N. J. Toshmanov rivojlanish biologiyasi
Quyidagi kо‘nikmalarga ega bо‘lishi kerak
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Мустақил таълим кўрсатмалар (1)
Quyidagi kо‘nikmalarga ega bо‘lishi kerak:
1. Fanga oid rasmlarni “о‘qish”. 2. Mikropreparatlar tayyorlar. 3. Mikroskop bilan ishlay olish. 4. Mikropreparatlarni “о‘qiy” olish. 5. Mavzu bо‘yicha dars ishlanmalarini yaratish. 14 MAVZULARNI MUSTAQIL О‘ZLASHTIRISH UCHUN TOPSHIRIQ TURLARI VA ULARNI BAJARISH BО‘YICHA KО‘RSATMALAR Referat tayyorlash. Mavzuga oid ma’lumotlar referat kо‘rinishiga keltiriladi. Titul varog‘ida – oliy ta’lim muassasasi nomi, bajaruvchining guruhi, familiyasi, ismi, sharfi, referat mavzusi va yil yoziladi. Albatta katta harflar bilan referat sо‘zi bо‘lishi va mavzuga oid rasm bо‘lsa yanada yaxshi bо‘ladi. Masalan: Keyingi betida referat rejasi beriladi. Qavs ichida nechanchi betdan boshlanishi kо‘rsatiladi. Masalan: KIRISH (3) I bob. Mavzu bо‘yicha adabiyotlar sharxi (4). II bob. Adabiyotlar va elektron manbalardagi nomutonosibliklar(21). Xulosa (32) Kirishda mavzuning ahamiyati, referatning maqsadi va vazifalari yoritiladi, 1-bobda asosiy adabiyotda berilgan ma’lumotlar beriladi va 2- bobda bir necha adabiyotlar solishtiriladi va bir biriga zid keladigan tushunchalar muhokama qilinadi. Xulosa qismida referat tо‘g‘risida qisqacha ma’lumot beriladi. Referatning oxirgi varog‘ida foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati keltiriladi. Referatning barcha varog‘i nomerlanadi. Taqdimot yaratish tayyorlash tartibi. Mavzu bо‘yicha elektron taqdimotlar PowerPoint dasturi asosida yaratiladi. 1- slaydda talabaning yо‘nalishi, guruhi, familiyasi, ismi, sharfi, mavzu nomi va yil yoziladi. Taqdimotda quyidagi saydlar farq qilinadi: – Matnli slayd – bunda mavzuga oid materiallar tezis holatda qisqa yoziladi; 15 – Shaklli slayd – tushunchalar PowerPoint oynasining vstavkasi panilidagi figuri va SmartArt komandasida joylashgan shakllarga joylashtirladi; – Jadvalli slayd – mavzuga oid materiallar jadval kо‘nishida keltiriladi; 16 Rasmli slayd – mavzuga oid rangli rasmlar va sxemalar joylashtiriladi; – Video va animatsiyali slayd – bunda mavzuga oid video va animatsiyalar giperssilka orqali slaydga biriktiriladi. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling