N. I. Xalilova tdpu "Amaliy psixologiya" kafedrasi mudiri, ps f. n


Download 308.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana14.05.2023
Hajmi308.38 Kb.
#1461523
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7767 1017 11.Пед псих ўзбек



 
 
 
 
 
 
 



Annotatsiya
Dastur 
5A110902 
– 
Pedagogika 
va 
psixologiya 
magistratura 
mutaxassisligiga kiruvchilar uchun 5110900 Pedagogika va psixologiya: ta’lim 
yo‘nalishining 2017/2018 o‘quv yilida tasdiqlangan o‘quv rejasidagi asosiy fanlar 
asosida tuzilgan. 
 
 
TUZUVChILAR: 
 
 
 
 
 
 
N.I.Xalilova – TDPU “Amaliy psixologiya” kafedrasi mudiri, ps.f.n., 
dotsent. 
F.O.Mirzaeva – TDPU “Ijtimoiy pedagogika” kafedrasi mudiri, p.f.n., 
dotsent. 
Dastur pedagogika va psixologiya fakultetining 2021-yil 30-iyundagi
11-sonli Kengashida muhokama qilingan va tasdiqlashga tavsiya etilgan. 



Kirish 
 
5A110902 – Pedagogika va psixologiya magistratura mutaxasisligi bo’yicha 
o’qishga kiruvchilar uchun test savollari pedagogika oliy ta’lim muassasalarining
pedagogika va psixologiya bakalavriat yo’nalishlarida o’qitilgan “Pedagogika 
nazariyasi va tarixi”, “Pedagogik mahorat”, “Psixologiya nazariyasi va tarixi”, 
“Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya”, “Ijtimoiy psixologiya” 
kurslari mazmuni asosida tayyorlangan. 
“Pedagogika nazariyasi va tarixi” kursi pedagogika fanining shakllanishi va 
rivojlanishi, maqsad va vazifalari, predmeti, ilmiy-tadqiqot metodlari, shaxs 
rivojlanishi va unga ta’sir etuvchi omillar, yagona pedagogik jarayon va uning 
mohiyati, didaktika (ta’lim nazariyasi), ta’lim jarayoni qonuniyatlari va 
tamoyillari, ta’lim mazmuni, ta’lim metodlari va vositalari, ta’limni tashkil etish 
shakllari, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini tashxis etish, tarbiya 
jarayoni mazmuni, mohiyati, qonuniyatlari, tamoyillari, tarbiyaning umumiy 
metodlari, tarbiya turlari mazmuni, mohiyati, maqsad va vazifalari, shakl, metod va 
vositalari, ta’lim muassasalarini boshqarish, korrektsion pedagogika asoslarini o‘z 
ichiga qamrab oladi. Shuningdek, U eng qadimgi davrlardan O‘zbekiston 
Respublikasi mustaqilligi e’lon qilingandan keyingi davrda pedagogik fikrlar va 
ta’lim tizimining rivojlanishi hamda eng qadimgi davrlardan hozirgi kungacha 
jahon mamlakatlarida tarbiya, ta’lim va pedagogik fikrlar rivojiga doir masalalarni 
o‘zida aks ettiradi. 
“Pedagogik mahorat” kursida pedagogik mahorat va madaniyat, ta’lim 
amaliyoti va pedagogik fikrlar tarixida o‘qituvchi mahorati masalasining aks etishi, 
pedagogik qobiliyat, o‘qituvchining kommunikativ qobiliyati, muloqot 
psixologiyasi va muloqot madaniyati, pedagogik muloqot, pedagogik takt va 
pedagogik etika, pedagogik texnika va uni egallash yo‘llari, nutq madaniyati, 
o‘qituvchining o‘quv jarayonidagi mahorati, o‘qituvchining tarbiyachilik mahorati, 
o‘qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etish, o‘z-o‘zini tarbiyalash va o‘z ustida 
ishlash, ilg‘or pedagogik tajribani ommalashtirish kabi masalalar o‘rganiladi. 
“Psixologiya nazariyasi va tarixi” fanida kasblar va professionalizm 
mutaxassislikka kirish fanining asosiy tushunchasi sifatida, malakali psixolog 
nazariyotchi va amaliyotchi va amaliyotchi sifatida, amaliyotchi psixologning 
faoliyat sohalari, amaliyotchi psixolog faoliyatining umumiy masalalari,
psixologning kasbiy o‘zini o‘zi anglashning axloqiy jihatlari, psixologiya tarixi 
faniga kirish, psixologiyani dastlabki va o‘rta asrlarda rivojlanishi, XVIII-XIX
asrlarda psixologiyani rivojlanishi, XX asrning ikkinchi yarmida yangi 
yo‘nalishlarni yuzaga kelishi, Umumiy psixologiya fanining predmeti, vazifalari, 
metodlari, psixologiya zamonaviy fanlar tizimida, psixika va uning evolyusiyasi, 
faoliyat, shaxs, bilish jarayonlari, shaxsning hissiy irodaviy sohasi, shaxsning 
individual psixologik xususiyatlariga doir nazariy masalalar o‘rganiladi.
“Rivojlanish 
psixologiyasi. 
Pedagogik 
psixologiya”-rivojlanish 
psixologiyasiga kirish, rivojlanish psixologiyasini shakllanish tarixi, tadqiqot 
metodlari, fanning asosiy kategoriyalari, rivojlanishning turli bosqichlaridagi 



shaxsning psixologik taraqqiyoti va undagi o‘zgarishlar, psixogerantologiyaning 
asosiy muammolari, ta’lim psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi va o‘qituvchi 
psixologiyasining asosiy masalalari o‘rganiladi.
“Ijtimoiy psixologiya” fani shaxs va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro 
munosabatlarning turli qirralarini yoritishda zarur bo‘lgan nazariy-metodologik va 
uslubiy bazani hosil qilish, zamonaviy ijtimoiy psixologiyaning tadqiqot 
metodlarini pedagogik va psixologik ish faoliyatida kodlay bilish, ijtimoiy 
psixologiya shug‘ullanadigan fundamental masalalar - muloqot, guruhlar 
psixologiyasi, shaxsning ijtimoiy psixologik sifatlari, uning jamiyatda 
ijtimoiylashuvi 
jarayoni, 
shaxsning 
ijtimoiy 
ustanovkalari, 
shaxslararo 
munosabatlarda namoyon bo‘ladigan holatlar, boshqaruv psixologiyasi asoslari va 
liderlik muammolari, shuningdek konfliktologiya fanining predmeti va ob’ekti, 
konflikt tushunchasining mohiyati, konfliktologiya borasidagi g‘oyalarini 
shakllanishi, konfliktologiya fanining rivojlanishi, konfliktologiya fanining asosiy 
maqsad va vazifalari kabi masalalarga doir materiallar o‘rganiladi.
Mutaxassisliklar bo‘yicha qilinayotgan dasturda - imtihon shakli qilib test 
kiritilishi, savollar soni 50 ta, shundan: 30 mutaxasislik bo‘yicha va 10 ta 
psixologiya va 10 ta pedagogikadan savollar bo‘ladi.

Download 308.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling