Ijtimoiylashuv inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash, hayot va faoliyat jarayonida uni faol tarzda qo‘llash jarayonidir. Sodda til bilan aytganda, ijtimoiylashuv har bir shaxsning jamiyatga qo‘shilishi, uning me’yorlari, talablari, kutishlari va ta’sirini qabul qilgan holda, har bir harakati va muomafasida uni ko‘rsatishi va kerak bo‘lsa, shu ijtimoiy tajribasini o‘z navbatida o‘zgalarga o‘rgata olish jarayonidir.
Ijtimoiylashuv so‘ziga berilgan ta’riflardan eng keng tarqal- gani (lot. Socialis — ijtimoiy, jamoaviy) individning jamiyatga kirib borib, undagi hayot uchun zarur bo‘ladigan malaka, rollar, me’yorlar va qadriyatlarni o‘zlashtirishidir. Ijtimoiylashuv jaray- onida insonlarda jamiyatdagi muloqotning ishtirokchisi boiishi uchun kerak bodadigan ijtimoiy sifatlar, bilimlar, ko‘nikmalar shakllanib boradi.
Hozirgi zamon psixologiyasida ijtimoiylashuv terminining yana ikkita sinonimi keng qodlaniladi: ya’ni bular «shaxs shakl- lanishi» va «tarbiya» jarayonidir. Ijtimoiylashuv «individning jamiyatga kirib borishi», «ijtimoiy ta’sirlarni o‘zlashtirish» hamda «ijtimoiy aloqa jarayonida ulardan foydalanish» kabi tushunchalar orqali ham ifodalanadi.
Ijtimoiylashuv — bu bizningjamiyatga qo‘shilib yashashimiz va shu jamiyatda mavjud bo‘lgan ijtimoiy tajribalarni o‘zlashtirishimizdan iborat bo‘lgan jarayondir. Bu jarayon uch bosqichdan iborat holda kechadi:
Individ ijtimoiy tajribani
qabul qilishi, singdirishi;
o‘z hayoti, faoliyati, munosabati jarayonida qo‘llashi;
o‘zgalarga uzatishi, o‘z ta’sirini o‘tkaza olish jarayonidir*.
Ijtimoiylashuvni quyidagi sxema orqali tushunish osonroq kechadi:
Ijtimoiylashuv ikki tomonlama jarayondir, bir tomondan individning jamiyatga kirib borib, undagi malakalarni o‘zlashtirish jarayoni boisa, ikkinchi tomondan, inson faolligi hamda jamiyatdagi faol ishtiroki orqali ijtimoiy aloqalarni o‘rnatishdir. Ijti- moiylashuv g‘oyasini psixologiya sohasiga kiritgan hamda bu muammoni ijtimoiy psixologik bilimlarni rivojlantirish uchun muammo sifatida olib kirgan olimlar ijtimoiylashuvning aynan shu ikki tomoniga katta e’tibor qaratishgan.
lx
Co
I
Jamiyatga qo'shilib yashashimiz
Do'stlaringiz bilan baham: |