N. K. Ramazonova kadrlar bilan ishlashni tashkil
Xodimlarga qo‘yiladigan asosiy talablar
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
N. K. Ramazonova kadrlar bilan ishlashni tashkil
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kadrlar tayyorlashning milliy modeli
Xodimlarga qo‘yiladigan asosiy talablar. Hozirgi vaqtda xalq
xo‘jaligi texnikaviy jihatdan qayta qurilmoqda; ishlab chiqarish vositalarining tobora katta qismidan samarali foydalanish uchun xodim yuksak bilim va mahorat egasi bo‘lishi kerak. Shuningdek, vijdonan ishlash va intizomli bo‘lish, ishlab chiqarishning za- monaviy murakkab texnologiyasi talablariga qattiq rioya qilishi zarur. Xalq xo‘jaligida ham, shuningdek, korxona ishi ham ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi chuqurlashib borishi natijasida ish- lab chiqaruvchilar o‘rtasida xo‘jalik sohasidagi hamda texnologik aloqalar ko‘payib o‘zgarib borayotganligi nuqtayi nazaridan ham ishlab chiqarish murakkablashib bormoqda. 10 Xo‘jalik xodimlarining uddaburon va tashabbuskor bo‘lishi, ko- rxonalar o‘rtasidagi iqtisodiy musobaqa, jahon bozorida raqobat- chilik kengayib borayotgan sharoitda ishlay bilish mahorati singari fazilatlariga nisbatan talab qo‘yilmoqda. Korxonalar ning o‘zini- o‘zi boshqarish, o‘zini-o‘zi mablag‘lar bilan ta’minlashi, to‘la xo‘jalik hisobiga asoslanganligi sababli ijtimoiy ishlab chiqa rish qatnashchilarining keng sur’atda faoliyat ko‘rsatishiga erish masdan turib boshqarishning yangi sistemasini joriy etib bo‘lmaydi. Jamiyatda ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy taraqqiyot – mehnat- kashlar madaniy-texnikaviy saviyasining oshishi, insonning im- koniyatlari oshishiga va shunga muvofiq ravishda uning mehnati samaradorligi va sifati oshishiga olib keladi. Jamiyatimizni ijti- moiy sohada qatnashuvi birgalikdagi mehnat jarayonida ular ning ishiga bir-birlariga bo‘lgan munosabatlariga, ijrochilar bilan rah- barlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlariga bog‘liqdir. Kadrlar tayyorlashning milliy modeli Kadrlar tayyorlashning milliy modeli asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: 1. Shaxs. 2. Davlat va jamiyat. 3. Uzluksiz ta’lim. 4. Fan. 5. Ishlab chiqarish. Shaxs – kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyek- ti. Ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amal- ga oshiruvchisi. Uzluksiz ta’lim – malakali raqobatbardosh xodimlar tayyor- lashning asosi bo‘lib ta’limning barcha turlarini davlat ta’lim ye- takchilarini, xodimlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoli- yat ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi. Fan – yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ish- lab chiqaruvi. Ishlab chiqarish – xodimlarga bo‘lgan ehtiyojni, shuningdek, ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, xodimlar tayyorlash ti- 11 zimini moliya va moddiy texnika jihatdan ta’minlash jarayoni- ning qatnashchisi. Tеst 1. Quyida ko‘rsatilgan javoblar orasidan kadrlar oldiga qo‘yiladigan talablardan noto‘g‘risini toping. A) kasbiy qobiliyat B) mulk sеnzi C) yosh sеnzi D) o‘z ishiga sadoqat 2. «O‘zbеkiston Rеspublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to‘g‘risida»gi qonuni qachon qabul qilingan? A) 1994-yil 4-yanvar B) 1992-yil 3-aprеl C) 1995-yil 30-yanvar D) 1997-yil 29-avgust 3. O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti I.A.Karimovning viloyat, tuman va shahar hokimlari bilan birinchi uchrashuvi qa- chon bo‘lib o‘tgan? A) 1994-yil 4-yanvar B) 1992-yil 3-aprеl C) 1995-yil 30-yanvar D) 1997-yil 29-avgust 1 2 3 B А B Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling