N. Ismoilova, D. Abdul- layeva; 0‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Shaxslararo munosabatlarda stigma va diskriminatsiyaning namoyon bo‘lishi
Download 356.57 Kb.
|
Ijtimoiy psixologiya
Shaxslararo munosabatlarda stigma va diskriminatsiyaning
namoyon bo‘lishi Diskriminatsiya va stigma har bir jamiyatda, har bir guruhda mavjud bo‘lib, shaxsning me’yorl hayot kechirishi, uni ushbu jamiyatda o‘z o‘rnini topishi, mavqega ega bo‘lishiga bevosita o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ayrim hollarda esa inson huquqlari buzilishi- ga va eng yomoni uning himoyalanmay qolishiga olib keladi. Aksariyat hollarda bunday cheklovlarga ijtimoiy zaif guruh va- killari (ayollar, homiladorlar) yoki xavfli guruhga mansub shaxs- lar (giyohvandlar, OIV bilan kasallanganlar, sil kasalligi borlar), shuningdek, yoshlarga nisbatan munosabatlardagi tafovutlarda kuzatilishi mumkin. Shaxslaro munosabatlar tizimida uchraydigan shaxsga tegishli yana bir xulq-atvor turi stigmalash holatidir. Bu atama qadimgi yunon tilidan olingan boiib, stigma — «belgi», «dog‘» ma’nolarini ifodalaydi. «Men» — konsepsiyaning inson xulq-atvoriga ta’siri borasi- da tadqiqot olib borgan Djenifer Kroker va Brenda Mayorlar o‘tkazgan ko‘p yillik tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, badanida turli chandiqlar, teri patologiyalari, ko‘zga tashlanadigan badbashara- liklar va shu kabi stigmalarga ega boigan kishilarning jamiyat- dagi xulqi o‘ziga xos bo‘lar ekan. Ulardagi jismoniy kamchiliklar boshqa insonlarning rahmini keltirishi yoki ularda qo‘rquv hissini keltirib chiqarishi mumkin bodib, bunday odamlar o‘z kamchi- liklarini ataylab hammaga ko‘z-ko‘z qilishlari mumkin ekan. Bu bilan ular o‘z kamchiliklari orqali o‘z «Men»ini namoyon etish- ga urinadilar, chunki stigmali insonlarning «Men» konsepsiyasi markazida aynan o‘z stigmasini anglash turadi. Yana bir narsaga e'tiboringizni qaratamiz, stigmalangan o‘z- o‘zini anglash faqatgina qandaydir tashqi kamchilikka ega inson- larda emas, balki umuman nimasi bilandir boshqalardan ajralib turuvchi insonlarda ham shakllanishi mumkin. Albert Megrab- yanning fikricha, aholisining ko’pchiligini oq tanlilar tashkil qiladigan AQSHda qora tanlilarda stigmalangan o‘zini anglash shakllanib qolar ekan. Chunki ko‘pchilikni tashkil qiluvchi oq tanlilar ularga o‘z salbiy fikrlarini noverbal kommunikatsiya ka- nallari orqali yetkazib turadilar. Shu yo‘i bilan milliy yoki irqiy jihatdan kamchilikni tashkil qiluvchi insonlarda yoshhgidanoq stigmalangan o‘z-o‘zini anglash shakllanadi. Bundan tashqari shaxs xususiyatlarida kamchiligi boigan insonlarda ham stigmali o‘zini anglash shakllanishi mumkin, o‘zida biror-bir ustunlikni ko‘rmagandan keyin ular o‘z ruhiy kamchiliklarini ro‘kach qilib, shu bilan faxrlanib yurishi mumkin (Payns E., Maslach K., 2000). Albatta inson xulq-atvorini faqat- gina «Men» konsepsiyaning tarkibi emas, balki, o‘z-o‘zini ang- lashning u yoki bu funksiyasi rivojlanganligi ham determinatsi- yalaydi. Biroq bizga omma psixologiyasi bo‘limidan shu narsa ma’lumki, inson xatti-harakatining juda kam qismi ongli bo‘lib, katta qismi anglanmagan mayllar bilan shartlashadi. Shu sababli ongsizlikka singib ketgan stigmalar xohlaymizmi-yo‘qmi, bizni boshqarishi mumkin. Albatta bu qarash hozirda ko‘p munozara- larga sabab bo‘layotgan bo‘lsa-da, ma’lum bir toifadagi insonlar uchun o‘rinlidir. Download 356.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling