N. K. Ramazonova kadrlar bilan ishlashni tashkil
Mеhnat nizosini hal qilib bеrishni so‘rab sudga murojaat etish
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
N. K. Ramazonova kadrlar bilan ishlashni tashkil
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yakka mehnat nizolari.
Mеhnat nizosini hal qilib bеrishni so‘rab sudga murojaat etish
muddati. Mеhnat nizosini hal etish to‘g‘risidagi ariza sudga xo- dim o‘z huquqlari buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan e’tiboran uch oy muddat ichida, ishdan bo‘shatilganlik to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan esa ishdan bo‘shatilganlik to‘g‘risidagi buyruqning ko‘chirma nusxasi olingan yoki mеhnat daftarchasi olingan kundan e’tiboran bir oylik muddat ichida topshiriladi. Pul talabnomalari yuzasidan chiqariladigan qarorlar- da summaning miqdori aniq ko‘rsatilishi zarur. Mehnat nizo- larini ko‘ruvchi komissiyada kasaba uyushmasi komiteti bilan ma’muriyat vakillari nizoli masalani ko‘rishda bir bitimga ke- la olmasalar, xodim komissiya majlisi bayonidan ko‘chirma top- shirilgan kundan boshlab 10 kunlik muddat ichida kasaba uyush- masining mahalliy komitetiga ariza bilan murojaat qilishga haqli. Qonunga ko‘ra ma’muriyat mehnat nizolarini ko‘ruvchi komis- siyaning qarori ustidan kasaba uyushmasi komitetiga shiko yat qilish huquqiga ega emas, xodimning ariza berishi muddati- ni o‘tkazib yuborganligi keyinchalik undan ariza qabul qilishni rad etish uchun asos bo‘la olmaydi. Kasaba uyushmasi komiteti mehnat jamoasining ariza va shikoyatlarini manfaatdor xodim- lar ishtirokida 10 kun ichida ko‘rib chiqishlari lozim. Nizolar- 110 ni hal qi lish vaqtida bor material bilan atroflicha tanishiladi, ishga kerakli dalillar so‘rab olinadi, guvoh ekspertlar chaqirila- di, masala yuzasidan qaror qabul qilinadi va taraflar 3 kun ichi- da tanishtiriladi, qarordan norozi tomon qarorni olgan kundan boshlab 10 kunlik muddat ichida tuman xalq sudiga murojaat qilishi mumkin. Yakka mehnat nizolari. Mehnat nizolari komissiyalari tomo- nidan, mehnat kodeksining 269-moddasida ko‘rsatilgan nizolar bundan mustasno. Tuman sudlari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Xo- dim mehnat nizosini hal qilish uchun o‘z xohishiga ko‘ra, komis- siyaga bevosita sudga murojaat etishga haqlidir. Yakka mehnat nizolarini ko‘rib chiqish tartibi mehnat kodek- si bilan tartibga solinadi, mehnat nizolariga doir ishlarni tuman sudlarida ko‘rib chiqish tartibi esa bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi bilan ham belgilana- di. Quyidagilar mehnat nizosini ko‘rish haqidagi ariza bilan sud- ga murojaat qilish huquqiga egadirlar: 1) xodim, kasaba uyushmasi yoki xodimlarning boshqa vakillari; 2) mehnatning huquq bo‘yicha inspektori; 3) ish beruvchi, mehnat nizolari komissiyasining qaroriga ro- zi bo‘lmagan taqdirda, shuningdek, unga xodim tomonidan yet- kazilgan zararni qoplash haqidagi nizolar bo‘yicha; 4) prokuror, Mehnat nizolari quyidagi hollarda bevosita tu- man sudlarida ko‘rib chiqiladi: – agar xodimning ish joyida mehnat nizolari komissiyasi tu- zilmagan bo‘lsa; – ular mehnat shartnomasini bekor qilish asoslaridan qat’i na zar ishga tiklash to‘g‘risida mehnat shartnomasini bekor qilish vaqti va asoslari ta’rifini o‘zgartirish to‘g‘risida majburiy progul yoki kam haq to‘lanadigan ishni bajargan vaqt uchun haq to‘lashga doir bo‘lsa; – ular xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararlar to‘lanishi haqida bo‘lsa; – ular Mehnat kodeksining 78-moddasining 2-qismida na- zarda tutilgan hollarda ishga qabul qilish rad etilgani haqida; 111 – ular ish beruvchi va kasaba uyushmasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan oldindan kelishib hal etilgan masala- lar yuzasidan kelib chiqqan bo‘lsa. Mehnat nizosi mehnat nizolari komissiyalarida ko‘rilmagan degan vaj bilan xodimning arizasini ko‘rib chiqishni rad etish- ga qo‘yilmaydi. Jamoalarga doir mehnat nizolari – bu ish beruvchi va xodim- lar jamoalari o‘rtasida mehnatning yangi shartlarini belgilash va mavjud shartlarini o‘zgartirish jamoa shartnomalari va kelishuv- larini tuzish o‘zgartirish va bajarish yuzasidan kelib chiqqan ke- lishmovchiliklardir. Mehnatning yangi shartlarini belgilash yoki mavjud shartlarini o‘zgartirish xususida jamoalarga doir mehnat nizolarini hal etish tartibi qonun bilan belgilab qo‘yiladi. Ush- bu moddaning 3-qismida aytib o‘tilgan ishlarni sudlarda ko‘rib chiqish hamda sudlarning qarorlarini ijro etish vaqtida mehnat kodeksida yakka mehnat nizolari uchun belgilangan tegishli qoi- dalar va muddatlar qo‘llaniladi. Test 1. Mehnat nizolarini qaysi organ ko‘rib chiqadi? A) korxona, muassasa komissiyalari B) kasaba uyushmasi komitetlari C) tuman (shahar) sudlari D) A, B, C 2. Kasaba uyushmasi komiteti mehnat jamoasining ariza va shikoyatlarini manfaatdor xodimlar ishtirokida qancha muddat ichida ko‘rib chiqishlari lozim? A) 3 kun B) 10 kun C) bir oy D) uch oy 3. Nizolarni hal qilish yakunida nizoli masala yuzasidan qa- ror qabul qilinadi va taraflar qancha muddat ichida tanishtirila- di? A) 3 kun |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling