagogika” kafedrasi mudiri, p.f.n., dotsent. Dastur pedagogika va psixologiya fakultetining 2021-yil 30-iyundagi 11-sonli Kengashida muhokama qilingan va tasdiqlashga tavsiya etilgan. 3 Kirish 5A110902 – Pedagogika va psixologiya magistratura mutaxasisligi bo’yicha o’qishga kiruvchilar uchun test savollari pedagogika oliy ta’lim muassasalarining pedagogika va psixologiya bakalavriat yo’nalishlarida o’qitilgan “Pedagogika nazariyasi va tarixi”, “Pedagogik mahorat”, “Psixologiya nazariyasi va tarixi”, “Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya”, “Ijtimoiy psixologiya” kurslari mazmuni asosida tayyorlangan. “Pedagogika nazariyasi va tarixi” kursi pedagogika fanining shakllanishi va rivojlanishi, maqsad va vazifalari, predmeti, ilmiy-tadqiqot metodlari, shaxs rivojlanishi va unga ta’sir etuvchi omillar, yagona pedagogik jarayon va uning mohiyati, didaktika (ta’lim nazariyasi), ta’lim jarayoni qonuniyatlari va tamoyillari, ta’lim mazmuni, ta’lim metodlari va vositalari, ta’limni tashkil etish shakllari, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini tashxis etish, tarbiya jarayoni mazmuni, mohiyati, qonuniyatlari, tamoyillari, tarbiyaning umumiy metodlari, tarbiya turlari mazmuni, mohiyati, maqsad va vazifalari, shakl, metod va vositalari, ta’lim muassasalarini boshqarish, korrektsion pedagogika asoslarini o‘z ichiga qamrab oladi. Shuningdek, U eng qadimgi davrlardan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi e’lon qilingandan keyingi davrda pedagogik fikrlar va ta’lim tizimining rivojlanishi hamda eng qadimgi davrlardan hozirgi kungacha jahon mamlakatlarida tarbiya, ta’lim va pedagogik fikrlar rivojiga doir masalalarni o‘zida aks ettiradi. “Pedagogik mahorat” kursida pedagogik mahorat va madaniyat, ta’lim amaliyoti va pedagogik fikrlar tarixida o‘qituvchi mahorati masalasining aks etishi, pedagogik qobiliyat, o‘qituvchining kommunikativ qobiliyati, muloqot psixologiyasi va muloqot madaniyati, pedagogik muloqot, pedagogik takt va pedagogik etika, pedagogik texnika va uni egallash yo‘llari, nutq madaniyati, o‘qituvchining o‘quv jarayonidagi mahorati, o‘qituvchining tarbiyachilik mahorati, o‘qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etish, o‘z-o‘zini tarbiyalash va o‘z ustida ishlash, ilg‘or pedagogik tajribani ommalashtirish kabi masalalar o‘rganiladi. “Psixologiya nazariyasi va tarixi” fanida kasblar va professionalizm mutaxassislikka kirish fanining asosiy tushunchasi sifatida, malakali psixolog nazariyotchi va amaliyotchi va amaliyotchi sifatida, amaliyotchi psixologning faoliyat sohalari, amaliyotchi psixolog faoliyatining umumiy masalalari, psixologning kasbiy o‘zini o‘zi anglashning axloqiy jihatlari, psixologiya tarixi faniga kirish, psixologiyani dastlabki va o‘rta asrlarda rivojlanishi, XVIII-XIX asrlarda psixologiyani rivojlanishi, XX asrning ikkinchi yarmida yangi yo‘nalishlarni yuzaga kelishi, Umumiy psixologiya fanining predmeti, vazifalari, metodlari, psixologiya zamonaviy fanlar tizimida, psixika va uning evolyusiyasi, faoliyat, shaxs, bilish jarayonlari, shaxsning hissiy irodaviy sohasi, shaxsning individual psixologik xususiyatlariga doir nazariy masalalar o‘rganiladi. “Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya”-rivojlanish psixologiyasiga kirish, rivojlanish psixologiyasini shakllanish tarixi, tadqiqot metodlari, fanning asosiy kategoriyalari, rivojlanishning turli bosqichlaridagi 4 shaxsning psixologik taraqqiyoti va undagi o‘zgarishlar, psixogerantologiyaning asosiy muammolari, ta’lim psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi va o‘qituvchi psixologiyasining asosiy masalalari o‘rganiladi. “Ijtimoiy psixologiya” fani shaxs va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning turli qirralarini yoritishda zarur bo‘lgan nazariy-metodologik va uslubiy bazani hosil qilish, zamonaviy ijtimoiy psixologiyaning tadqiqot metodlarini pedagogik va psixologik ish faoliyatida kodlay bilish, ijtimoiy psixologiya shug‘ullanadigan fundamental masalalar - muloqot, guruhlar psixologiyasi, shaxsning ijtimoiy psixologik sifatlari, uning jamiyatda ijtimoiylashuvi jarayoni, shaxsning ijtimoiy ustanovkalari, shaxslararo munosabatlarda namoyon bo‘ladigan holatlar, boshqaruv psixologiyasi asoslari va liderlik muammolari, shuningdek konfliktologiya fanining predmeti va ob’ekti, konflikt tushunchasining mohiyati, konfliktologiya borasidagi g‘oyalarini shakllanishi, konfliktologiya fanining rivojlanishi, konfliktologiya fanining asosiy maqsad va vazifalari kabi masalalarga doir materiallar o‘rganiladi. Mutaxassisliklar bo‘yicha qilinayotgan dasturda - imtihon shakli qilib test kiritilishi, savollar soni 50 ta, shundan: 30 mutaxasislik bo‘yicha va 10 ta psixologiya va 10 ta pedagogikadan savollar bo‘ladi. Download 308.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling